Yakubov Aybek Baxramovichtning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jahon savdo tashkiloti doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish (O‘zbekiston misolida)” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Islombek Rustambekov Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Xamrokulov Baxodir Mamasharifovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ergashev Vosit Yoqubovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi JST huquqiy tizimi doirasida savdoni xalqaro xususiy-huquqiy tartibga solish mexanizmlarini har tomonlama ilmiy-huquqiy tahlil qilish va asoslash, shuningdek, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi sharoitida milliy qonunchiligini uyg‘unlashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha huquqiy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, normativlar, qoidalarni Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ deb e’tirof etilishi to‘g‘risidagi taklif asoslantirilgan;
Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, tayyorlash jarayonlarida sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari, veterinariya-sanitariya standartlari, qoida va normalarini ishlab chiqishga ilmiy va uslubiy yondashuvlarni birlashtirish bo‘yicha takliflar asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida eksport qiluvchilarning garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lashni belgilash takliflari asoslantirilgan;
sanoat mulki ob’ektlari uchun majburiy lisenziyani joriy etish taklifi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasining Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, normativlar, qoidalarni Kodeks Alimentarius standartlari talablariga moslashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ deb e’tirof etilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 
6-dekabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Alimentarius kodeksining Milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi 24-sonli guvohnomasi). Ushbu taklif xalqaro sanitariya va fitosanitariya standartlarini joriy etishning institusional asoslarini shakllantirish, idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish va milliy qonunchilikning JST talablariga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, tayyorlash jarayonlarida sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlari, veterinariya-sanitariya standartlari, qoida va normalarini ishlab chiqishga ilmiy va uslubiy yondashuvlarni birlashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Alimentarius kodeksining Milliy komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi 24-sonli guvohnomasi). Ushbu taklif milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish uchun shart-sharoit yaratdi, bu esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida eksport qiluvchilarning garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lashni belgilash taklifi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorining 1-bandi o‘ninchi xatboshisini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-fevraldagi 24-sonli guvohnomasi). Mazkur taklif mazkur agentlik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Sanoat mulki ob’ektlari uchun majburiy lisenziyani joriy etish taklifi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi 111-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025-yil 20-maydagi 04/7-10-7-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif sanoat mulki ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishning yanada moslashuvchan mexanizmi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan, shuningdek, O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi xalqaro majburiyatlarini buzmagan holda ijtimoiy ahamiyatga ega ehtiyojlarni, masalan, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik yoki oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish