Ro‘zieva Gulsanam Sultonmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning siyosiy mexnizmlarini takomillashtirish”, 23.00.03-“Siyosiy madaniyat va mafkura”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD /Ss451
Ilmiy rahbar: Rajabov Habibulla Ibodullaevich, siyosiy fanlar doktori, (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/28.06.2024.Ss.178.01 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar:
Turgunova Nasiba Tuychievna, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Davidov Umidjon Xasan o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, zamonaviy mafkuraviy tahdidlarni aniqlash, ularga qarshi kurashishning siyosiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarni destruktiv g‘oyalarning ta’siridan himoya qilish va jamiyat barqarorligini saqlashda mafkuraviy tahdidlarning yashirin tarqalish xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan 
kognitiv-psixologik dasturlar (tanqidiy fikrlash, axborot savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish) orqali ijtimoiy ongdagi nosog‘lom siyosiy radikallashuvni erta tashxislash imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
yoshlar ongiga ta’sir qiluvchi mafkuraviy omillarga (psixologik, ijtimoiy, madaniy, raqamli-axborot, tengdoshlar hamda oilaviy muhit) ko‘ra turli yosh guruhlari uchun moslashtirilgan ichki ishlar organlari, ta’lim muassasalari, oila, mahalla va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan “Mafkuraviy tarbiya” texnologiyalari va monitoring mexanizmlarini (kuzatuv, tahlil) takomillashtirib borishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi zarurati isbotlangan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda manipulyasiya va ma’naviy o‘zlikni buzishga qaratilgan zamonaviy xavf-xatarlarni (destruktiv g‘oyalar, ekstremistik kontentlar, begona madaniyat unsurlarini singdirish, milliy qadriyatlarni emirish) tasniflash, aholi o‘rtasida axborot xurujiga qarshi ijtimoiy, psixologik va pedagogik yondashuvlarga asoslangan doimiy profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazib borishning samaradorlik mexanizmlari ochib berilgan;
jamoat xavfsizligi va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashda bilim va e’tiqodga asoslangan tizimli (zamonaviy media-texnologiyalar asosida bag‘rikenglikni targ‘ib etish va milliy an’analarni o‘rgatish) konsepsiyani yaratish hamda uning uzlyuksiz ta’lim tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida jamiyatning siyosiy-mafkuraviy immunitetni oshirib borish mexanizmlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish masalalari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
jamoat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarni destruktiv g‘oyalarning ta’siridan himoya qilish va jamiyat barqarorligini saqlashda mafkuraviy tahdidlarning yashirin tarqalish xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan 
kognitiv-psixologik dasturlar (tanqidiy fikrlash, axborot savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish) orqali ijtimoiy ongdagi nosog‘lom siyosiy radikallashuvni erta tashxislash imkoniyatlari ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 25-fevraldagi 10/151-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada yoshlarga qaratilgan mafkuraviy-ma’naviy targ‘ibot ishlarining ideologik aniqligi va konseptual izchilligi oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar ongiga ta’sir qiluvchi mafkuraviy omillarga (psixologik, ijtimoiy, madaniy, raqamli-axborot, tengdoshlar hamda oilaviy muhit) ko‘ra turli yosh guruhlari uchun moslashtirilgan ichki ishlar organlari, ta’lim muassasalari, oila, mahalla va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan “Mafkuraviy tarbiya” texnologiyalari va monitoring mexanizmlarini (kuzatuv, tahlil) takomillashtirib borishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi zarurati isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 3-fevraldagi 1-150-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ongida milliy identitet va ma’naviy immunitetni mustahkamlovchi siyosiy-madaniy muhit shakllanishiga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda manipulyasiya va ma’naviy o‘zlikni buzishga qaratilgan zamonaviy xavf-xatarlarni (destruktiv g‘oyalar, ekstremistik kontentlar, begona madaniyat unsurlarini singdirish, milliy qadriyatlarni emirish) tasniflash, aholi o‘rtasida axborot xurujiga qarshi ijtimoiy, psixologik va pedagogik yondashuvlarga asoslangan doimiy profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazib borishning samaradorlik mexanizmlari ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal liberal demokratik partiyasining 2025-yil 4-fevraldagi 
01-27/158-conli ma’lumotnomasi). Natijada, barqarorlikni mustahkamlovchi strategik kommunikatsiyalar tizimining joriy qilinishiga xizmat qilgan;
jamoat xavfsizligi va mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashda bilim va e’tiqodga asoslangan tizimli (zamonaviy media-texnologiyalar asosida bag‘rikenglikni targ‘ib etish va milliy an’analarni o‘rgatish) konsepsiyani yaratish hamda uning uzlyuksiz ta’lim tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida jamiyatning siyosiy-mafkuraviy immunitetni oshirib borish mexanizmlari asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yil 14-fevraldagi 3504/13-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jamoat xavfsizligini ta’minlashda mahalla tizimining ma’naviy-profilaktik salohiyatining oshirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish