Tashnazarov Djasur Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yunon-rim kurashchilarini texnik tayyorgarligining metodologik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped344.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Korobeynikov Georgiy Valerivich biologiya fanlari doktori, professor, Abdullaev Mexriddin Junaydulloevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida yunon-rim kurashchilarining texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha metodologik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
malakali yunon-rim kurashchilarning musobaqadagi hujum va himoya sifatini oshirish uchun tik turgan holatda izometrik mashqlarni aylanma ketma-ketlikda bellashuv vaqti diapazonlariga moslashtirgan holda usullarni bajarish hisobiga musobaqa faoliyatida texnik-taktik harakatlarni samarali yakunlash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yunon-rim kurashchilarining parter holatidagi texnik usullar samaradorligini oshirishga qaratilgan, qo‘l va bel mushak kuchlarini rivojlatirish mashqlari asosidagi aylanma harakatlar majmuasi bilan tik kurashda 15 soniyali aylanma harakatlar mexanizmidan iborat maxsus auksotonik mashqlarni qo‘llash hisobiga bellashuv jarayonida parterdan tashlash hamda to‘ntarish usullarini to‘xtovsiz bajarish samaradorligi oshirilgan; 
yunon-rim kurashchilarining koordinatsion qobilyatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan 20 soniyani tashkil etuvchi, turli antropometrik ko‘rsatkichga ega sheriklar bilan aylanma texnik harakatlarni o‘zida jamlovchi dasturni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga o‘quv bellashuvlarda murakkab hujum harakatlarini bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yunon-rim kurashchilarining oddiy hujum harakatlarini takomillashtirish uchun texnik harakatlarni boshlang‘ich fazalarini takroriy bajarish me’yori, hajmi, shiddat zonalaridan foydalanish tartibini ratsional taqsimlashda, faol, nofaol kurashchi mexanizmi asosidagi hujum va qarshi hujum harakatlarini gilamning chekka qismida bajarish hisobiga bellashuvlarda kombinatsion harakatlarni bajarish imkoniyatlari takomillashtirilgan; 
yunon-rim kurashchilarini musobaqa bellashuvlarida murakkab xujum harakatlar samaradorligini oshirish uchun portlovchi-kuch qobilyatini namoyon bo‘lishini talab etuvchi tik turgan holatda o‘tkazish, tashlash, yiqitish texnik usullarini musobaqa oldi tayyorgarlik davrida bir nechta sheriklarda takroriy bajarilish orqali faol holatda ball jamg‘arish imkoniyatlari oshirilgan;
malakali yunon-rim kurashchilarini musobaqa jarayonlaridagi bellashuv natijadorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan turli vaziyatlarda toj usullarini samarali qo‘llash, parterda qulay usullar bilan bellashuvni davom ettirish kabi murakkab texnik-taktik harakatlarni qamrab olgan dasturni tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga musobaqada toliqish davrida kuchni final bellashuviga qadar ratsional taqsimlash imkoniyatlari kengaytirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yunon-rim kurashchilarning tayyorgarligiga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot va pedagogik eksperiment natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
malakali yunon-rim kurashchilarning musobaqadagi hujum va himoya sifatini oshirish uchun tik turgan holatda izometrik mashqlarni aylanma ketma-ketlikda bellashuv vaqti diapazonlariga moslashtirgan holda usullarni bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Angren shahar sport maktabining yunon-rim kurashi ixtisosligida tahsil oluvchi o‘quvchi-sporchilar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi №02-16/1494-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining jismoniy tayorgarlik darajasi 12-13% ga yaxshilangan, maxsus jismoniy tayyorgarlikni 10-11% ga o‘sganligi kuzatilgan, texnik tayyorgarlik  9-10% ga yaxshilangan, taktik tayyorgarlik esa 4-6% ga o‘sgan;
yunon-rim kurashchilarining parter holatidagi texnik usullar samaradorligini oshirishga qaratilgan, qo‘l va bel mushak kuchlarini rivojlatirish mashqlari asosidagi aylanma harakatlar majmuasi bilan tik kurashda 15 soniyali aylanma harakatlar mexanizmidan iborat maxsus auksotonik mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (yunon-rim kurashi bo‘yicha 1-jild)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2023-yil 2-noyabrdagi 40-sonli buyrug‘iga asosan D-0019-raqamli guvohnoma). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining jismoniy tayorgarlik darajasi 12-14% ga yaxshilangan, maxsus jismoniy tayyorgarlik 11-12% ga o‘sganligi kuzatilgan, texnik tayyorgarlik 9-10% ga yaxshilangan, taktik tayyorgarlik esa 5-7% ga o‘sgan; 
yunon-rim kurashchilarining koordinatsion qobilyatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan 20 soniyani tashkil etuvchi, turli antropometrik ko‘rsatkichga ega sheriklar bilan aylanma texnik harakatlarni o‘zida jamlovchi dasturni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rim kurashi ixtisosligida tahsil oluvchi o‘quvchi-sporchilari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi №02-16/1494-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining jismoniy tayorgarlik darajasi 14-16% ga yaxshilangan, maxsus jismoniy tayyorgarlik 12-14% ga o‘sganligi kuzatilgan, texnik tayyorgarlik 10-12% ga yaxshilangan, taktik tayyorgarlik esa 6-7% ga o‘sgan;
yunon-rim kurashchilarining oddiy hujum harakatlarini takomillashtirish uchun texnik harakatlarni boshlang‘ich fazalarini takroriy bajarish me’yori, hajmi, shiddat zonalaridan foydalanish tartibini ratsional taqsimlashda, faol, nofaol kurashchi mexanizmi asosidagi hujum va qarshi hujum harakatlarini gilamning chekka qismida bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (yunon-rim kurashi bo‘yicha 2-jild)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2023-yil 2-noyabrdagi 40-sonli buyrug‘iga asosan D-34-raqamli guvohnoma). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining qo‘lini tortib parter holatiga o‘tgazish texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 12,3%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 10,7%ga yaxshilangan, qo‘lni bo‘yinga o‘rab parter holatiga o‘tgazish texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 9,7%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8%ga yaxshilangan, qo‘l ostidan sho‘ng‘ib o‘tib parter holatiga o‘tgazish texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 10,3%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 10%ga yaxshilangan;
yunon-rim kurashchilarini musobaqa bellashuvlarida murakkab xujum harakatlar samaradorligini oshirish uchun portlovchi-kuch qobilyatini namoyon bo‘lishini talab etuvchi tik turgan holatda o‘tkazish, tashlash, yiqitish texnik usullarini musobaqa oldi tayyorgarlik davrida bir nechta sheriklarda takroriy bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (yunon-rim kurashi bo‘yicha 1-jild)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktorining 2023-yil 2-noyabrdagi 40-sonli buyrug‘iga asosan D-0019-raqamli guvohnoma). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining egilib tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8,7%ga yaxshilangan, ko‘krakdan oshirib tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 7%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 6,7%ga yaxshilangan, beldan oshirib tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 7,7%ga o‘sgan;
malakali yunon-rim kurashchilarini musobaqa jarayonlaridagi bellashuv natijadorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan turli vaziyatlarda toj usullarini samarali qo‘llash, parterda qulay usullar bilan bellashuvni davom ettirish kabi murakkab texnik-taktik harakatlarni qamrab olgan dastur O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yunon-rim kurashi ixtisosligida tahsil oluvchi talabalar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi №02-16/1494-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi kurashchilarining elkadan oshirib tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 9,3%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 9%ga yaxshilangan, elkalardan oshirib tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8,3%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8%ga yaxshilangan, qo‘lni bo‘yinga o‘rab tashlash texnik harakatini o‘ng tomonga bajarish ko‘rsatkichi 7,7%ga, chap tomonga bajarish ko‘rsatkichi 8,3%ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish