Avliyaqulov Sunnatulla Xolmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu717.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Shuxrat Namozboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Sharipov Sanjar Sobirovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalar, taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilib, xodimning harakatida xizmat intizomi buzilishi alomatlari aniqlangan bo‘lsa, intizomiy jazo chorasi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab, bir oy ichida qo‘llanilishi mumkinligi asoslantirilgan;
tizimda xizmatni o‘tash muhitini yaxshilash, xodimlarga nisbatan adolat va tenglik prinsiplarini ta’minlash maqsadida xodimni avvalgi maxsus unvoniga tiklamay hamda navbatdagi maxsus unvon berilmay turib, uni ikkinchi marta maxsus unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmasligini normativ-huquqiy hujjatlarda aniq mustahkamlab qo‘yish lozimligi asoslantirilgan;
IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetini tamomlagan, amaldagi intizomiy jazosi mavjud xodimga kichik serjant maxsus unvoni lavozimga tayinlash va ozod etish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqlar tomonidan, ushbu intizomiy jazo chorasi bekor qilinganidan keyin berilishi mumkinligi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarida kadrlar qo‘nimsizligini oldini olish, malakali kadrlarni saqlab qolish, ularning xizmatga bo‘lgan sadoqati va motivatsiyasini oshirish hamda tizim barqarorligini ta’minlash maqsadida amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lgan xodimlarning ham xizmat muddati uzaytirilishi mumkinligini qonunchilik hujjatida belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilib, xodimning harakatida xizmat intizomi buzilishi alomatlari aniqlangan bo‘lsa, intizomiy jazo chorasi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab, bir oy ichida qo‘llanilishi mumkinligini qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 42qq/28-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlarini tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 39-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 25-martdagi 27/2-52-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi intizomiy jazo qo‘llanilgan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlash darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
xodimni avvalgi maxsus unvoniga tiklamay turib va unga navbatdagi maxsus unvon berilmasdan turib, uni ikkinchi marta maxsus unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmasligini normativ-huquqiy hujjatlarda aniq mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-fevraldagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 67-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 30-maydagi 2/1297-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari xodimiga intizomiy jazo choralarining qonuniy va asosli tarzda qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilgan;
IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetini tamomlagan, amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lgan xodimga kichik serjant maxsus unvoni, ushbu intizomiy jazo chorasi bekor qilinganidan keyin berilishi mumkinligini qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-fevraldagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 35-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 30-maydagi 2/1297-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlarida qonuniylikni va xizmat intizomini ta’minlashga xizmat qilgan;
amaldagi intizomiy jazosi mavjud bo‘lgan xodimlarning ham xizmat muddati uzaytirilishi mumkinligini qonunchilik hujjatida aniq belgilab qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 20-fevraldagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 365-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 30-maydagi 2/1297-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning kiritilishi ichki ishlar organlari xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatlash darajasini oshirishga xizmat qilgan.