Aminova Nargiza Istamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘arb va Sharq badiiy adabiyotida inson ma’naviy dunyosi talqini (E.Xemingueyning “Chol va dengiz” hamda Sh.Xolmirzaevning “Ko‘k dengiz” asarlari qiyosiy tahlili misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5632
Ilmiy rahbar: Xolikov Bahodir Alikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Adilova Shaxnoza Rahimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XX asr badiiy adabiyotida adabiy izdoshlik, vorisiylik ko‘rinishlari asosida amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey va o‘zbek adibi Shukur Xolmirzaevlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini, ularning o‘z jamiyatlari ma’naviy tafakkuri sogʻlomlashuviga qo‘shgan hissalarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr amerika va o‘zbek badiiy adabiyotida namoyon bo‘lgan o‘zaro uygʻun gʻoyaviy-badiiy tamoyillar ikki mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey va Shukur Xolmirzaev asarlari asosida aniqlangan;
amerika va o‘zbek prozasida adabiy izdoshlik, vorisiylik hodisalariga xos jihatlar aniq dalillar vositasida ochib berilgan;
Ernest Xeminguey hamda Shukur Xolmirzaev asarlarida inson ma’naviy dunyosining badiiy talqini orasidagi umumiylik va tafovutlar tizimli ravishda dalillangan;
asarlarning badiiy tili, ichki monologlar, stilistik vositalar va individual uslub xususiyatlari tahlil qilinib, Xeminguey va Xolmirzaev uslublarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ma’naviy mazmun ifodasidagi roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gʻarb va Sharq badiiy adabiyotida inson ma’naviy dunyosi talqini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida ijod qilgan yozuvchilar qatorida Shukur Xolmirzaevning asarlaridagi gʻoyaviy-badiiy tamoyillar, inson ma’naviy dunyosi tasvirining o‘ziga xosliklariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-martdagi 194/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, XX asr o‘zbek adabiyoti hikoyanavislari haqidagi ma’lumotlar Shukur Xolmirzaev asarlari tahlili misolida boyitilganligiga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
Ernest Xeminguey hamda Shukur Xolmirzaev asarlarida inson ma’naviy dunyosining badiiy talqini orasidagi umumiylik va tafovutlar haqidagi ma’lumotlardan, amerika va o‘zbek adabiyoti namoyondalari asarlari tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 1-apreldagi 201/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ernest Xeminguey va Shukur Xolmirzaev ijodida inson ma’naviy dunyosi tasviridagi umumiylik, tafovutlar, yozuvchilar badiiy uslubining o‘ziga xosliklari kabilarga oid ilmiy ma’lumotlar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
amerika va o‘zbek prozasida adabiy izdoshlik, vorisiylik hodisalariga xos jihatlarni aniq dalillar vositasida o‘rganishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan F3-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-martdagi 194/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, amerika va o‘zbek adabiyotida adabiy izdoshlik, vorisiylik hodisalari, amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey ijodining o‘zbek adabiyotida o‘rganilishi, o‘zbek yozuvchilari ijodiga bo‘lgan ta’siri kabilarga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitgan;
asarlarning badiiy tili, ichki monologlar, stilistik vositalar va individual uslub xususiyatlari tahlil qilinib, Xeminguey va Xolmirzaev uslublarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ma’naviy mazmun ifodasidagi roliga oid xulosalardan 2024-yilda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” nomli ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2024-yil 28-fevraldagi 01-07/30-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy adabiyotda inson ma’naviy dunyosini talqin qilishda ikki adabiyot vakillarining uslubiy mahorati taqqoslanib, umumiy xulosalarga kelingan va ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini chuqurlashishiga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan.