Oxundedaev Xojiakbar Maxamadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi teatrlashgan ommaviy bayram tomoshalarining ssenografiyasi”, 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/San232.
Ilmiy rahbar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna, tarix fanlari doktori, professor; Imanqulova Inobat Mahkamova, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi ommaviy bayramlar ssenografiyasinining genezisi, evolyusiyasi, spesifikasi, badiiy funksional jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqlolning ilk yillarida milliy g‘oya targ‘ibotida ommaviy bayramlardan asosiy vosita sifatida foydalanilishi ssenariyda tarixiy shaxslar siymosini gavdalantirish, an’anaviy maydon tomosha san’ati, xalq milliy o‘yinlari, askiya, qo‘g‘irchoqbozlik, dorboz o‘yinlari va xalq milliy kuy-qo‘shiqlaridan foydalanish, gul sayli, tut sayli, qovun sayli, “Mehrjon” bayramlariga xos udumlar va marosimlar uyg‘unligida tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
“Mustaqillik”, “Navro‘z” milliy bayramlarining ilk davrlar tomosha ssenariylarida umumrespublikada qabul qilingan harbiy, sport, bolalar, hududlar folklar jamoalarining chiqishlari va estrada bloklari ketma-ketligiga milliy o‘zlikni targ‘ib qilish, davlat qudratini namoyish etish maqsadida qat’iy amal qilinganligi, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” ommaviy sport bayramlarida bayroqdorlar jamoasining fon va maydon harakatlaridan keng foydalanilgan bo‘lsa, LCD ekranlar, rangli chiroqlar orqali viziul effektlarning dekoratsiyada qo‘llanilishi ssenograf imkoniyatlarining kengayishi, dekoratsiyalarda ortiqcha jamoalarga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan;
ilk davrlarda tarixiy siymolarning tavallud sanalarini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar ssenografiyasida ochiq osmon ostidagi sahnalarda ramziy ifoda vositalari, xalq og‘zaki ijodi namunalari syujetlaridan iborat dramaturgik echimdan ajdodlar xotirasini targ‘ib qilish maqsadida foydalanilgan bo‘lsa, sahnaning tomoshabin kontingenti bilan munosabat muhitida masofa tomoshani bevosita kuzatish imkonini bermaganligi keyinchalik bayramlarni yopiq binolarda o‘tkazishga ta’sir qilganligi aniqlangan;
so‘nggi yillarda tashkil etilgan “Atlas” bayrami, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro musiqa festivali, “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Gullar festivali” bayramlari ssenografiyasida mahalliy etnik-lokal merosning vodiyga xos milliy matosozlik, an’anaviy ijrochilik va milliy qo‘shiqchilik, kulolchilik, pichoqchilik kabi turlari tarixiy ildizlarini saqlashga, milliy ruhni aks ettiruvchi ommaviy teatrlashgan tomoshalarni sahnalashtirishda vizual effektlar, releflar hamda fomeks va orsiklo kabi engil konstruksiyalardan tashkil topgan shakllardan foydalanilishi “tarixiylik-etnografiya-epos muhiti” badiiy-sahnaviy tajribasining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi teatrlashgan ommaviy bayram tomoshalarning ssenografiyasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
istiqlolning ilk yillarida milliy g‘oya targ‘ibotida ommaviy bayramlardan asosiy vosita sifatida foydalanilishi ssenariyda tarixiy shaxslar siymosini gavdalantirish, an’anaviy maydon tomosha san’ati, xalq milliy o‘yinlari, askiya, qo‘g‘irchoqbozlik, dorboz o‘yinlari va xalq milliy kuy-qo‘shiqlaridan foydalanish, gul sayli, tut sayli, qovun sayli, “Mehrjon” bayramlariga xos udumlar va marosimlar uyg‘unligida tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi bayram tadbirlari, “Navro‘z” umumxalq bayrami asosiy tadbirlari ssenografiyasi va sahna bezaklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 14-avgustdagi 03-09/67-173-son ma’lumotnomasi). Natijalar, bayram tomoshalarini viloyat an’analar, urfd-odatlariga xos uslubda talqin etish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish imkonini yaratgan;
ilk davrlarda tarixiy siymolarning tavallud sanalarini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar ssenografiyasida ochiq osmon ostidagi sahnalarda ramziy ifoda vositalari, xalq og‘zaki ijodi namunalari syujetlaridan iborat dramaturgik echimdan ajdodlar xotirasini targ‘ib qilish maqsadida foydalanilgan bo‘lsa, sahnaning tomoshabin kontingenti bilan munosabat muhitida masofaning tomoshani bevosita kuzatish imkonini bermaganligi keyinchalik bayramlarni yopiq binolarda o‘tkazishga ta’sir qilganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-maydagi 02-31-664-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi Farg‘ona vodiysi ommaviy bayramlarning kelib chiqishi va evolyusiyasi, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ommaviy teatrlashgan bayramlarining ssenografiyasining ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotidagi rolini keng yoritish imkonini bergan;
“Mustaqillik”, “Navro‘z” milliy bayramlarining ilk davrlar tomosha ssenariylarida umumrespublikada qabul qilingan harbiy, sport, bolalar, hududlar folklar jamoalarining chiqishlari va estrada bloklari ketma-ketligiga milliy o‘zlikni targ‘ib qilish, davlat qudratini namoyish etish maqsadida qat’iy amal qilinganligi, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” ommaviy sport bayramlarida bayroqdorlar jamoasining fon va maydon harakatlaridan keng foydalanilgan bo‘lsa, LCD ekranlar, rangli chiroqlar orqali vizial effektlarning dekoratsiyada qo‘llanilishi ssenograf imkoniyatlarining kengayishi, dekoratsiyalarda ortiqcha jamoalarga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlardan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilgan “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayrami asosiy tadbirlari va sport tadbirlari ssenografiyasi va sahna bezaklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 14-avgustdagi 03-09/67-173-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi siyosiy, milliy va sport bayramlari ssenografiyasining shakllanishi bosqichlarini aniqlash asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan;
so‘nggi yillarda tashkil etilgan “Atlas” bayrami, “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro musiqa festivali, “Xalqaro hunarmandchilik festivali”, “Gullar festivali” bayramlari ssenografiyasida mahalliy etnik-lokal merosning vodiyga xos milliy matosozlik, an’anaviy ijrochilik va milliy qo‘shiqchilik, kulolchilik, pichoqchilik kabi turlari tarixiy ildizlarini saqlashga, milliy ruhni aks ettiruvchi ommaviy teatrlashgan tomoshalarni sahnalashtirishda vizual effektlar, releflar hamda fomeks va orsiklo kabi engil konstruksiyalardan tashkil topgan shakllardan foydalanilishi “tarixiylik-etnografiya-epos muhiti” badiiy-sahnaviy tajribasining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-maydagi 02-31-664-son ma’lumotnomasi). Natijalar ssenografiyada mahalliy etnik-lokal merosning vodiyga xos tarixiy ildizlarini saqlash, milliy ruhni aks ettiruvchi ommaviy teatrlashgan tomoshalarni sahnalashtirishda zamonaviy vositalar va materiallardan foydalanish imkoniyatlarini ochib bergan.