Umarov Xasanali Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissetatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolalarda rigid yassi oyoqlikning xirurgik  davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3. PhD/Tib4967.
Ilmiy konsul`tant: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Andijonm davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzilla, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamroev Farxod Sharofovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika bolalar ortopediyasi markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rigid yassi oyoq kasalligi mavjud bolalarda tashxislash va jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish orqali davo natijalarini yaxshilashdan iborat.     
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
rigid yassi oyoq kasalligida oyoq panjasi gumbazining tekislanishi va boldir-oshiq bo‘g‘imi val`gus holatlari turg‘un ekanligi, boldir sohasidagi pronator mushaklardagi degenerativ o‘zgarishlar - oyoq panjasi sohasidagi og‘riq, toliqish kabi klinik belgilarning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsionalligi isbotlangan;
rigid yassi oyoq kasalligida MRT tekshiruvlari orqali boldirning pronator mushaklari degenerativ o‘zgarishlari darajasi xamda elektromiografik  impul`s o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari asosida pronator mushaklar spazmi, supinator mushaklar cho‘zilishi va tonus pasayishi aniqlash orqali davolash taktikasini tanlash imkoniyati asoslangan;
rigid yassi oyoq kasalligida kichik boldir muskuli uzun payini (m.peroneus longus) oyoq kafti ichki tomoniga ko‘chirish, boldir orqa muskul payini qisqartirish, qayiqsimon va ichki ponasimon  suyaklar  artrodezi orqali bajarilgan jarroxlik  amaliyoti oyoq panjasining anormal turg‘un pronator holatini mobil variantga  aylanishiga va oyoq panjasi gumbazining normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishiga hamda bemorlardagi mavjud klinik belgilarning yo‘qolishiga imkon yaratishi isbotlangan; 
oyoq panjasi va boldir sohasi mushaklaridagi patologik va funksional o‘zgarishlarni baholash uchun o‘tkazilgan GAIT tadqiqotlari natijalari asosida bemorlarda erning reaksiya kuchi vertikal komponentining 0,7dan 0,85gacha, old-orqa komponentining 0,19dan 0,23gacha, medial-lateral komponentining 0,04dan 0,025gacha o‘zgarganligi, ya’ni me’yoriy xolatga yaqinlashganligi aniqlangan va yurish aktining samarasi oshganligi  isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik  kengashning 2025 yilning  15 yanvardagi 8n-d/11-son yig‘ilishi bayonnomasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining  24.12.2024 yildagi  06 –6587 –son xati yuborilgan):
birinchi  ilmiy yangilik rigid yassi oyoq kasalligida oyoq panjasi gumbazining tekislanishi va oshiq osti bo‘g‘imi val`gus holatlari turg‘un ekanligi, boldir sohasidagi  pronator  mushaklardagi degenerativ o‘zgarishlar - oyoq panjasi sohasidagi og‘riq, toliqish kabi klinik belgilarning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsionalligi isbotlangan. Natijalar Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (6.12.2024 yil №103) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.12.2024 yil №210), travmatologiya va ortopediya bo‘limida amaliyotiga joriy qilingan.  Ijtimoiy samaradorligi: klinik va rentgenologik, MRT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida boldir sohasidagi pronator mushaklardagi degenerativ o‘zgarishlarning darajasi ortib borishi bilan, bemorlardagi klinik belgilar ortib borishini aniqlash davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, umumiy davolanish vaqtiniqisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: rigid yassi oyoq kasalligida diagnostikasi kopleks ravishda bo‘lishi va uning klinik, podometrik va rentgentekshiruvlarni MRT bilan to‘ldirish tavsiya etilishi, rentgenologik, podometrik va  MRT tekshiruvlarga ko‘ra, rigid yassi oyoq kasalligi bo‘lgan bemor bolalarda jarrohlik davolash usulini tanlash uchunishlab chiqilgan algoritm asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida qimmat implantlardan foydalanmaslin 1500000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: rigid yassi oyoq kasalligining xirurgik davolashning optimallashtirilgan usulini tanlash taktikasini qo‘llash, noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
ikkinchi  ilmiy yangilik: rigid yassi oyoq kasalligida MRT tekshiruvlari orqali boldirning pronator mushaklari degenerativ o‘zgarishlari darajasi xamda elektromiografik  impul`s o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari asosida pronator mushaklar spazmi, supinator mushaklar cho‘zilishi va tonus pasayishi aniqlash orqali davolash taktikasini tanlash imkoniyati asoslangan. Natijalar Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (6.12.2024 yil, №103) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.12.2024 yil №210), travmatologiya va ortopediya bo‘limida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish oyoq kafti gumbazini va funksianal xolatini me’yoriy ko‘rsatgichkacha tiklanishiga, erta reabilitatsiya boshlash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 20%gacha kamaytirishga imkon beradi; asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 88% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish bolalarda rigid yassi oyoq kasalligini tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorni shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, davlat tomonidan shifoxonaga beriladigan dori-darmon 7 kunlik (260000 so‘m) tejalishiga olib kelgan; -yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning keyinchalik qaytalanish sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: rigid yassi oyoq kasalligida MRT tekshiruvlari orqali boldirning pronator mushaklari degenerativ o‘zgarishlari darajasi xamda elektromiografik  impul`s o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari asosida pronator mushaklar spazmi, supinator mushaklar cho‘zilishi va tonus pasayishi aniqlash, davolash taktikasini tanlashga va reabilitatsiyani erta boshlashga imkon berdi.
 uchinchi ilmiy yangilik: rigid yassi oyoq kasalligida kichik boldir muskuli uzun payini (m.peroneus longus) oyoq kafti ichki tomoniga ko‘chirish, boldir orqa muskul payini qisqartirish, qayiqsimon va ichki ponasimon  suyaklar  artrodezi orqali bajarilgan jarroxlik  amaliyoti oyoq panjasining anormal turg‘un pronator holatini mobil variantga  aylanishiga va oyoq panjasi gumbazining normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishiga hamda bemorlardagi mavjud klinik belgilarning yo‘qolishiga imkon yaratishi isbotlangan. Natijalar Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (6.12.2024yil №103) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.12.2024yil №210), travmatologiya va ortopediya bo‘limida  amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi:  Olingan natijalar rigid yassi oyoq kasalligi bo‘lgan bolalarni sifatili  davolash samaradorligini oshirishga va turli implantlarga bo‘lgan talabni kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolasht sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun:- implant qo‘yish operatsiyasi bilan takldif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 7000000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: rigid yassi oyoq kasalligida kichik boldir muskuli uzun payini (m.peroneus longus) oyoq kafti ichki tomoniga ko‘chirish, boldir orqa muskul payini qisqartirish, qayiqsimon va ichki ponasimon  suyaklar  artrodezi orqali bajarilgan jarroxlik  amaliyoti oyoq panjasining anormal turg‘un pronator holatini mobil variantga  aylanishiga va oyoq panjasi gumbazining normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishiga hamda bemorlardagi mavjud klinik belgilarning yo‘q olishi 1 bemor uchun 2255000 so‘m iqtisodi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oyoq panjasi va boldir sohasi mushaklaridagi patologik va funksional o‘zgarishlarni baholash uchun o‘tkazilgan GAIT tadqiqotlari natijalari asosida bemorlarda erning reaksiya kuchi vertikal komponentining 0,7dan 0,85gacha, old-orqa komponentining 0,19dan 0,23gacha, medial-lateral komponentining 0,04dan 0,025gacha o‘zgarganligi, ya’ni me’yoriy xolatga yaqinlashganligi aniqlangan va yurish aktining samarasi oshganligi  isbotlangan. Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (6.12.2024yil №103) va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (17.12.2024yil №210), travmatologiya va ortopediya bo‘limida amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: GAIT tadqiqotlaridan rigid yassi oyoq bo‘lgan bemorlarning erning reaksiya kuchi vertikal komponentining 0,7dan 0,85gacha, old-orqa komponentining 0,19dan 0,23gacha, medial-lateral komponentining 0,04dan 0,025gacha o‘zgarganligi, yurish aktining samarasi oshganligi  isbotlangan 88% hollarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, statsionar davolanishning qisqa muddati va oyoq kafti va oshiq bo‘g‘imlarining funksional tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, davlat tomonidan shifoxonaga beriladigan dori-darmon va ovqatni 7 kunlik tegalishiga olib kelgan; yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning keyinchalik dinamik xolatda kuzatish imkonini beradi. Xulosa:  GAIT tadqiqot natijalari  rigid yassi oyoq kasalligining tavsiya qilinayotgan usulda davolash, samaradorligini baxolash imkonini berdi, reabilitatsiya kunlarini qisqartirish  va kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan. Ishlatiladigan dori-darmon 7 kunlik ( 260000 so‘m ) tejalishiga olib kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish