Zikirov Husan Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini sul`fat va nitrat kislotalar bilan azotfosfor- va azotfosforkaliyli murakkab o‘g‘itlarga qayta ishlash», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4829.
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorinevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02. 
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlarini nitrat va sul`fat kislota ishtirokida parchalab fosfogipsni ajratmasdan va ajratish orqali donadorlangan murakkab NPSCa- va NPK-li o‘g‘itlarga qayta ishlashning kompleks, resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MQ BFX va YuKFKni nitrat va sul`fat kislotalar ishtirokida parchalash jarayonlarining maqbul sharoitlari va texnologik omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyatlari hamda o‘rnatilgan maqbul sharoitlarda ushbu fosforitlarning parchalanish koeffisientlari mos ravishda 96,3-97,2% va 99,3-99,8%-ni tashkil etishi isbotlangan;
MQ BFX, YuKFKning nitrat va sul`fat kislotalarning turli nisbatlari va me’yorlarida parchalab olingan nordon bo‘tqalarni gaz holatidagi ammiak bilan pH=3,0-3,5 oralig‘ida neytrallab undan NPSCa- va NPK-li o‘g‘itlarni olish jarayonlarining maqbul texnologik omillari aniqlangan;
ilk bor MQ YuKFK va uni kimyoviy boyitib olingan KBFKni nitrat va sul`fat kislotalari bilan parchalash jarayonlariga ta’sir etuvchi texnologik omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyatlari va maqbul sharoitlari hamda nordon bo‘tqalarning reologik xossalari aniqlangan;
ilk bor nordon bo‘tqalardan qattiq faza - fosfogipsni fil`trlash jarayoniga turli texnologik omillarning ta’siri, maqbul sharoitlari hamda bo‘tqaning fil`trlanish tezligi NNO3:H2SO4 nisbatlariga bog‘liqligi va H2SO4 miqdori ortishi bilan bo‘tqaning fil`trlanish tezligi oshishi isbotlangan; 
tarkibidan fosfogipsi ajratib olingan nordon bo‘tqalarni gazsimon ammiak bilan neytrallash va ularni donadorlangan NPCa- va NPK-li o‘g‘itlarga qayta ishlash jarayonlarining texnologik omillarini maqbul sharoitlari aniqlangan;
MQ BFX, YuKFK va KBFKlarini nitrat va sul`fat kislotalari bilan qayta ishlab, tarkibidagi fosfogipsi ajratilmagan va ajratilgan usullarda NP(S)Ca- va NPK-li o‘g‘itlarni olishning moddiy balanslari tuzilgan, prinsipial texnologik sxemalari ishlab chiqilgan, tajriba-sinov qurilmasida mahsulot na’munalari ishlab chiqarilgan, ularning kimyoviy va tuz tarkiblari hamda tovar xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: MQ fosforitlarini nitrat va sul`fat kislotalar ishtirokida parchalash orqali donadorlangan NPSCa- va NPK-li o‘g‘itlar olishning resurstejamkor va kamchiqindili texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MQ fosforitlarini sul`fat va nitrat kislotalarining turli me’yor va nisbatlarida parchalash asosida olingan NPSCa- va NPK-li o‘g‘itlarini olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2025 yil 6 yanvardagi 04-son ma’lumotnomasi). Natijada, donadorlangan, NPSCa- va NPK-li o‘g‘itlar olish imkonini beradi;
MQ kimyoviy boyitilgan foskonsentrat (KBFK)ni sul`fat va nitrat kislotalari ishtirokida qayta ishlash jarayonida sul`fat kislota sarfi va fosfogips chiqindisi kamaytirilishi asosida olingan eritmadan konsentrlangan NP- va xlorsiz NPK-li o‘g‘itlarini olishning resurstejamkor texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2025 yil 6 yanvardagi 04-son ma’lumotnomasi ma’lumotnomasi). Natijada turli tuproqlarda va o‘simliklarning vegetatsiya davriga mos keladigan, tarkibida suvda eriydigan shakldagi fosforli komponentlarni o‘z ichiga olgan donador NP- va xlorsiz NPK-li o‘g‘itlarini ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish