Raimov Xurshid Muxtorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3778. 
Ilmiy rahbar: Rustamov Maqsud Suvonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyorov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mikromoliya tashkiloti tomonidan mavjud bo‘lgan har bir mijoz talabini o‘zgarishini tahlili asosida, mijozlarning talabini 0,3 foizga oshirish maqsadida individual guruhlarga bo‘lish asoslangan;
bank xizmatlari qamrovini 2 foizga kengaytirish orqali mijozlar sonini 3 foizga ortishi qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi qatlamlari uchun kompleks moliyaviy xizmatlar paketini joriy etish taklifi asoslangan; 
mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini kengaytirishi va daromadini yiliga 4 foizdan ko‘proqqa oshirish maqsadida o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan tijorat banki bilan shartnoma asosida uning to‘lov agenti vazifasini bajarishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
banklar tomonidan mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda, ularning ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlari bo‘yicha talab qilib olish huquqini garovga olish orqali kredit foizni 0,3 foizgacha pasaytirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kapitalini iqtisodiy baholashni Tijorat banklarining biznes ekotizimini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikromoliya tashkiloti tomonidan mavjud bo‘lgan har bir mijoz talabini o‘zgarishini tahlili asosida, mijozlarning talabini 0,3 foizga oshirish maqsadida individual guruhlarga bo‘lish taklifi («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 26-fevraldagi 04-15/124-son ma’lumotnomasi), Natijada, “Agrobank” ATBda mijozlarni uch guruhga individual tartibda ya'ni birinchisi, rasmiy ish joyiga ega bo'lganlar, ikkinchisi rasmiy ish joyiga ega bo'lmaganlar va uchinchisi pensiyadagi mijozlarga bo'lingan. 2023-yil l-yanvar holatiga l86 nafarni tashkil etgan bo'lsa. 2024-yil 1-yanvar holatiga 92 nafarni tashkil etib shuncha songa ortgan.
bank xizmatlari qamrovini 2 foizga kengaytirish orqali mijozlar sonini 3 foizga ortishi qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi qatlamlari uchun kompleks moliyaviy xizmatlar paketini joriy etish taklifi “Agrobank” ATBning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, "Agrobank" ATV bank bilan shartnoma imzolashi orqali uning to'lov agenti maqomiga erishdi. Shuningdek, ushbu xizmatdan foydalanish natijasida mikromoliya tashkilotining daromadi 50,0 mln. so‘mga oshishiga erishildi
mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini kengaytirishi va daromadini yiliga 4 foizdan ko‘proqqa oshirish maqsadida o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan tijorat banki bilan shartnoma asosida uning to‘lov agenti vazifasini bajarishni yo‘lga qo‘yish taklifi «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki biznes rejasini tuzishda joriy etilgan. («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 19-iyundagi 04/02-10/341-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish hajmi kengayib, mijozlari soni ortishiga xizmat qilgan. Xususan, bank resurs bazasini mustahkamlash maqsadida, aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish ko‘rsatkichi oshgan. 
banklar tomonidan mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda, ularning ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlari bo‘yicha talab qilib olish huquqini garovga olish orqali kredit foizni 0,3 foizgacha pasaytirish taklifi “Mikrokreditbank” ATBning “Kredit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil  11-iyundagi 05-40/16237-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan bir nechta mikromoliya tashkilotlariga qulay kreditlash mexanizmi joriy etilib ularning 10 dan ortiq loyihalari moliyalashtirilishiga erishilgan. Bank mijozi bo‘lgan mikromoliya tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy shaxslar, o‘zini-o‘zi band qilganlar va boshqa tadbirkorlik subetlariga mikromoliyalash xizmatlari ko‘lami kengaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish