Xidirov Faxridin Fozilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5228.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Matniyazova Hilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida tolerantlik madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini umumiy tendensiyalari, tarkibiy komponentlari, biologik tolerantlik mezonlariga muvofiq, milliy ta’lim-tarbiya tizimini kompleks modernizatsiyalash, global hamkorlik ta’limi sharoitida Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) g‘oyalariga intensiv integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
biologiya ta’limi jarayonida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning bir-birini to‘ldiruvchi uchta jihati: o‘quv jarayonining tarkibiy qismlarini (mazmun, vositalar, texnologiyalar, faoliyat, natijalar) bog‘lash; o‘qitish jarayoni va amaliy faoliyatni dialektik o‘zaro aloqadorligini ta’minlash; biologik ob’ektlarning tizimli tahlilida nazariy va empirik bilimlarni bog‘lashga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari  biologiya ta’limi jarayonida bo‘lajak o‘ituvchilarning tolerantlik madaniyatini rivojlantirish modeli tashkiliy-didaktik, mazmun, metodik, tashhislash natija komponentlarining tizimlashtirish; madaniy, diniy, ijtimoiy qadriyatlarning etnik imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish; talabalar foliyatini shaxsiy, kasbiy-shaxsiy, kasbiy yo‘naltirish, adaptiv moslashtirish, muloqot refleksiyasini rivojlantirish hamda tarbiyaviy omillar dinamikligini prognostik modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
tolerantlik madaniyatini rivojlantirish diagnostikasi biologiya mashg‘ulotlarida “Tolerantlik madaniyati Akademiyasi”da desturktiv, konstruktiv, produktiv, kreativ darajalarini turli testlar, toshiriqlar vositasida baholashga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini umumiy tendensiyalari, tarkibiy komponentlari, biologik tolerantlik mezonlariga muvofiq, milliy ta’lim-tarbiya tizimini kompleks modernizatsiyalash, global hamkorlik ta’limi sharoitida Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) g‘oyalariga intensiv integratsiyalash asosida aniqlashtirsjga doir tavsiyalari “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Milliy Universiteti Kengashining  2023 yil 28 dekab 4-sonli qarori asosida № 258 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, kompleks yondashuv asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining tolerantlik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi oshgan;
biologiya ta’limi jarayonida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning bir-birini to‘ldiruvchi uchta jihati: o‘quv jarayonining tarkibiy qismlarini (mazmun, vositalar, texnologiyalar, faoliyat, natijalar) bog‘lash; o‘qitish jarayoni va amaliy faoliyatni dialektik o‘zaro aloqadorligini ta’minlash; biologik ob’ektlarning tizimli tahlilida nazariy va empirik bilimlarni bog‘lashga ustivorlik berish asosida takomillashtirish; pedagogika oliy ta’lim muassasalari  biologiya ta’limi jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning tolerantlik madaniyatini rivojlantirish modeli tashkiliy-didaktik, mazmun, metodik, tashhislash-natija komponentlarini tizimlashtirish; madaniy, diniy, ijtimoiy qadriyatlarning etnik imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish; talabalar foliyatini shaxsiy, kasbiy-shaxsiy, kasbiy yo‘naltirish, adaptiv moslashtirish, muloqot refleksiyasini rivojlantirish hamda tarbiyaviy omillar dinamikligini prognostik modellashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflari O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2020 yillar bajarilgan  OT-FI-88-sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy  va ma’naviy taraqqayotida  tolerantlik tamoyilining  tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot  loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining  2.10.2024 yildagi 04/22-8102-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  biologiya mashg‘ulotlarida tolerantlik madaniyatini rivojlantirishning madaniy, diniy, ijtimoiy qadriyatlarning etnik integratsiyalash dinamikligi  ta’minlangan;
tolerantlik madaniyatini rivojlantirish diagnostikasi biologiya mashg‘ulotlarida “Tolerantlik madaniyati Akademiyasi”da desturktiv, konstruktiv, produktiv, kreativ darajalarini turli testlar, toshiriqlar vositasida baholashda muhim pedagogic doir metodik takomillashtirishga doir tavsiyalari “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy Universiteti Kengashining  2023 yil 28 dekab 4-sonli qarori asosida № 258 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, talabalarning tolerantlik madaniyatini rivojlantirish orqali  kasbiy faoliyatga tayyorlashda tarbiyaviy omillar samaradorligi ta’minlangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish