Normatova Gulmira Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda joriy aktivlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil etish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3038.
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kostaev Umidjon Umirzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda joriy aktivlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
joriy aktivlarning strategik boshqaruv hisobini qiymat zanjirining xarajat kategoriyasiga asoslangan «xarid tannarxi – qayta ishlash xarajatlari – ustama xarajatlar» zanjiri asosida tashkil qilish asoslangan;
moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar bazasida tannarxni kalkulyasiya qilishning to‘g‘ri chiziqli va normativ usullarini integrallashtirish asosida xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil etish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda debitorlik qarzlari strategik boshqaruv hisobining besh bosqichli algoritmini qo‘llash asoslangan;
pul mablag‘lari oqimining strategik boshqaruv hisobi bo‘yicha balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan tashkiliy, texnik va uslubiy bloklarni o‘zida mujassam etgan hisob siyosati taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Joriy aktivlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
joriy aktivlarning strategik boshqaruv hisobini qiymat zanjirining xarajat kategoriyasiga asoslangan «xarid tannarxi – qayta ishlash xarajatlari – ustama xarajatlar» zanjiri asosida tashkil qilish bo‘yicha taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 noyabrdagi 02/694-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinatda yaxlit tarzda, shuningdek uning alohida olingan tarkibiy qismlari, xususan, mas’uliyat markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini byudjetlashtirish asosida kalkulyasiya qilish imkoniyati yaratildi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxni alohida mahsulot turlari bo‘yicha mas’uliyat markazlariga tegishli qismini uning o‘zida hisobga olish imkoniyati paydo bo‘ldi;
moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar bazasida tannarxni kalkulyasiya qilishning to‘g‘ri chiziqli va normativ usullarini integrallashtirish asosida xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil etish bo‘yicha bergan taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 noyabrdagi 02/694-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida kombinatda mahsulotlar bilan bir qatorda biznes-jarayonlarini va unga ta’sir etuvchi nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni ham hisob ob’ektlari safiga kiritish va alohida hisobga olish imkoniyati yaratildi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda debitorlik qarzlari strategik boshqaruv hisobining besh bosqichli algoritmini qo‘llash bo‘yicha bergan taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan. (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 noyabrdagi 02/694-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif debitorlik qarzlari bo‘yicha variatsiya koeffisientini, o‘rtacha kvadratik chetlanish ko‘rsatkichi miqdorini, Jinni hamda Xerfindal koeffisientlarini aniqlash imkoniyatini yaratdi. Natijada bevosita kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning debitorlik qarzlari miqdorini optimallashtirish variantlarini aniqlash, hisobga olish, tahlil qilish imkoniyatlari yaratildi. Shuningdek, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektda istiqbolga mo‘ljallangan strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va samarali olib borish imkonini beradigan tizimni shakllantirishga imkoniyat tug‘ildi. Buning natijasida 2024 yil yakuni bo‘yicha kombinat miqyosida muddati o‘tgan debitorlik qarzdorlik miqdorini 1,3 mlrd. so‘mga kamaytirish imkoniyati yaratildi;
pul mablag‘lari oqimining strategik boshqaruv hisobini balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan tashkiliy, texnik va uslubiy bloklarni o‘zida mujassam etgan hisob siyosatini shakllantirish orqali tashkil etish bo‘yicha bergan taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 noyabrdagi 02/694-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul oqimlarining strategik boshqaruv hisobini to‘rt bosqichda, mas’uliyat markazlari kesimida hamda balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar bazasida tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Natijada pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining xalqaro standartlar talabiga javob berishi, pul oqimlari to‘g‘risida istiqbolga mo‘ljallangan strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun uni istalgan vaqtda va tezkor rejimda taklif etilayotgan 4 ta mas’uliyat markazlari kesimida ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratiladi. Kombinat rahbariyati tomonidan strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun operativ va uzlyuksiz tarzdagi axborot ta’minoti tizimi shakllantiriladi.