Raxmatova Nodira Imamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik jihatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P765.
Ilmiy rahbar: Juraev Bahrom, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Latipova Umida Yusufboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik jihatlarini tadqiq etish orqali kreativ fikrlashni rivojlantrish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlanishi tavakkalchilikka moyillik, kreativ bilimni ustunligi, tafakkur kengligi mezoni bo‘yicha differensial farqlarning mavjudligi tufayli indiviual dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ fikrlashini rivojlantirish natijasida, ularda hissiy barqarolik, dadillik, o‘quv jarayonida o‘ziga ishonch, mustaqillik, o‘quv faoliyatida o‘zini nazorat qilish, tafakkur kengligi, tafakkur egiluvchanligi va o‘z emotsiyalarni nazorat qilish sifatlari oʼziga xos yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi aniqlangan;
shaxsda kreativ fikrlashni rivojlantirish natijasida, ularda shaxsning o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘z emotsiyalarini boshqarishi, mantiqiy fikrlashini takomillashuviga asoslanib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimdonlik sifatlari shakllanganligi dalillangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik modeli shaxsdagi kuzatuvchanlik, soddadan murakkablik dinamikasi, tajriba va ko‘nikma mahorati, ijodiy xayol, tavakkalchilik hamda tafakkur kengligi kabi kreativlik mexanizmlarini ketma-ketligiga bog‘liq holda kognitiv, hissiy-irodaviy, motivatsion, kommunikativ komponentlarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlanishi tavakkalchilikka moyillik, kreativ bilimni ustunligi, tafakkur kengligi mezoni bo‘yicha differensial farqlarning mavjudligi tufayli indiviual dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-344 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-344 son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlash rivojlanishiga ta’sir etuvchi o‘ziga xos psixologik xususiyatlarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ fikrlashini rivojlantirish natijasida, ularda hissiy barqarolik, dadillik, o‘quv jarayonida o‘ziga ishonch, mustaqillik, o‘quv faoliyatida o‘zini nazorat qilish, tafakkur kengligi, tafakkur egiluvchanligi va o‘z emotsiyalarni nazorat qilish sifatlari oʼziga xos yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-344 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-344 son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ fikrlashini rivojlantirish orqali, hissiy barqarolik va dadillik singari sifatlarning oʼziga xos yordamchi vosita sifatida xizmat qilishi ochib berilgan.
shaxsda kreativ fikrlashni rivojlantirish natijasida, ularda shaxsning o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘z emotsiyalarini boshqarishi, mantiqiy fikrlashini takomillashuviga asoslanib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimdonlik sifatlari shakllanganligi dalillangan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-344 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-344 son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda kreativ fikrlashni rivojlantirish natijasida, ularda shaxsning o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘z emotsiyalarini boshqarishi, mantiqiy fikrlashining takomillashuvi ochib berilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik modeli shaxsdagi kuzatuvchanlik, soddadan murakkablik dinamikasi, tajriba va ko‘nikma mahorati, ijodiy xayol, tavakkalchilik hamda tafakkur kengligi kabi kreativlik mexanizmlarini ketma-ketligiga bog‘liq holda kognitiv, hissiy-irodaviy, motivatsion, kommunikativ komponentlarni o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-344 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-344 son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning psixologik model ishlab chiqilgan.