Mamatova Muqaddas Karimberdi qizining falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali voleybolchi qizlarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida musobaqalarga tayyorlash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6750.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Xamidjonov Abdulaziz Usubjon o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc). 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi malakali voleybolchi qizlarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida jismoniy ish qobilyatining ustuvor komponentlarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish asosida musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
malakali voleybolchi qizlarning tayyorgarligini oshirish uchun jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib jismoniy sifatlariga ta’sir etuvchi maxsus mashqlar majmuasini (kardio, biseps, trips kabi) uchta metodik blokka umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarlik hamda o‘yin tayyorgarligini kombinatsion rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar dasturiga kiritish hisobiga yuklamalar me’yori optimallashtirilgan;
malakali voleybolchi qizlarning mashg‘ulot jarayonini tadqiq qilish uchun ularning umumiy va maxsus jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan yillik mashg‘ulot yuklamalar yoʻnalishini qizlar organizmi fiziologik moslashish parametrlari bo‘yicha aerob-anaerob, aerob-glikolitik va aerob-alaktat yoʻnalishida makrotsikl asosida ishlab chiqish hisobiga voleybolchi qizlarning tayyorgarlik jarayoniga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyatlari oshirilgan;
malakali voleybolchi qizlarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirish uchun funksional holatini yaxshilash uchun ish qobilyatining beqaror va barqarorligi bo‘yicha tabaqalashtirgan holda (menstural oldi, mensturasiya, postmenstural, ovulyasiya, fazalarida) mashg‘ulot yuklamalarni qo‘llash hisobiga musobaqalardagi yuqori individual va jamoaviy potensialni ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali voleybolchi qizlarni musobaqalarga samarali tayyorlash uchun musobaqa va musobaqaoldi mikrotsikllarida jismoniy tayyorgarligi va funksional holatini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini beruvchi “Flyball” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga sportchi qizlarning mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali voleybolchi qizlarning jismoniy va texnik – taktik tayyorgarligini takomillashtirish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
malakali voleybolchi qizlarning tayyorgarligini oshirish uchun jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib jismoniy sifatlariga ta’sir etuvchi maxsus mashqlar majmuasini (kardio, biseps, trips kabi) uchta metodik blokka umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarlik hamda o‘yin tayyorgarligini kombinatsion rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar dasturiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzax viloyati, Zomin va Zarbdor tumanlari, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, 2-son sport maktablari mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgust buyrug‘iga asosan 02-16/1503-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, malakali voleybolchi qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi 13,6 % ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 12,4 %, ga yaxshilangan;
malakali voleybolchi qizlarning mashg‘ulot jarayonini tadqiq qilish uchun ularning umumiy va maxsus jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan yillik mashg‘ulot yuklamalar yoʻnalishini qizlar organizmi fiziologik moslashish parametrlari bo‘yicha aerob-anaerob, aerob-glikolitik va aerob-alaktat yoʻnalishida makrotsikl asosida ishlab chiqilib Jizzax viloyati Zomin va Zarbdor tumanlari Sirdaryo viloyati Xovos tumani 2-son sport maktablari mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgust buyrug‘iga asosan 02-16/1503-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, malakali voleybolchi qizlarning mashg‘ulotlarida berilgan metodikalardan foydalangan holda, ularning texnik tayyorgarligi 12,5 % ga, taktik tayyorgarligi 11,4 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
malakali voleybolchi qizlarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirish uchun funksional holatini yaxshilash hamda qizlarning ish qobilyatining beqaror va barqarorligi bo‘yicha tabaqalashtirgan holda (menstural oldi, mensturasiya postmenstural, ovulyasiya, fazalarida) yuklamalarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Jizzax viloyati, Zomin va Zarbdor tumanlari, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, 2-son sport maktablari mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgust buyrug‘iga asosan 02-16/1503-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, malakali voleybolchi qizlarning tezkor kuch sifati 11,8 % ga, chaqqonlik sifati 12,4 % ga oshgan;
malakali voleybolchi qizlarni musobaqalarga samarali tayyorlash uchun intensiv va musobaqaoldi mikrotsikllarida jismoniy tayyorgarligi va funksional holatini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini beruvchi “Flyball” mobil texnalogiyasi Jizzax viloyati Zomin va Zarbdor tumanlari Sirdaryo viloyati Xovos tumani 2-son sport maktablari mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 19-avgust buyrug‘iga asosan 02-16/1503-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, malakali voleybolchi qizlarnining jismoniy sifatlardan: sakrovchanlik ko‘rsatkichlari 14,8 %, xujumda aniqlik 13,8 % yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish