Hamroev Nurbek Nurilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maydalash-ezish uskunalari ishchi qismlari uchun yangilangan tarkibli eyilishga bardoshli cho‘yan ishlab chiqish va tadqiq qilish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/T5338
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tilabov Baxodir Qurbanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Jamshid Nasirdin o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maydalash ezish uskunalari ishchi qismlari uchun yangilangan tarkibli eyilishga bardoshli cho‘yan ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
abraziv sharoitlarda ishlovchi ma’dan maydalash uskunalari ishchi qismlari (ta’minlovchi disk detali) uchun yangilangan tarkibli eyilishga bardoshli cho‘yan kimyoviy tarkib, struktura, mexanik xossalar va eyilish xususiyatlari orasidagi bog‘liqliklarning o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
maydalash ezish uskunalari ishchi qismlari tayyorlanadigan eyilishga bardoshli cho‘yanlardan quyiladigan quyma detallarga termik ishlov berish rejimi fazalar o‘sish kinetikasiga, ularning hosil bo‘lish tezligi va metall asosdan ajralib chiquvchi ikkilamchi karbidlarning o‘lchamlariga ta’sir dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
eyilishga bardoshli cho‘yanlardan quyma detallari ishlab chiqarish jarayonlarida termodinamik hodisalarning fazaviy kinetikaga ta’sir mexanizmi harorat sharoitlari va vaqt parametrlari o‘zgarishiga bog‘liq ravishda kechuvchi fazaviy transformatsiyalar asosida ishlab chiqilgan;
eyilishga bardoshli cho‘yanlarni suyuqlantirish texnologiyasi kristallanish sharoitida nukleatsiya va o‘sish qonuniyatlarining amalga oshish shartlari asosida ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoyilishga bardoshli yuqori xromli cho‘yanlarning yangilangan tarkibini ishlab chiqish asosida ularning ekspluatatsion xossalarini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
abraziv sharoitlarda ishlovchi ma’dan maydalash uskunalari ishchi qismlari (ta’minlovchi disk detali) uchun yangilangan tarkibli eyilishga bardoshli cho‘yan “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/301-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’dan ezish uskunalari ishlash muddatini 17-20 % ga oshirish, eyilgan ishchi qismlarni almashtirish hisobidan kelib chiqadigan to‘xtalishlarni 14-18% ga kamaytirish imkonini bergan;
maydalash ezish uskunalari ish qismlari tayyorlanadigan quyma detallarga termik ishlov berish rejimlari “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/301-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi qismlarning eyilishga bardoshlilik xususiyatlari 1,5-2,0 baravarga oshgan;
quyma detallari ishlab chiqarish jarayonlarida termodinamik hodisalarning fazaviy kinetikaga ta’sirini bashorat qilish imkonini beruvchi usul taklif qilindi. “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChBda amaliyotga joriy etilgan amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 21-apreldagi 23/01-01-07/301-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyma detallar ishlab chiqarish tezligini 5-10% ga oshirish, ortiqcha legirlovchi elementlarning sarflanishi yoki nosoz detallar ishlab chiqarish hajmi 10-14% ga kamaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish