Rustamaliev Mirjalol Hayrullo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruvining ma’naviy-huquqiy tamoyillari”  09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1425
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori (DSc), professor Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent O‘rinboev Davlatjon Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruvining ma’naviy-huquqiy tamoyillarni ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv sharoitida jamiyatning ma’naviy qadriyatlari va axloqiy normalari va huquqiy me’yorlarning o‘zoro dialektik uyg‘unligini ta’minlash, davlatchilikda ijtimoiy konsensusni mustahkamlab, boshqaruvda “aksiyologik legitimatsiya” tamoyilining barqaror rivojlanishi asoslangan;
zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida davlatning ma’naviy-huquqiy boshqaruv tamoyillari “kiberma’naviyat” va “raqamli axloq” tushunchalari  “kiberfazoviy boshqaruv etikasi” konsepsiyasi asosida falsafiy tizimlashtirilib, boshqaruvdagi etik legitimatsiya, kiberfuqarolik axloqi, ijtimoiy ishonch indikatorlar davlat xizmatchilarining raqamli muhitdagi axloqiy-huquqiy belgilovchi omillar ekanligi aniqlashtirilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruv tizimining “aksiyologik legitimatsiya” mexanizmiga asoslanishi jamiyatda ijtimoiy konsolidatsiyani shakllantiruvchi omili sifatida kishilarda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishi ilmiy dalillangan; 
jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruvning ma’naviy (adolat, ishonch, birdamlik, vatanparvarlik) ham xuquqiy (qonun ustivorligi, demokratik erkinlik, tenglik, mustaqillik) tamoyillarining dialektik aloqadorligini ta’minlash ijtimoiy makon strukturasida turmush farovonligiga olib kelishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta’minlashda davlat boshqaruvi omiliga oid ilmiy xulosa va takliflari asosida:
globallashuv sharoitida jamiyatning ma’naviy qadriyatlari va axloqiy normalari va huquqiy me’yorlarning o‘zoro dialektik uyg‘unligini ta’minlash, davlatchilikda ijtimoiy konsensusni mustahkamlab, boshqaruvda “aksiyologik legitimatsiya” tamoyilining barqaror rivojlanishini ta’minlashiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 21-bandi “Ijtimoiy-siyosiy, axborot-psixologik, g‘oyaviy-mafkuraviy hurujlar hamda turli yot va buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini ochib berishga doir tahliliy ko‘rsatuv va tok-shoular tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-martdagi 10/131-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalarni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida davlatning ma’naviy-huquqiy boshqaruv tamoyillari “kiberma’naviyat” va “raqamli axloq” tushunchalari  “kiberfazoviy boshqaruv etikasi” konsepsiyasi asosida falsafiy tizimlashtirilib, boshqaruvdagi etik legitimatsiya, kiberfuqarolik axloqi, ijtimoiy ishonch indikatorlar davlat xizmatchilarining raqamli muhitdagi axloqiy-huquqiy belgilovchi omillar ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari loyihasini tayyorlashda hamda yosh xodimlar orasida turli tanlov va musobaqalar nizomlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining 2025-yil 3-martdagi 26-612-son ma’lumotnomasi). Natijada Davlat dasturi ijrosini samarali bajarilishiga, xodimlar orasida “Eng faol yoshlar yetakchisi”, “Toʻmaris izdoshlari”, “Zakovat”, “Yosh kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Ajdodlar izidan”, “Shunqorlar”, “Harbiy estafeta”, “Jangovar marsh” kabi tanlovlar orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va isteʼdodlarni kashf etishga erishilgan;
 jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruv tizimining “aksiyologik legitimatsiya” mexanizmiga asoslanishi jamiyatda ijtimoiy konsolidatsiyani shakllantiruvchi omili sifatida kishilarda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishi ilmiy dalillash davlat boshqaruvida barqarorlikka erishishning yangi aksiologik mezonlarini keltirib chiqarishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 4-martdagi 05-09-263-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mohiyatini aholiga etkazishga xizmat qilgan;
jamiyat barqarorligini ta’minlashda davlat boshqaruvning ma’naviy (adolat, ishonch, birdamlik, vatanparvarlik) ham xuquqiy (qonun ustivorligi, demokratik erkinlik, tenglik, mustaqillik) tamoyillarining dialektik aloqadorligini ta’minlash bir tomondan ma’naviy qadriyatlarni adolatli boshqaruv bilan uyg‘unlashtirishi, ikkinchi tomondan huquqiy infratuzilma orqali ijtimoiy munosabatlarni barqaror rivojlanishga yo‘naltirishiga oid oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-martdagi 10/131-son dalolatnomasi). Natijada ushbu takliflar, tavsiya va xulosalar targ‘ibot ishlari samaradorligini oshishiga va jamiyat barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish