Eshbo‘taeva Shohsida Toshnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek musiqa terminlari lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.11 Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil2423
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: O‘rozboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek musiqa terminlarining nazariy-metodologik asoslari, uning antroposentrik tahlili va musiqa terminlari asosida shakllangan paremiologik birliklarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
musiqa terminlarining terminologik tizimdagi o‘rni, jahonda qiyosiy-tarixiy, sistem-sturktur hamda antroposentrik paradigma nuqtayi nazaridan atroflicha o‘rganilgani, o‘zbek tilshunosligida esa antroposentrik yo‘nalishda tadqiq etilmagani, til birliklarini uning egasi bilan uyg‘un holda tekshirish orqali xalqning olam lisoniy manzarasini ifodalash shakllariga oydinlik kiritish mumkinligi asoslangan;
turkiy hamda o‘zlashma musiqa terminlari semantik va etimologik jihatdan tahlil etilib, forsiy, arabiy qatlamga oid terminlarning muayyan qismi o‘zbek tili egalari ongida milliy-madaniy birliklarga ishora qilishi, rus tili orqali kirib kelgan musiqa terminlari esa o‘zga madaniyat xususiyatlarini saqlab qolgani tajriba-sinov natijalari yordamida dalillangan;
o‘zlashma terminlar o‘rniga o‘zbekcha muqobillarini tavsiya qilish terminologik tizimni tartibga solish borasida muhimligi, shuningdek, musiqa terminlari vositasida shakllangan o‘xshatishlar va metaforalar xalqning o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlarini, olamning lisoniy manzarasini aks ettirishi isbotlangan;
musiqa terminlari ko‘magida paydo bo‘lgan frazeologizm hamda xalq maqollarini semantik va statistik tadqiq qilish asnosida paremiologik birliklar termin anglatadigan tushuncha zamirida shakllangani, bunga xalqning ijtimoiy, madaniy, diniy va dunyoviy qarashlari katta rol o‘ynagani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek musiqa terminlarining lingvokulturologik xususiyatlari talqini yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek musiqa terminlarining tarixiy ildizlariga oid ilmiy materiallar, musiqa terminlarida milliy mentallikning aks etishi xalq og‘zaki ijodi, an’ana va urf-odatlarda ifodalanishiga doir ilmiy xulosalar, musiqa termini asosida hosil bo‘lgan frazeologizmlarga doir ilmiy tahlillari, metafora vositasida yaratilgan musiqa terminlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018 – 2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi №01/4-2778-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa terminlarning shakllanishi va rivojlanishi, milliy mentallikni ifodalashi, frazeologizmlarni shakllanishidagi o‘rni kabi masalalarga oid xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
musiqa terminlarining o‘zbek xalqi etnomadaniyatini o‘zida aks ettirganligi ilmiy izohlangan tahlillardan, turkologiyada musiqa terminlarning o‘rganilishiga oid ilmiy xulosalardan, o‘zbek musiqa terminlarining shakllanishi va rivojlanishiga oid ilmiy materiallardan, musiqa terminlarining leksik-semantik xususiyatlariga oid materiallardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi №01/4-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek musiqa terminlari xalq etnomadaniyatini ifodalashi, turkologiyagada musiqa terminlari tadqiqi, musiqa terminlarining leksik-semantik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitgan;
o‘zbek musiqa terminlarining milliy-mental xususiyatlari tahlili, olamning lisoniy manzarasini ifodalashda musiqa terminlarining o‘rni, til egasi ongida milliy-madaniy semali birliklarga ishora qilishi, xalqning etnik, madaniy, diniy va dunyoviy xususiyatlarini aks ettirganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018–2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi №01/4-2778-son ma’lumotnomasi). Natijada, musiqa terminlarining milliy-mental xususiyatlari, olamning lisoniy manzarasini ifodalashda musiqa terminlarining o‘rniga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda qo‘llanilgan;
turkiy xalqlar musiqa terminologiyasini yaratishga oid harakatlarda dastlab ushbu xalqlar uchun umumiy konseptda shakllangan terminlarni tanlab olish lozimligi haqidagi, o‘zlashmalar o‘rniga turkiy xalqlarda bor musiqa terminlarni muqobil sifatida keltirish, assotsatsiyada milliy-madaniy semali birliklarga ishora qilgan terminlarni o‘z qatlamga tavsiya sifatida berish, turkiy xalqlardagi musiqa terminlarni fonografik jihatdan bir xillashtirish kerakligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi №01/4-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada, turkiy xalqlar uchun umumiy konsept ostida shakllangan musiqa terminlari haqidagi, assotsatsiyada milliy-madaniy semali birliklarga ishora qilishi haqidagi xulosalariga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini belgilab olishda foydalanilgan.