Toyirov Azizbek Tolibovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “The legal regulation of World Trade Organization (WTO) rules on subsidies and their implementation in Uzbekistan’s legislation” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Yu1205.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuhrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Usmanova Surayyo Bultakovna yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.   
II. Tadqiqotning maqsadi Subsidiya va Kompensatsion Choralar bitimi (SKCh bitimi) hamda Erkin savdo bitimlari doirasida subsidiyalarni tartibga solish masalalariga e’tibor qaratish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini SKCh bitimi normalari bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, subsidiyalarni tartibga solishning xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunini xalqaro savdo standartlariga, xususan, Jahon savdo tashkilotining Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi Bitimida belgilangan “aniq yo‘naltirilganlik mezonlari”ga muvofiqlashtirish zarurati asoslab berilgan. Bunday holatlarga subsidiyalarning ayrim korxonalar, tarmoqlar yoki guruhlar foydasiga bevosita ajratilishi, yoki eksport samaradorligi yoki import o‘rniga mahalliy mahsulotlardan foydalanish sharti bilan berilishi lozimligi asoslantirilgan;
asosiy tushunchalarga – “kompensatsiya chorasi”, “kompensatsiya boji”, “zarar”, “rivojlangan davlat”, “eksportchi”, “importchi” va “uchunchi tomon” kabi atamalarga aniq huquqiy ta’riflar berilgan holda, yangi “Kompensatsiya choralari to‘g‘risida” maxsus qonunni qabul qilish zarurati asoslab berilgan;
zararni aniqlash bo‘yicha umumiy huquqiy prinsiplarni tizimlashtirish, “moddiy zarar tahdidi” kabi innovatsion yondashuv va unga tegishli sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash mexanizmlari konseptual jihatdan ishlab chiqilish zarurati asoslantirilgan;
import qilingan texnologik uskunalarni ikki yil ichida maqsadli xarid qilish sharti bilan foyda keltiruvchi imtiyozlarni olishga imkon beruvchi yangi shartli imtiyoz mexanizmi nazariy jihatdan ishlab chiqilib, huquqiy zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilinayotgan yangi O‘zbekiston Respublikasining “Kompensatsiya choraari to‘g‘risida”gi qonunda foydalanildi. Jumladan, mazkur qonunning 3 – moddasida keltirilgan “kompensatsiya chorasi”, “kompensatsiya boji”, “zarar”, “rivojlangan davlat”, “eksport qiluvchi”, “import qiluvchi” “manfaatdor tomon” atamalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 10 fevraldagi 03-81-00161 sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif xalqaro savdo huquqi standartari bilan uyg‘unlikni ta’minlashda, milliy qonunchilikda huquqiy aniqlikni oshirish hamda savdoni himoya qilish choralarini qo‘llash uchun aniq huquqiy asos yaratishga, kelajakda subsidiyalar bilan bog‘liq vaziyat vujudga kelganda, jarayonni to‘g‘ri sharhlashga va baholashga xizmat qiladi;  
dissertatsiyada “kompensatsiya chorasi”, “zarar” va “de minimis” kabi asosiy huquqiy tushunchalarni chuqur va keng qamrovli tarzda qayta ta’riflash zaruriyati ilgari surilib, bu borada berilgan takliflar III bobdagi asosiy qoidalarni shakllantirishda foydalanildi, shular jumlasidan, 9-moddaning keltirilgan “zararni aniqlashning umumiy prinsiplari”, 12-moddaning “moddiy zarar yetkazish xavfi” va 13- moddaning “sababiy bog‘liqlik” qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 10 fevraldagi 03-81-00161 sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar savdo buzilishlariga qarshi kurashishda huquqiy bazaning samaradorligini oshirish bilan birga, Subsidiyalar va kompensatsiya choralariga oid JST majburiyatlariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashga, ichki sanoat tarmoqlarini samarali himoya qilishga, halol raqobatni rag‘batlantirishga va xalqaro savdo huquqi prinsiplariga amal qilish borasida yanada kuchliroq asos bo‘lishga xizmat qiladi; 
O‘zbekistonning savdo siyosatida zarar standartini qayta belgilash ehtiyoji, xususan, “jiddiy zarar” atamasini “muhim (asosli) zarar” tushunchasiga almashtirish hamda JST tomonidan belgilangan zarar mezonlarini milliy siyosatga integratsiya qilish orqali savdo nizolarida zarar darajasini aniqlashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF 228-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 10 fevraldagi 03-81-00161 sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif huquqiy aniqlikni mustahkamlash, eksport qiluvchilar zimmasidagi ortiqcha moliyaviy yukni kamaytirish hamda tashqi savdo operatsiyalarida yanada katta moslashuvchanlikni ta’minlashga, milliy savdo tartibga solinishini xalqaro ilg‘or amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirishga va shu orqali O‘zbekiston biznes subektlari uchun raqobatbardosh va barqaror eksport muhitini shakllantirishni xizmat qiladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab–quvvatlash doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4047–son qarori 8–bandi ikkinchi xatboshisi “Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz, imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni texnologik uskuna olib kirilgan kundan boshlab dastlabki, 2 yil ichida chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltirish sharti bilan qo‘llaniladi” degan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 03-81-00161 sonli dalolatnomasi). Mazkur takif davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarni JSTning SKCh Bitimi talablari bilan mos ravishda tartibga solishni, xususan ruxsat etilgan subsidiyalarni savdoni buzuvchi yoki JST qoidalari bo‘yicha chora ko‘rilishi mumkin bo‘lgan subsidiyalardan farqlashga xizmat qiladi;  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024–yil 21-iyundagi PQ – 126 sonli “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1 bandi va 5  – bandinining 4-xat boshi shakllantirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 8-0009-02 sonli dalolatnomasi). Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassasaligida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berish juda ham muhim hisoblanadi. Ushbu o‘zgartirish, Subsidiyalar va Kompensatsiya bojlati to‘grisidagi bitimning 10 va 12 moddalari talablariga, ya’ni shaffoflik va xavsizlik talablari ta’minlashga moslashtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish