Raxmatova Sayyora Komiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chirchiq daryosi ixtiofaunasi yot (invaziv) turlarining biologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1172.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Atamuratova Muhayyo Shavkatovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq daryosi havzasiga tasodifan kelib qolgan va u erga moslashgan ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lmagan invaziv baliq turlarini aniqlash va ularning hozirgi davrdagi biologik xususiyatlariga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirchiq daryosining va unga tutash suv havzalari suvining sifat ko‘rsatkichlari unda yashaydigan turlar biologik talablariga mos kelishi asoslangan;
invaziv turlarning yangi sharoitga moslashish jarayonidagi morfologik ko‘rsatkichlari baholangan va ular orasidagi o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar tasniflangan;
ilk marta invaziv turlarning yangi yashash sharoitidagi plastik belgilari klassik va populyasiyadagi baliqlar tana tuzilishini aniqroq tasvirlay oladigan zamonaviy geometrik morfometriya usulida hamda ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lmagan baliq turlarining tana o‘lchamlari, yoshi, o‘sish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Ilk marta turlarning sanoat baliqchiligida foydalaniladigan allometrik o‘sish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Chirchiq daryosi sharoitidagi invaziv turlarning reproduktiv biologiyasi biologik ko‘rsatkichlari aniqlangan, barcha turlar o‘z tabiiy arealidagi suv havzalariga nisbatan bir yil oldin jinsiy voyaga etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chirchiq daryosi ixtiofaunasi yot (invaziv) turlarining biologik xususyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Hemiculter leucisculus turining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, ncbi.hlm.hih.gov 2025 yil 9 aprel). Natijada, BankIt2941993 Seq100 PV419720, BankIt2942015 Seq101 PV419721, BankIt2942018 Seq102 PV419722, BankIt2942021 Seq103 PV419723, BankIt2942025 Seq104 PV419724, BankIt2942027 Seq105 PV419725 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda ushbu turning filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Chirchiq daryosi havzasidan yig‘ilgan Cypriniformes turkumining Cyprinidae va Balitoridae oilalariga tegishli bo‘lgan 5 ta invaziv turning (Opsariichthys bidens – 15 ta, Triplophysa strauchi –7 ta, Pseudorasbora parva –10 ta, Hemiculter leucisculus –12 ta va Carassius gibelio – 10 ta) 52 ta nusxadagi namunalari O‘zR FA Zoologiya institutining Zoologiya kolleksiyasi fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 11 dekabrdagi 4/1255-2742-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiya namunalari Chirchiq daryosi havzasidagi invaziv baliqlarni tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli ekologik jarayonlarda qatnashishini o‘rganish imkonini bergan.