Shodieva Maftuna Baqoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Maktab yoshidagi bolalarda surunkali rinosinusit tashxisoti, davolash va profilaktikasini optimallashtirish", 14.00.04 - Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3503.
Ilmiy raxbar: Nurov Ubaydullo Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024. Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jahongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi” (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab yoshidagi bolalarda surunkali rinosinusitni past chastotali ultratovushni qo‘llash orqali kompleks davo samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor maktab yoshidagi bolalarda surunkali rinosinusitning klinik xususiyatlari, yallig‘lanish jarayonining og‘irlik darajasi bemor yoshi, nafas yo‘llari tuzilishi va kasallik davomiyligiga bog‘liqligi tasdiqlanib, 68,4% hollarda mukotsiliar klirensning jiddiy buzilishi kuzatilishi, bu esa kasallikning tez-tez qaytalanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor patogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda an’anaviy hamda past chastotali ultratovush terapiyasi qo‘shilgan kompleks davolash samaradorligining yuqoriligi asoslangan;
past chastotali ultratovush kavitatsiyasini qo‘llash 71% bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarining sezilarli darajada kamayishiga, burun yondosh bo‘shliqlarining drenaj funksiyasini yaxshilanishiga va tiklanish jarayonining tezlashishiga imkon berishi isbotlangan;
ilk bor surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bolalarni past chastotali ultratovush kavitatsiyasi yordamida davolashning maqbul morfofunksional ketma-ketligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Maktab yoshidagi bolalarda surunkali rinosinusit tashxisoti, davolash va profilaktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor maktab yoshidagi bolalarda surunkali rinosinusitning klinik xususiyatlari, yallig‘lanish jarayonining og‘irlik darajasi bemor yoshi, nafas yo‘llari tuzilishi va kasallik davomiyligiga bog‘liqligi tasdiqlanib, 68,4% hollarda mukotsiliar klirensning jiddiy buzilishi kuzatilishi, bu esa kasallikning tez-tez qaytalanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu tadqiqot natijalari bolalarda surunkali rinosinusit patogenezi to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni olish imkonini berdi. Bu esa kasallikni tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish uchun muhimdir. Tadqiqot jarayonida shu narsa aniqlandiki, kompleks davolashda past chastotali ul`tratovush kavitatsiyasini qo‘llash 87,6% bemorlarda barqaror remissiyaga erishish imkonini beradi va bu endoskopik va klinik tekshiruvlar natijalari bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Navoiy viloyati Zarafshon shaxar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil, №41 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (07.05.2024 yil №1186-2-208-TB/2024 buyrug‘i), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №940-2-32-TV/2024 buyrug‘i), Xorazm viloyati TTA Urganch filiali klinikasiga (15.05.2024 yil №10-I buyrug‘i), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (02.05.2024 yil №496-2-33-TV/2024-son buyrug‘i), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga (28.05.2024 yil №2948-2-41-TV/2024-son buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda past chastotali ultratovushni mahalliy qo‘llashning samaradorligini o‘rganish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda PChUT mahalliy qo‘llanilib, ijobiy klinik-mikrobiologik natijalarga erishish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: bolalar orasida surunkali rinosinusitni Streptococcus pneumoniae (49%), Haemophilus influenzae (25,1%), Haemophilus influenzae+Str.pneumoniae (15,2%), Staphylococcus aureus (7,9%), Streptococcus pyogenus (3%) kabi qo‘zg‘atuvchilar monokul`tura va mikroorganizmlar assotsiatsiyasi shaklida keltirib chiqarishi aniqlandi. Qo‘zg‘atuvchilarning assotsiatsiya ko‘rinishida uchrashi kasallik og‘irlik darajasini belgilab bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor patogenetik mexanizmlarni inobatga olgan holda an’anaviy hamda past chastotali ultratovush terapiyasi qo‘shilgan kompleks davolash samaradorligining yuqoriligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ul`tratovush terapiyasi qo‘llangan bemorlarda simptomlar dinamikasida sezilarli farq kuzatildi: davolashning 10-kuniga kelib klinik belgilari (burun bitishi, rinoreya, bosh og‘rig‘i) to‘liq yo‘qolishi 78% bemorlarda qayd etilgan, holbuki, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich faqat 17-kuniga kelib erishilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Navoiy viloyati Zarafshon shaxar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil, №41 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (07.05.2024 yil №1186-2-208-TB/2024 buyrug‘i), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №940-2-32-TV/2024 buyrug‘i), Xorazm viloyati TTA Urganch filiali klinikasiga (15.05.2024 yil №10-I buyrug‘i), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (02.05.2024 yil №496-2-33-TV/2024-son buyrug‘i), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga (28.05.2024 yil №2948-2-41-TV/2024-son buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda kompleks terapiya, ya’ni past chastotali ultratovush va 1% dioksidinni qo‘llashning maqbul usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda past chastotali ultratovush va 1% dioksidinni qo‘llash orqali klinik simptomlarni bartaraf etish vaqtini qisqartirish, BYoBlari shilliq qavatining me’yoriy holatini to‘liq tiklash, simptomlar yaxshilanishiga tezroq erishish orqali kasallik tez-tez qaytalanishi, davo muddatini qisqartirish va asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda PChUTni qo‘llash klinik belgilarni bartaraf etish vaqtini 1,4 baravarga ishonarli darajada qisqartirdi. SRSni kompleks davolashda ushbu davo usulini qo‘llash kasallikka chalingan bolalarni davolashda ijobiy natijalarga erishish uchun samarali hisoblanadi. Tavsiya etilgan davo algoritmi ta’sirida kasallikning 7-kuniga kelib, barcha bemorlarda (100%) burun va BYoBlari shilliq qavatining normal holati to‘liq tiklandi.
uchinchi ilmiy yangilik: past chastotali ultratovush kavitatsiyasini qo‘llash 71% bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarining sezilarli darajada kamayishiga, burun yondosh bo‘shliqlarining drenaj funksiyasini yaxshilanishiga va tiklanish jarayonining tezlashishiga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan davolash algoritmi bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi. Bu esa terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Past chastotali ul`tratovush qo‘llanilishi remissiya davomiyligini oshirishga yordam berishi isbotlangan: yangi usul bo‘yicha davolangan bemorlarning 68%ida remissiya 12 oy davomida saqlangan, holbuki standart davolash guruhida 6 oy ichida 42% bemorda residivlar kuzatilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Navoiy viloyati Zarafshon shaxar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil, №41 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (07.05.2024 yil №1186-2-208-TB/2024 buyrug‘i), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №940-2-32-TV/2024 buyrug‘i), Xorazm viloyati TTA Urganch filiali klinikasiga (15.05.2024 yil №10-I buyrug‘i), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (02.05.2024 yil №496-2-33-TV/2024-son buyrug‘i), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga (28.05.2024 yil №2948-2-41-TV/2024-son buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda PChUTni qo‘llash jarrohlik amaliyotini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda PChUTni qo‘llash jarrohlik amaliyotini kamaytirish orqali 1 nafar bemor uchun umumiy narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: surunkali rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni davolashda past chastotali ultratovushni mahalliy qo‘llash standart konservativ davo tavsiya qilingan bemorlar guruhiga nisbatan ishonarli darajadagi klinik-mikrobiologik natijalarga erishish imkonini berdi. Klinik simptomlar uchrash darajasining pasayishiga standart usulda davolangan bemor bolalarlar guruhiga nisbatan 1,3-1,4 baravar tezroq erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bolalarni past chastotali ultratovush kavitatsiyasi yordamida davolashning maqbul morfofunksional ketma-ketligi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: past chastotali ul`tratovush ta’siridan foydalanish antibaktirial terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon beradi: kompleks davolash guruhida antibiotiklar faqat 34% bemorlarda qo‘llanilgan, holbuki an’anaviy terapiya guruhida bu ko‘rsatkich 61% ni tashkil etgan. Bu esa antibiotiklarga chidamlilik rivojlanish xavfini kamaytiradi va nojo‘ya ta’sirlar sonini qisqartirgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliyot ma’lumotlari Navoiy viloyati Zarafshon shaxar tibbiyot birlashmasiga (15.05.2024 yil, №41 buyrug‘i), Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga (07.05.2024 yil №1186-2-208-TB/2024 buyrug‘i), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga (30.04.2024 yil №940-2-32-TV/2024 buyrug‘i), Xorazm viloyati TTA Urganch filiali klinikasiga (15.05.2024 yil №10-I buyrug‘i), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (02.05.2024 yil №496-2-33-TV/2024-son buyrug‘i), Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga (28.05.2024 yil №2948-2-41-TV/2024-son buyrug‘i) amaliyotga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda PChUTni qo‘llash kasallik klinik kechimiga ta’siri o‘rganildi va baholandi. Mazkur ko‘rsatkichlar asosida surunkali rinosinusitni davolashda PChUT va 1% dioksidinni qo‘llashning optimal sxemasi ishlab chiqildi va davo algoritmi tuzildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali rinosinusitni davolashda PChUT va 1% dioksidinni qo‘llashning eng maqbul sxemasi ishlab chiqilganligi davolash jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 2400000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi. Xulosa: tadqiqot natijasida surunkali rinosinusit bilan og‘rigan bolalarni past chastotali ultratovush yordamida davolash uchun optimal algoritm ishlab chiqildi.