Karaev Payzillaxon Yusufxonovichning 
doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt655.
Ilmiy maslahatchi: Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamatqulov Murodjon Shukurovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ibragimov Abdugapur Karimovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar hisobi va ichki audit metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish, o‘quv faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta’lim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish va mehnat xarajatlarini qisqartirish taklif etilgan;
ma’lum bir davr mobaynida bir necha marotaba xizmat ko‘rsatilganda (ishlar bajarilganda), ulardan kelib tushgan daromadlarni to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli asosida tan olish taklif etilgan;
daromad sifatida tan olingan mablag‘larni qabul qilish bo‘yicha noaniqliklar kelib chiqsa, qaytarilmagan yoki qaytarib olinishi ehtimoli mavjud bo‘lmagan pul miqdorini xarajat sifatida qabul qilish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli xarajatlarini 730 000 – “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 730 100 – “Oliy ta’lim muassasalarida milliy ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730 200 – “Oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” va 730 300 – “Talabalarning fanlardan akadem qarzdorlik yuzasidan undiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarida hamda qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan tushlarni 741 000 – “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 741 100 – “Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotida hisobga olish taklif etilgan;
ichki audit xizmatlari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun istisno tariqasida, banklardan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablag‘larining harakatiga doir ma’lumotlarini markazlashgan tartibda so‘rab olishga ruxsat etish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar hisobi va ichki audit metodologiyasini  takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish, o‘quv faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta’lim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish va mehnat xarajatlarini qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 01/01-158-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabaga qaratilgan ta’lim asosida professor-o‘qituvchilarning mehnat samaradorligidan kelib chiqib mehnat haqi xarajatlarini amalga oshirish, ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va ta’lim sifatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
ma’lum bir davr mobaynida bir necha marotaba xizmat ko‘rsatilganda (ishlar bajarilganda), ulardan kelib tushgan daromadlarni to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli asosida tan olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” nomli 10-sonli BHSda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 5 martdagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Natijada bir davr mobaynida byudjet tashkilotlari tomonidan bir necha marotaba xizmat ko‘rsatilishi yoki ishlarning  bajarilishi bilan bog‘liq daromadlarni davriy teng ulushlarda hisobga olish imkoniyati yaratilib, xarajatlar va daromadlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlashga xizmat qilgan;
daromad sifatida tan olingan mablag‘larni qabul qilish bo‘yicha noaniqliklar kelib chiqsa, qaytarilmagan yoki qaytarib olinishi ehtimoli mavjud bo‘lmagan pul miqdorini xarajat sifatida qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” nomli 10-sonli BHSda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 5 martdagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish byudjet tashkilotining boshqa tashkilotlar bilan aktivlar yoki xizmat (ish)larni qabul qilishi yoki majburiyatlarni bajarilishida, unga xuddi shu miqdordagi aktivlar (pul mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlar) bilan almashuvi operatsiyalarida olinadigan daromadlarni to‘g‘ri hisobga olish hamda moliyaviy hisobotning daromadlar va xarajatlarga oid ko‘rsatkichlari ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli daromadlarini 520 150 – “Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” schyoti tarkibida 520 151 – “Oliy ta’lim muassasalarida milliy ta’lim dasturlari yuzasidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 152 – “Oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturlari yuzasidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar”, 520 153 – “Talabalarning fanlardan akadem qarzdorlik yuzasidan undiriladigan mablag‘lar bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotlarida hamda qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan tushumlarni 520 310 – “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan daromadlari” schyoti tarkibida 520 311 – “Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyotida hisobga olish taklifi oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 01/01-158-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida daromadlarga oid tahliliy buxgalteriya ma’lumotlarini hosil qilish orqali davriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli xarajatlarini 730 000 – “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 730 100 – “Oliy ta’lim muassasalarida milliy ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar”, 730 200 – “Oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” va 730 300 – “Talabalarning fanlardan akadem qarzdorlik yuzasidan undiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarida hamda qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan tushlarni 741 000 – “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 741 100 – “Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotida hisobga olish taklifi oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 01/01-158-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xarajatlar yuzasidan zarur boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisoblangan xarajatlarga oid tahliliy buxgalteriya ma’lumotlarini hosil qilish imkoniyati yaratilgan;
ichki audit xizmatlari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun istisno tariqasida, banklardan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablag‘larining harakatiga doir ma’lumotlarini markazlashgan tartibda so‘rab olishga ruxsat etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar” nomli 10-sonli BHSda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 5 martdagi 06/33-4-5031-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan audit tadbirlarida vaqt va mehnat haqi bilan bog‘liq ortiqcha sarflarning oldini olish hamda auditorlik tadbirlarning natijadorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish