Bituraev Uktamjon Bazarbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Germaniya Federativ Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro aloqalarining rivojlanish jarayonlari” mavzusidagi 23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ss44
Ilmiy rahbar: Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: 
Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich, siyosiy fanlari doktori, Favqulodda va muxtor elchi.
Nazirov Muxtor Maxmudovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi tendensiyalarini aniqlash hamda istiqboli bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Germaniya Federativ Respublikasining tashqi siyosatida Evropa mintaqasining hayotiy muhim manfaatlar makoni ekanligi, ushbu mintaqa Germaniya tashqi siyosiy strategiyasining ustuvor yo‘nalishini tashkil etishi hamda Germaniyaning Evropadagi nufuzli ta’sir kuchiga ega maqomidan kelib chiqqan holda, uning geografik joylashuviga qaratilgan geosiyosiy kodlari “O‘rta kuch” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va Markaziy Osiyo mintaqasiga Germaniya investisiyasini jalb etishning etarli va kutilgan darajada emasligi Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi masofa jo‘g‘rofiy jihatdan uzoq ekanligi bilan bog‘liq degan yondashuvdan voz kechgan holda, “Markaziy Osiyo-Germaniya” sammiti doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida “texnologiya evaziga xom ashyo” formulasiga asoslangan Xeksher-Olin (Heckscher–Ohlin model) modelidan foydalanish zarurati isbotlangan;
Germaniya Federativ Respublikasi Markaziy Osiyo va Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning shakllantiruvchisi va ramziy ko‘prigi vazifasini bajarib kelayotganligi, madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama va mintaqalararo munosabatlarda siyosiy-iqtisodiy va diplomatik aloqalarning asosi bo‘lib xizmat qilayotgani, ilmiy va ta’lim almashinuvining qo‘shimcha samarasi Markaziy Osiyo davlatlarining texnologik va iqtisodiy modernizatsiyasiga hissa bo‘lib qo‘shilayotgani Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tajribasi asosida dalillangan;
O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasining bosh ustuvor yo‘nalish sifatidagi roli Germaniyaning Evropa Ittifoqi doirasidagi ochiq va faol tashqi siyosat an’analari bilan muvofiq va mushtarak ekanligi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi integratsiyasini shakllantirishda Evropa Ittifoqi tajribasidan samarali foydalanish va ko‘p tomonlama strategiyalarni o‘zaro uyg‘unlashtirish maqsadida Markaziy Osiyoning Evropa Ittifoqi bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarini yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasining bosh ustuvor yo‘nalish sifatidagi roli Germaniyaning Evropa Ittifoqi doirasidagi ochiq va faol tashqi siyosat an’analari bilan muvofiq va mushtarak ekanligi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi integratsiyasini shakllantirishda Evropa Ittifoqi tajribasidan samarali foydalanish va ko‘p tomonlama strategiyalarni o‘zaro uyg‘unlashtirish maqsadida Markaziy Osiyoning Evropa Ittifoqi bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish taklifiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan respublika vazirlik va idoralarga yuboriladigan axborot-tahliliy xujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024 yil 14 iyundagi №1518623 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazasini takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan. 
Germaniya Federativ Respublikasi Markaziy Osiyo va Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning shakllantiruvchisi va ramziy ko‘prigi vazifasini bajarib kelayotganligi, madaniy-gumanitar hamkorlik ikki tomonlama va mintaqalararo munosabatlarda siyosiy-iqtisodiy va diplomatik aloqalarning asosi bo‘lib xizmat qilayotgani, ilmiy va ta’lim almashinuvining qo‘shimcha samarasi Markaziy Osiyo davlatlarining texnologik va iqtisodiy modernizatsiyasiga hissa bo‘lib qo‘shilayotgani Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tajribasi asosida dalillanishiga oid ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qu’mitasi faoliyatida madaniy ma’rifiy tadbirlar va ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024 yil 9 iyuldagi № 14-07-1136 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur mazkur tadqiqotda ilgari surilgan taklif va xulosalar Germaniya va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan manfaatli ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan.
Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va Markaziy Osiyo mintaqasiga Germaniya investisiyasini jalb etishning etarli va kutilgan darajada emasligi Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi masofa jo‘g‘rofiy jihatdan uzoq ekanligi bilan bog‘liq degan yondashuvdan voz kechgan holda, “Markaziy Osiyo-Germaniya” sammiti doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida “texnologiya evaziga xom ashyo” formulasiga asoslangan Xeksher-Olin (Heckscher–Ohlin model) modelidan foydalanish zaruratiga oid ilmiy xulosa, amaliy taklif va tavsiyalardan partiyaning tashqi siyosiy masalalarga bag‘ishlangan takliflari va tashabbuslarida, yoshlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, Germaniyada ilm olishlarini rag‘batlatiridshga qaratilgan faoliyatida, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi uchrashuvlar, tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etishda foydalangan (“Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 19-iyundagi 02/06-62-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar partiyaning sohaviy, axborot-tahliliy materiallarni boyitish va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat.
Germaniya Federativ Respublikasining tashqi siyosatida Evropa mintaqasining hayotiy muhim manfaatlar makoni ekanligi, ushbu mintaqa Germaniya tashqi siyosiy strategiyasining ustuvor yo‘nalishini tashkil etishi hamda Germaniyaning Evropadagi ta’sirchan maqomidan kelib chiqqan holda, uning geografik joylashuviga qaratilgan geosiyosiy kodlari “O‘rta kuch” konsepsiyasiga ko‘ra asoslanishiga oid ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tomonidan Evropa mintaqasidagi jarayonlarni sharhlashda, Germaniya va Markaziy Osiyo munosabatlarini yoritishda, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi soha vakillari bilan efir uchrashuvlaro‘tkazishda, ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi tahliliy materiallar tayyorlashda, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ““O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasining 2025-yil 23-iyundagi  06-09-983-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanish tarixi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, fan-ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbollari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuvlar saviyasi va ta’sir doirasining o‘sishiga xizmat qilib, ma’lumotlar qamrovini oshirgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish