Shokirova Malika Mirzaxidovnaning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari likvidliligini boshqarishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3011.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti  Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining likvidliligini boshqarishamaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari aktivlari tarkibini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar hisobidan diversifikatsiya qilish orqali banklarning ushbu aktiv moddalari ulushini 10,0 foizga etkazish asoslangan;
tijorat banklari likvidliligini boshqarishda riskli aktivlari tarkibida muammoli aktivlar ulushini 2,0-2,5 foizdan oshirmaslik taklif etilgan; 
banklarning majburiyatlari tarkibida uch yil va undan ortiq muddatga saqlanadigan depozitlar ulushini 40 foiz miqdorida ta’minlanishi transformatsion risk muammosini bartaraf etishi va likvidlilikni boshqarishga ijobiy ta’siri asoslangan;
tijorat banklari ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlarni sotib olganda yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish amaliyotini takomillashtirish boyicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari aktivlari tarkibini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar hisobidan diversifikatsiya qilish orqali banklarning ushbu aktiv moddalari ulushini 10,0 foizga etkazish orqali likvililikni samarali boshqarish taklifi Markaziy bank tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil  27- noyabrdagi №22-20/681-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakat bank tizimi aktivlari tarkibida investisiyalarning ulushi 2023-yil 1-yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 3,5 foizga oshgan;
tijorat banklari likvidliligini boshqarishda riskli aktivlari tarkibida muammoli aktivlar ulushini 2,0-2,5 foizdan oshirmaslik zarurligi taklifi Markaziy bank tomonidan amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 27-noyabrdagi №22-20/681-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz tijorat banklari aktivlari tarkibida muammoli aktivlar ulushi 2023-yil 1-yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 1,5 foizdan 2,5 foizgacha kamaytirish imkoniyatini berdi;
banklarning majburiyatlari tarkibida uch yil va undan ortiq muddatga saqlanadigan depozitlar ulushini 40 foiz miqdorida ta’minlanishi transformatsion risk muammosini bartaraf etish taklifi Markaziy bank tomonidan amaliyotga joriy etish qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 27-noyabrdagi №22-20/681-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, tijorat banklari depozitlari tarkibida uch yil va undan ortiq muddatga saqlanadigan depozitlar hajmi 2023-yil 1-yanvarda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 5,6 trln. so‘mga oshgan;
tijorat banklari ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlarni sotib olganda yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritish taklifi asosida Markaziy bank Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli qarori asosida tasdiqlangan “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining  2023-yil 27- noyabrdagi №22-20/681-sonli ma’lumotnomasi) .

Yangiliklarga obuna bo‘lish