Nasimova Zaynab Hamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lilium L. turkumi turlarining bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B810.
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xislat Kudratovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turgunov Mirabdulla Dexkanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitida Lilium L. tur va navlarining bioekologik xususiyatlariga bog‘liq holda maqbul ko‘paytirish usullarini tanlash va introduksion baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Liliya navlarini piyozbosh qobiqlari orqali ko‘paytirishda eng maqbul o‘sish regulyatorlari va konsentratsiyalari aniqlanib, ularning o‘sishi va yashovchanligiga substrat turi, namligi va haroratining ta’siri aniqlangan;
er ustki piyozchalari (bulba) orqali ko‘paytirilgan liliya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va yashovchanligi bulbalar hajmiga to‘g‘ri proporsional ekanligi ilmiy asoslangan;
Liliya navlarining turli vegetatsiya muddatlari va gullash biologiyasi tuproq-iqlim sharoitlari hamda navlarning biologik xususiyatlariga bog‘liqligi ochib berilgan;
Samarqand viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos istiqbolli liliya tur va navlarining manzaralilik va xo‘jalik-biologik xususiyatlari kompleks holda baholanib, ularning tirik kolleksiyasi yaratilgan hamda ko‘paytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati sharoitida Liliya tur va navlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish hamda introduksion baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Liliya Nettyʼs Pride, Yellow Bruse, Lavon hamda Star Gazer navlarini piyozbosh qobiqlari orqali ko‘paytirishda foydalanilgan o‘sish regulyatorlarining (Sirkon, Maksim dachnik, Kornevin) turli konsentratsiyalari bilan ishlov berish hamda piyozbosh qobiqlari hosil bo‘lishi va yashovchanligini oshirishga oid tavsiyalar Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi va Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 03-03/3-7926-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Maksim dachnik” o‘sish regulyatorining 1,0 M eritmasi bilan ishlov berilganda piyozbosh qobiqlarining hosil bo‘lish ko‘rsatkichi nazoratga (suv) nisbatan 87,4% yuqori bo‘lishi va yashovchanligini saqlab qolish imkonini bergan;
Liliya navlarining turli substratlarda (vermikulit, sfagnum va to‘yintirilgan tuproq) ildiz olish va yashovchanlik ko‘rsatkichlari substrat harorati va nisbiy namligiga bog‘liqligi aks etgan tavsiyalar Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi va Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2024 yil 15 avgustdagi 03-03/3-7926-son ma’lumotnomasi). Natijada, Empoli, Honeymoon, Purple Prince navlarini ildiz olish va yashovchanlik ko‘rsatkichlari sfagnumli substratda o‘rtacha 1,8-2,6 martaga oshirish imkonini bergan;
L.candidium, Lavon, Montego Bay, Honeymoon, Mister Pistache, Empoli, Purple Prince, Blacklist, Red Power, Yellow Country, Nettyʼs Pride, Purple Dream, Yellow Bruse, Corsage, Pearl White, Orange Ton, Siberia, Star Gazer, Navona va Josephine kabi navlarning 10 turdagi manzaralilik xususiyatlari va 3 turdagi xo‘jalik-biologik ahamiyatini belgilaydigan ko‘rsatkichlari qiyosiy baholanib, ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 15 avgustdagi 03-03/3-7926-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlarni yopiq va ochiq maydonlar uchun tanlash, ko‘paytirish uchun material olish hamda liliya navlarining 0,05 gektar maydonda onalik plantatsiyasini tashkil etish imkonini bergan.