Xayrullaeva Zebiniso Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalik davrida hayotiy qadriyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P353.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gʻayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professori; Tuychieva Saodat Meliquzievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalik davrida hayotiy qadriyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlarini aniqlash orqali ularni shakllanishiga ta’sir etuvchi amaliy usullarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning hayotiy qadriyatlarini shakllanishida yaqin insonlari bilan vaqtni yoqimli o‘tkazish istagi, “olam-tabiat-inson” munosabatlaridagi o‘zgarishlarga sezgirlikning yuqoriligi tufayli ijtimoiy mavqeni tasdiqlashga intilishning kuchliligiga asoslanib oila, karera, dam olish bilan bog‘liq barqaror qarashlarning ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlangan;
talabalarda hayotiy qadriyatlarni shakllanishiga hayot mazmunini mo‘ljalga olishning ta’siri natijasida shaxsning o‘z salomatligiga ongli yondashuvi, oila-karera munosabatlarini moddiy ta’minlanganlikka intilish, ijodiy fikrlash bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib “hayotiy maqsad” va “Menni nazorat qilish” bilan bog‘liq xususiyatlarning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
talabalarning o‘quv motivasiyasi shaxsdagi o‘z imkoniyatlarini ijodiy namoyon qilish hamda kasbiy bilimlarni egallashga intilish ehtiyojlarini aqliy va jismoniy salomatlik, moddiy ta’minlanganlik, kareraga oid qarashalarda uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, hayotiy qadriyatlarni shakllanishiga identiv kechishi isbotlangan;
talabalik davrida hayotiy qadriyatlarni rivojlantirish uchun motivasion-ehtiyojli, ijtimoiy munosabat, ustanovka, kasbiy va shaxsiy yo‘nalganlikni kuchaytirishga asoslanib axloqiy-ijtimoiy qadriyatlar tizimiga korresion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalik davrida hayotiy qadriyatlar shakllanishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talabalarning hayotiy qadriyatlarini shakllanishida yaqin insonlari bilan vaqtni yoqimli o‘tkazish istagi, “olam-tabiat-inson” munosabatlaridagi o‘zgarishlarga sezgirlikning yuqoriligi tufayli ijtimoiy mavqeni tasdiqlashga intilishning kuchliligiga asoslanib oila, karera, dam olish bilan bog‘liq barqaror qarashlarning ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-328-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 07-apreldagi PM-328-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida hayotiy qadriyatlarni qadriyatlar yo‘nalganligi bilan o‘zaro bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
talabalarda hayotiy qadriyatlarni shakllanishiga hayot mazmunini mo‘ljalga olishning ta’siri natijasida shaxsning o‘z salomatligiga ongli yondashuvi, oila-karera munosabatlarini moddiy ta’minlanganlikka intilish, ijodiy fikrlash bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib “hayotiy maqsad” va “Menni nazorat qilish” bilan bog‘liq xususiyatlarning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-328-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 07-apreldagi PM-328-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda hayotiy qadriyatlarni shakllanishi va rivojlanishida yetakchi komponentlarini aniqlash va ularga samarali ta’sir qilishiga sharoit yaratilgan;
talabalarning o‘quv motivasiyasi shaxsdagi o‘z imkoniyatlarini ijodiy namoyon qilish hamda kasbiy bilimlarni egallashga intilish ehtiyojlarini aqliy va jismoniy salomatlik, moddiy ta’minlanganlik, kareraga oid qarashalarda uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, hayotiy qadriyatlarni shakllanishiga identiv kechishi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-328-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 07-apreldagi PM-328-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida hayotiy qadriyatlarni o‘quv motivlarini yoshga bog‘liq namoyon bo‘lish imkoniyatlari tahlil qilingan;
talabalik davrida hayotiy qadriyatlarni rivojlantirish uchun motivasion-ehtiyojli, ijtimoiy munosabat, ustanovka, kasbiy va shaxsiy yo‘nalganlikni kuchaytirishga asoslanib axloqiy-ijtimoiy qadriyatlar tizimiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-328-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025- yil 07-apreldagi PM-328-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida hayotiy qadriyatlarni yoshga bog‘liq rivojlanishning psixologik imkoniyatlari tahlil qilingan.