Kenjaev Olimjon Obidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda markaziy gemodinamika tomonidan o‘zgarishlar", 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.4.PhD/Tib4048.
Ilmiy rahbar: Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimova Dilorom Alimovna, tibbiy fanlar doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bronxial astmaning engil shakllari bo‘lgan bemorlarda yurak qon-tomir tizimining strukturaviy va funksional holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil darajadagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda lipidlar tarkibidagi buzilishlar yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) darajasining pasayishi va past zichlikdagi lipoproteinlar darajasining oshishi bilan namoyon bo‘lgani xamda ushbu o‘zgarishlar tizimli yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va bronxoobstruksiya darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
engil darajadagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda, karotid arteriyalar dopplerografiyasida adventisiya + intima-media majmuasi qalinlashuvi va Xolter monitoringi EKGsida yurak urish sonining ishonchli darajada oshishi, shuningdek qorinchalar xamda supraventrikulyar ekstrasistoliyalar qayd etilishi va bu o‘zgarishlar persistentlovchi shaklda yanada yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
engil persistentlovchi shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda o‘pka arteriyasi o‘rtacha  bosimi oshgani (p<0,05), chap qorinchaga so‘nggi sistolik  va diastolik hajmlar oshgani (p<0,05), va chap qorinchani zarb hajmi  saqlangan holda 30,86% holatlarda asosan gipertrofik turdagi chap qorinchani diastolik disfunksiyasi kuzatilgani isbotlangan;
engil persistent shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchani diastolik disfunksiyasi tizimli yallig‘lanish kuchayishi, lipidlar spektri buzilishi, yurak urish sonining oshishi va bronxial astma nazorati past darajada bo‘lishi bilan bog‘liq ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Bronxial astmaning engil shakllari bo‘lgan bemorlarda yurak qon-tomir tizimining struktur va funksional holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: engil darajadagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda lipidlar tarkibidagi buzilishlar yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) darajasining pasayishi va past zichlikdagi lipoproteinlar darajasining oshishi bilan namoyon bo‘lgani xamda ushbu o‘zgarishlar tizimli yallig‘lanish ko‘rsatkichlari va bronxoobstruksiya darajasi bilan bog‘liqligi aniqlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma engil kechishi bilan kasallangan bemorlarda lipid almashinuvining buzilishini aniqlash erta tashxislashni takomillashtirish va bemorlar hayot davomiyligini uzaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarni statsionar davolanish kunini kamaytirish va tashxisiy tekshiruvlarga sarflangan o‘rtacha vaqtni tejash imkonini beradi. Xulosa: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda lipidlar tarkibidagi buzilishlar yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) darajasining pasayishi va past zichlikdagi lipoproteinlar darajasining oshishi bilan namoyon bo‘lish imkonini beradi
ikkinchi ilmiy yangilik: engil darajadagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda, karotid arteriyalarning dopplerografiyasida adventisiya+intima-media kompleksi qalinlashishi va xolter monitoring EKGsida yurak urish sonining ishonchli darajada oshishi hamda qorinchalar va supraventrikulyar ekstrasistoliyalar qayd etilshi va bu o‘zgarishlar persistirlovchi shaklda yaqqolroq namoyon bo‘lshi aniqlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi tashxisot sifatini oshirishga, kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: engil darajadagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda qorinchalar va supraventrikulyar ekstrasistoliyalar qayd etilshi kasallikning rivojlanish xavfini va og‘irligini bashorat qilishga imkon beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: engil persistentlovchi shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda o‘pka arteriyasi o‘rtacha  bosimi oshgani (p<0,05), chap qorinchaga so‘nggi sistolik  va diastolik hajmlar oshgani (p<0,05), va chap qorinchani zarb hajmi  saqlangan holda 30,86% holatlarda asosan gipertrofik turdagi chap qorinchani diastolik disfunksiyasi kuzatilganini isbotlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA bilan kasallangan bemorlarda mazkur ilmiy yangilikning tadbiq etilishi tashxisot usullarini takomillashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tashxislashga va davolashga ketadigan vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: engil persistentlovchi shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda o‘pka arteriyasi o‘rtacha  bosimi tekshirish tashhis quyish va bemorlarni davoolashni tamoyillarini yaxshilash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: engil persistik shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchaning diastolik disfunksiyasi  tizimli yallig‘lanish kuchayishi, lipidlar spektri buzilishi, yurak urish chastotasining oshishi va bronxial astma nazorati past darajada bo‘lishi bilan bog‘liq ekani aniqlanganligi Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi 13.12.2024 yildagi 8750-11-169-TV/2024-son, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi bo‘yicha 03.12.2024 yildagi 60/11-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda gemodinamik o‘zgarishlarni erta tashxislash samaradorligini oshirish hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Xulosa: engil persistik shakldagi bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish, lipidlar spektri buzilishi, yurak urish chastotasining oshishi va bronxial astma nazoratim erta tashxislash samaradorligini oshirish hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish imkon beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish