To‘raxo‘jaeva Ra’no Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Davlat fukarolik xizmatchilarida norozi kayfiyatdagi fuqarolar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish” 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/S133
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mamlakatimizdagi davlat fuqarolik xizmatchilarining norozi kayfiyatdagi fuqarolar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
norozi kayfiyatdagi fuqarolar bilan ishlashda ularning individual va ijtimoiy kutilmalariga mutanosib tarzdagi jamoaviy yondashuvning afzalligiga yo‘naltirilgan ijtimoiy indikatorlar (jamoatchilik bahosi, ijtimoiy ta’sir, o‘zgarishlarga munosabat, murojaatlar tahlili, qanoat, shukronalik ko‘rsatgichlari) ishlab chiqilgan;
hududlardagi norozi kayfiyatdagi fuqarolarda ularning muammolarini hal etish bilan hamohang tarzda monitoringini yo‘lga qo‘yish odamlarda yangi ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik darajalarini mahallalarda onlayn platformalar orqali aniqlab borish zarurati sotsiologik asoslantirilgan;
fuqarolar orasida norozilik kayfiyatini oldini olishda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga yo‘naltirilgan fikrga ko‘ndirish texnologiyalarining ommaviy axborot vositalari orqali davlat fuqarolik xizmatchilarida o‘zlashtirilishi sotsiologik asoslantirilgan;
aholi orasida norozilik kayfiyatini oldini olishga yo‘naltirilgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tayyorlashda xalqni rozi qilish, inson qadri, sifat nazorati, ijtimoiy ta’sir etish, o‘zgarishlarni boshqarish kompetensiyalarini e’tiborga oluvchi baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat xizmatchilarida norozi kayfiyatdagi fuqarolar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
norozi kayfiyatdagi fuqarolar bilan ishlashda ularning individual va ijtimoiy kutilmalariga mutanosib tarzdagi jamoaviy yondashuvning afzalligiga yo‘naltirilgan ijtimoiy indikatorlar (jamoatchilik bahosi, ijtimoiy ta’sir, o‘zgarishlarga munosabat, murojaatlar tahlili, qanoat, shukronalik ko‘rsatgichlari) bo‘yicha ma’lumotlardan Toshkent shahar Shayhontohur tumani “Ko‘kcha darvoza” mahallasida, hududning ijtimoiy xaritasi va balansini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar hokimligi mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 07-1723-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar respublikamizning Andijon viloyati Paxtaobod tumani, Toshkent viloyati Zangiota tumani, Toshkent shahar Olmazor tumanlarida aholining ijtimoiy-ma’naviy himoyaga muhtoj qatlamlari va ularning oilalari bilan bevosita ishlash asosida mazkur innovatsion yondashuv ijtimoiy maqbul tajriba sifatida amaliyotga tatbiq etilgan. Aniqlangan muammolarni o‘rganish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan va Prezident administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan;
hududlardagi norozi kayfiyatdagi fuqarolarda ularning muammolarini hal etish bilan hamohang tarzda monitoringini yo‘lga qo‘yish odamlarda yangi ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik darajalarini mahallalarda onlayn platformalar orqali aniqlab borish zarurati sotsiologik asoslari bo‘yicha ma’lumotlari va tavsiyalaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida “Mahalla” media-markazi, online–mahalla.uz elektron platformani shakllantirish hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarini malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy markazini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarini malakasini oshirish hamda mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv uslubiy markazining 2024-yil 30-oktyabrdagi 01-03/9- sonli ma’lumotnomasi). Natijalar respublika miqyosidagi barcha hokim yordamchilari, respublika vakillari, tuman markazlari va tuman hokimliklari, hududiy boshqarma va viloyat hokimliklarining faoliyatini to‘liq raqamlashtirish imkonini beradi;
fuqarolar orasida norozilik kayfiyatini oldini olishda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga yo‘naltirilgan fikrga ko‘ndirish texnologiyalarining ommaviy axborot vositalari orqali o‘zlashtirilishi sotsiologik asoslantirilganligi bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilayotgan “Ikki yo‘l” ko‘rsatuvining senariysini ishlab chiqishda hamda ushbu ko‘rsatuv doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarini jamoatchlik fikrini o‘rganishi bo‘yicha maxsus rubrikalar tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2024-yil 7-noyabrdagi 14-01-198- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasining “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilayotgan barcha ijtimoiy siyosiy ko‘rsatuvlar senariylarini senzuradan o‘tkazish va ko‘rsatuvlar jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq ta’minlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan;
aholi orasida norozilik kayfiyatini oldini olishga yo‘naltirilgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tayyorlashda xalqni rozi qilish, inson qadri, sifat nazorati, ijtimoiy ta’sir etish, o‘zgarishlarni boshqarish kompetensiyalarini e’tiborga oluvchi baholash mezonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat fuqarolik xizmati agentligining 2022-yil 21-noyabrdagi 35-sonli buyrug‘iga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalarini aniqlashga qaratilgan metodlarni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat fuqarolik xizmati agentligining 2024-yil 31-oktyabrdagi IE57549597 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning amaliyotga joriy etilishi davlat xizmatchilarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga, shuningdek, jamoatchilik tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan ijobiy fikrlarning rivojlanishiga va davlat fuqarolik xizmati nufuzining oshishiga xizmat qilmoqda.