Tillaboev Shohruxbek  Mirzatillo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Problemi mejdunarodno-pravovogo obespecheniya prav na intellektual`nuyu sobstvennost` v sifrovuyu epoxu” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Yu1260.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipovxanovna yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Boboqul Norqobilovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoyitida intellektual mulk huquqini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari va mexanizmlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasini xalqaro-huquqiy tartibga solish bo‘yicha amaldagi standartlarni takomillashtirish zarurligi asoslab berildi. Bunda davlatlarning mas’uliyatini kuchaytirish, xalqaro hamjamiyat e’tiborini intellektual mulk huquqlari va inson huquqlariga bo‘lgan ta’sirga qaratish, raqamli xavf-xatarlar bilan bog‘liq tahdidlarni minimallashtirish va davlat hamda jamoat boshqaruvida barqaror raqamli transformatsiyani tartibga soluvchi mexanizmlarni shakllantirish zarurligi asoslantirilgan;
internetda intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanilishining oldini olish maqsadida veb-saytlar, sahifalar va boshqa raqamli platformalar, shu jumladan blogerlarning mas’uliyatini belgilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Bunda qonunchilikka zid harakatlarning oldini olish va xalqaro huquq normalariga rioya etilishini ta’minlash zarurligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi (1883-yil) doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan sanoat mulk obektlariga arizalar topshirish tartibi va ustuvorlik huquqini aniqlash jarayonini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish orqali takomillashtirish bo‘yicha aniq tartibi joriy etilishi asoslantirilgan; 
Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha bitim (TRIPS) bitimining 31-moddasiga muvofiq, sanoat mulki obektlaridan foydalanilmaganda yoki etarlicha foydalanilmaganda majburiy lisenziyalash mexanizmini joriy etish zarurligi asoslantirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Raqamli davrda intellectual mulkka bo‘lgan  huquqlarni xalqaro-huquqiy ta’minlash muammolari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
intellektual mulk huquqlarini ta’minlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq tahdidlarni minimallashtirish, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvidagi raqamli transformatsiyani tartibga solish bo‘yicha ishonchli mexanizmlarni yaratishga, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni tartibga solish sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlarni ishlab chiqishga, davlatlarning mas’uliyatini kuchaytirishga va ularning intellektual mulk huquqlari hamda inson huquqlariga ta’siri masalalariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini oshirishga qaratilgan takliflar BMT Bosh Assambleyasining quyidagi rezolyusiyalarini tayyorlashda foydalanilgan: 2024-yil 21-martdagi №78/265-sonli “Barqaror taraqqiyot uchun xavfsiz, himoyalangan va ishonchli sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish” va 2023-yil 19-dekabrdagi №78/213-sonli “Raqamli texnologiyalar kontekstida inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish” rezolyusiyalari (O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi Doimiy vakilining 2024-yil 17-oktyabrdagi №034/1039-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashabbuslarini huquqiy jihatdan asoslash, raqamli transformatsiya jarayonida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni tartibga solish bo‘yicha global me’yorlarni shakllantirishda ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, intellektual mulk huquqlari va inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun xizmat qilgan;
Intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida, internet tarmog‘idagi veb-saytlar, sahifalar va boshqa axborot resurslari, jumladan blogerlar tomonidan noqonuniy harakatlarning oldini olishga qaratilgan taklif 2003-yil 11-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 12.1-moddasining birinchi qismi ishlab chiqilishida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Demokratik partiyasi “Milliy tiklanish” fraksiyasining 2024-yil 6-dekabrdagi №02/-05-1-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasida raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarining himoyasini kuchaytirish, onlayn platformalar faoliyatini huquqiy asosda tartibga solish hamda qonunchilikda zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
Sanoat mulki obektlariga ustuvorlik huquqini aniqlash tartibini takomillashtirish, xususan “...Konvensiya bo‘yicha ustuvorlikni aniqlash talabi ariza topshirilgan paytda (tegishli ustunga belgilangan) yoki vakolatli organga ariza kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin” degan taklif 2023-yil 19-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №480-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish ma’muriy reglamentining 16-band 2-kichik bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining axborot-tahliliy va huquqiy ta’minot departamenti 2024-yil 1-martdagi №12-15-20-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasida sanoat mulki obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ustuvorlik huquqining qonuniy asosda aniqlanishini ta’minlash va arizachilar uchun aniq huquqiy mexanizm yaratishga xizmat qilgan;
Sanoat mulki obektlariga nisbatan majburiy lisenziyalash mexanizmini joriy etish bo‘yicha taklif 2024-yil 15-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-908-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 11.1-moddasi ishlab chiqilishida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 26-fevraldagi №02/6-09-43-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish