Musabekov Dilshod Xakimovich ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` emul`siyalarini tuzsizlantirish va suvsizlantirish uchun mahalliy xomashyolar asosida kompozision kimyoviy deemul`gatorlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5800.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Ravshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` emul`siyalarini tuzsizlantirish va suvsizlantirish uchun mahalliy xomashyolar asosida kompozision kimyoviy deemul`gatorlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft` emul`siyalarini tuzsizlantirish va suvsizlantirish uchun mo‘ljallangan mahalliy va ikkinchi xomashyo asosida olingan kompozision kimyoviy reagent-deemul`gatorlarni yaratish texnologiyasini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar ishlab chiqilgan;
kolloid kimyoviy va deemul`girlovchi xususiyatlari yuqori bo‘lgan reagentlarni hosil qilishni ta’minlovchi organomineral ingredientlarning optimal tarkibi va komponent nisbatlari aniqlangan;
alkilmochevina va natriy laurilsul`fat moddalariga asoslangan, yuqori faollik va barqarorlikka ega bo‘lgan yangi «MK-DEM-4A» markali samarali kompozision deemul`gator ishlab chiqilgan;
deemul`gator samaradorligini maqsadli boshqarish imkonini beradigan reagentning fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xususiyatlariga ta’sir etuvchi asosiy texnologik parametrlar va sintez sharoitlari aniqlangan;
homashyo tabiati, reagent tuzilishi va uni qo‘llash rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan suv-neft emul`siyalarini parchalashning fizik-kimyoviy mexanizmlari isbotlangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar hususiyatlarini va ishlab chiqarish sharoitlarining inobatga olgan holda deemul`gatorlarni tannarxini pasaytirish va ekologik samaradorligini oshirish imkonini beradigan texnologik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft emul`siyalarini tuzsizlantirish va suvsizlantirish uchun mahalliy xomashyolar asosida kompozision kimyoviy deemul`gatorlar olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalap acocida:
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha olingan neft` emul`siyalarini suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun mo‘ljallangan «MK-DEM-4A” markali kompozision kimyoviy reagent- deemul`gator “Buxoro NQIZ” MChJning ishlab chiqarish sexlarida ELOU-2 qurilmasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 3 iyuldagi 03-18-8-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft` tarkibidagi qoldiq suv miqdorini 0,04 foizgacha kamaytirish, shuningdek, uni “0” (50 mg/dm3 gacha), “1” (100 mg/dm3 gacha) va “2” (300 mg/dm3 gacha) guruhlariga mos keladigan xloridlar konsentratsiyasini GOST 9965 va O‘zDSt 3032:2015 standartlari talablariga javob beradigan dozalarda qo‘llash imkonini bergan;
“MK-DEM-4A” markali kompozision kimyoviy deemul`gatorlarni mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida olishning ishlab chiqilgan texnologiyasi “AYUKO TEKST” MChJda amaliyotga joriy etilgan va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi markaziy laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 3 iyuldagi 03-18-8-660-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision kimyoviy deemul`gatorlarning samarali tarkiblarini olish hamda tannarxining arzonligi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.