Mirzaev Anvar Sattoralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat rrotsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq, sud eksrertizasi (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1487.
Ilmiy rahbar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovish, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilish hamda fosh etishga oid ilmiy qarashlarni o‘rganish asosida qonunchilik normalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zboshimchalk jinoyati yuzasidan tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerak, bunda narsaning yoki hujjatning yoxud elektron ma’lumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinishi, ishga aloqasi bo‘lmagan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerakligi, agar ishga taalluqli bo‘lmagan dalillar tergov organining va (yoki) sudning tasarrufida qolgan bo‘lsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinishi lozimligi, fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar yo‘q qilinishi yoxud ularni saqlashga hamda tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan muassasalarga yoki tashkilotlarga berilishi lozimligi asoslantirilgan;
o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z tasarrufida bo‘lgan elektron ma’lumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga o‘z tashabbusi bilan taqdim etishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda insonning sha’ni va qadr-qimmati, daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi, ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanishi asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergovga tegishlilik institutini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zboshimchalk jinoyati yuzasidan tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerak, bunda narsaning yoki hujjatning yoxud elektron ma’lumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinishi, ishga aloqasi bo‘lmagan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerakligi, agar ishga taalluqli bo‘lmagan dalillar tergov organining va (yoki) sudning tasarrufida qolgan bo‘lsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yo‘q qilinishi lozimligi, fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar yo‘q qilinishi yoxud ularni saqlashga hamda tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan muassasalarga yoki tashkilotlarga berilishi lozimligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003 Qonunining 1-moddasi 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 4 fevraldagi 3/dn-13-son dalolatnomasi) Ushbu takliflarning inobatga olinishi o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda dalillarni qayd etish, aybni isbotlashda samarali vosita ekanligiga xizmat qilgan;
o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda “fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z tasarrufida bo‘lgan elektron ma’lumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga o‘z tashabbusi bilan taqdim etishga haqli” ekanligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003 Qonunining 1-moddasi 26-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 4 fevraldagi 3/dn-13-son dalolatnomasi) Ushbu takliflarning inobatga olinishi o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda dalillarni qayd etish, aybni isbotlashda samarali vosita ekanligiga xizmat qilgan;
o‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishda “insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas”ligiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 26-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2023 yil 26 dekabrdagi 02/6-09/31-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari Konstisiyaviy norma darajasida himoya qilinishi ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi, ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanishi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi”ning 28-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2023 yil 26 dekabrdagi 02/6-09/31-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari Konstisiyaviy norma darajasida himoya qilinishi ta’minlashga xizmat qilgan;