Hayitov Jo‘rabek Muhammad o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston barqaror taraqqiyotida ekologik xavfsizlikni ta’minlashning siyosiy mexanizmlari”, 23.00.05 – Milliy xavfsizlikning tizimli tahlili va istiqbolini belgilash muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss336
Ilmiy rahbar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlar doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar:
Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlik sohasidagi tendensiyalarni o‘rganish, ularni xalqaro xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishning umumiy xalqaro muammolari bilan bog‘liq holda tizimli tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning ajralmas tarkibiy qismi va barqarorlikni ta’minlovchi strategik omil sifatida namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ekologik madaniyat siyosiy madaniyatning muhim mezoni sifatida shakllanib, jamiyat a’zolarining siyosiy ongi va faolligini belgilovchi omil bo‘la olishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
ekologik muhit va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi fundamental roli jamiyat barqaror siyosiy taraqqiyotining konseptual asosi ekanligi tizimli tahlil metodologiyasi (strukturaviy modellashtirish, tahdidlarni prognozlash) asosida dalillangan;
ekologik xavfsizlik siyosatining samaradorligini inobatga olgan holda milliy manfaatlarni himoya qilish, transchegaraviy muammolarni hal etishda ekologik hamkorlikning siyosiy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish geosiyosiy barqarorlikka olib keluvchi omil ekanligi ochib berilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda texnogen vaziyatlarning oldini olish zarurati ilmiy asoslanib, transchegaraviy suv-energetika resurslaridan foydalanishning gorizontal (hukumatlararo ilmiy anjumanlarni o‘tkazish, ekologik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish) va vertikal (mahalliy hokimiyat va sohaviy boshqaruv organlari hamkorligini mustahkamlash) modelini yaratish maqsadga muvofiqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston barqaror taraqqiyotida ekologik xavfsizlikni ta’minlash tendensiyalarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda ekologik xavfsizlik milliy xavfsizlikning ajralmas tarkibiy qismi va barqarorlikni ta’minlovchi strategik omil sifatida namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ekologik madaniyat siyosiy madaniyatning muhim mezoni sifatida shakllanib, jamiyat a’zolarining siyosiy ongi va faolligini belgilovchi omil bo‘la olishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston ekologik harakatining 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturining “Aholi ekologik faolligi, ma’suliyati va madaniyatini yuksaltirish”, “Atrof muhit muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish”, (8; 10; 17) bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2023-yil 14-martdagi 01-27/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harakat xodimlari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ekologik muhit va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi fundamental roli jamiyat barqaror siyosiy taraqqiyotining konseptual asosi ekanligi tizimli tahlil metodologiyasi (strukturaviy modellashtirish, tahdidlarni prognozlash) asosida dalillanganligiga oid ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 07-martdagi 01/11-615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz geosiyosiy xavfsizligini ta’minlashda ekologik siyosatni rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
ekologik xavfsizlik siyosatining samaradorligini inobatga olgan holda milliy manfaatlarni himoya qilish, transchegaraviy muammolarni hal etishda ekologik hamkorlikning siyosiy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish geosiyosiy barqarorlikka olib keluvchi omil ekanligi ochib berilganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash ijoriya qo‘mitasining 2023-yil 06-martdagi 01-27/150-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi partiya xodimlari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
ekologik xavfsizlikni ta’minlashda texnogen vaziyatlarning oldini olish zarurati ilmiy asoslanib, transchegaraviy suv-energetika resurslaridan foydalanishning gorizontal (hukumatlararo ilmiy anjumanlarni o‘tkazish, ekologik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish) va vertikal (mahalliy hokimiyat va sohaviy boshqaruv organlari hamkorligini mustahkamlash) modelini yaratish maqsadga muvofiqligi dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil qilingan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2023-2024-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasining muhokamasida mazkur tadqiqot xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2024-yil 03-iyundagi 01/301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish