Axmatova Intizora Hasan qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
 “Buxoro janubiy tumanlari toponimlarining lisoniy tadqiqi”.  10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil3995   
Ilmiy maslahatchi: Zaripov Botir Po‘latovich filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Alisher  Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti professori,  filologiya fanlari doktori (DSc) Saodat Muhammadova Xudoyberdievna, Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Adizova Nodira Baxtiyorovna. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
I.Tadqiqotning maqsadi. Buxoro janubiy tumanlari toponimlari (BJTT)ning kelib chiqish omillari, nomlanish sabablari, leksik-semantik va onomastik-grammatik xususiyatlarini toponimik tahlil, lingvomadaniy hamda etnolingvistik tamoyillar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro janubiy tumanlari toponimlarining hududdagi hamda mamlakatdagi toponimlar bilan umumiy va xususiy belgilari shu joy aholisining til xususiyatlari, dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga bog‘liqligi yig‘ilgan faktik dalillar orqali asoslangan;
Buxoro janubiy tumanlari joy nomlarining etimologiyasi, lug‘aviy ma’nolari, fonetik, morfemik va morfologik tarkibiy tuzilishiga ko‘ra grammatik modellari, ularning diaxron hamda sinxronligi hozirgi o‘zbek tili toponimikasi nazariyasiga muvofiq aniqlangan;
Buxoro janubiy tumanlari hududidagi joy nomlarining etnotoponim, antropotoponim, gidrotoponim, fitotoponim, kasb-kor atamalari asosida shakllangan semantik tiplari, oykonimlar onomastik leksika sathi me’yorlariga mos holda tasniflanib, ularining lingvistik tabiatiga xoslisoniy, onomastik-grammatik, onomastik-morfologik, onomastik-sintaktik xususiyatlari ochib berilgan;
Buxoro janubiy tumanlari toponimlarining yasalishida ko‘pincha rabot, metan/mitan komponentlari, onomastik konversiya hamda negizlarning sintaktik aloqasi muhim ahamiyat kasb etgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro janubiy tumanlari toponimlarini lisoniy tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro janubiy tumanlari toponimiyasini o‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarishda, o‘zbek nomshunosligida hozirga qadar mavjud bo‘lgan ilmiy tasavvurlarni ma’lum darajada to‘ldirishda, o‘zbek dialektologiyasi, o‘zbek tili tarixiy leksikologiyasi masalalarini ochib berishdagi ilmiy-nazariy qarashlardan 2021-2023-yillarda bajarilgan «O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 30-iyuldagi 502/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili milliy korpusi materiallarida uchraydigan joy nomlari, ularning milliy an’ana va urf-odatlar bilan bog‘liqligi oydinlashtirilgan;
«Buxoro janubiy tumanlari toponimlarining lisoniy tadqiqi» mavzuiga oid tadqiqoti natijalaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining «Assalom, Buxorou», «Sakkinchi moʼjiza», «Diyor» kabi teleko‘rsatuvlarida foydalanildi (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Buxoro» telekanalining 2024-yil 28-avgustdagi 01-09-123-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat toponimiyasiga tegishli ayrim tarixiy toponimlarning ma’nosi, ularning paydo bo‘lish sabablari va ayrim oykonimlarning yasalishida rabot, metan/mitan komponentlari muhim ahamiyat kasb etishi haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlar auditoriyasiga etkazilgan;
«Buxoro janubiy tumanlari toponimlari» monografiyasidan viloyat geografik obektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi komissiya faoliyatida foydalanilgan (Geografik obektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi 2024-yil 7-sentyabrdagi 19/4829-son ma’lumotnomasi). Natijada «Buxoro janubiy tumanlari toponimlari» monografiyasida keltirilgan ma’lumotlardan Qorako‘l va Olot tumanlari hududida mavjud bo‘lgan oykonim, gidronim, nekronim va fitonimlar, shuningdek, boshqa turli geografik obektlarning nomlarini sharhlash, ularning kelib chiqishi va etimologiyasi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda asos vazifasini o‘tagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish