Dadaxanov Shavkat Shakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Ichki ishlar idoralari faoliyatida xalq manfaatlari tamoyilining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”.
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal968
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori, professor, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ilxom Yorievich Toirov
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyati qaror topishida Ichki ishlar idoralari faoliyatida xalq manfaatlari tamoyilini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- Xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida ichki ishlar idoralari faoliyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyati jamiyatdagi qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi praksiologik jihatdan asoslangan;
-Yangi O‘zbekiston sharoitida ichki ishlar idoralarini isloh qilishning ijtimoiy-falsafiy zarurati “xalqparvar davlat” tamoyilining ijtimoiy mazmunida ochib berilgan;
-Ichki ishlar tizimi faoliyatining xalqparvar davlat konsepsiyasi bilan uyg‘unligi aksiologik yondashuvlar asosida tizimning ichki qarama-qarshiliklari, amaliy faoliyatining samaradorlik darajasi va qadriyatga asoslangan yondashuvlar o‘rtasidagi bog‘liqligi asoslangan;
-Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha milliy strategiyalarning asosiy yo‘nalishlari xalqparvarlik prizmasida baholanib ijtimoiy adolat bilan muvofiqlashtirilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalq manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida ichki ishlar idoralari faoliyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyati jamiyatdagi qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligiga oid praksiologik jihatlariga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ichki ishlar organlariga ofiserlarni tayyorlashda bakalavriatning barcha ta’lim (60420600 - Ekspert-kriminalistika faoliyati, 60421000 - Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash, 60420700 - Jazoni ijro etish faoliyati, 60420800 - Tashkiliy-shtab faoliyati, 60421300 - Probatsiya faoliyati) yo‘nalishlarida o‘qitiladigan umumkasbiy fanlar blokidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi”, qo‘shimcha fanlar blokidagi “Vatanparvarlik tarbiyasi”, 60421000 - Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan ixtisoslik fanlar blokidagi “Ichki ishlar organlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash faoliyati” fanlarini o‘qitishda mazkur dissertatsiya ishi natijalari, xususan, chop elilgan maqola va tezislaridan kursantlarning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, professional tayyorgarligi hamda kasbiy madaniyatni oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 2024 yil 15-oktyabrdagi 38/3-264-son Ma’lumotnomasi). Natijada, Ichki ishlar xodimlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlarining dunyoqarashida jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarga nisbatan faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida ichki ishlar idoralarini isloh qilishning ijtimoiy-falsafiy zarurati hamda “xalqparvar davlat” tamoyilini mustahkamlashning ijtimoiy zaruratiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanib kelinmoqda. Fuqarolik jamiyati qaror topishida ijtimoiy yo‘naltirilgan xalq manfaatlari tamoyilini ta’minlashda Ichki ishlar xodimlarida yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlash orqali yangi xalqparvar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi transformatsiyalashuvida milliy va ommaviy aksiologik qadriyatlarning universal elementlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan. Ichki ishlar xodimining kasbiy madaniyati yuksak siyosiy kasbiy pozisiyasiga aylantirish huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish, ayniqsa yoshlar va ayollar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishda (didaktik, axloqiy, ijtimoiy- ma’naviy mezonlar) ilmiy bilish usullariga oid g‘oyalardan yoshlarning qonuniylik immunitetini mustahkamlashga doir targ‘ibot materiallari, ma’ruza, flaer va o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 14-oktyabrdagi 1-01-21-5355-son Ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikada Ishlar xizmati xodimlari bilan yoshlar orasida hamkorlik, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlshda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, qonunga itoatkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
Ichki ishlar idoralari faoliyatining xalqparvar davlat konsepsiyasi bilan uyg‘unligi aksiologik yondashuvlar asosida ichki qarama-qarshiliklari, amaliy faoliyatining samaradorlik darajasi va qadriyatga asoslangan yondashuvlar o‘rtasidagi bog‘liqligiga doir ilmiy yangiliklari asosida: “Ichki ishlar xodimining kasbiy madaniyati” kabi tushuncha, tamoyillarning ijtimoiy-falsafiyiy mohiyati, Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarini o‘z vazifasini qonun va Nizom doirasida sidqidildan bajarishi ijimoiy tartibot va fuqarolar xavfsizligi, barqaror taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi mezonlariga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Oydin hayot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda talabgor tadqiqotlarida aks etgan sodir bo‘layotgan transformatsion jarayonlarda Ichki ishlar xodimlari kasbiy faoliyatining bosh mezoni sifatida jamiyatimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlar sub’ektlari o‘rtasida “ob’ektiv-tolerantlik” hissini mustahkamlashning proksiologik va sinxron xususiyatlari, davlat boshqaruv tizimida Ichki ishlar xodimlarining kasbiy faoliyatlarini amalga oshirishlarida odillik, oshkoralik, tenglik, shaffoflik kabi adolatni belgilovchi ijtimoiy indikatorlar orqali fuqarolar orasida “ijtimoiy ishonch” va “ijtimoiy shcriklik” tushunchalari uyg‘unligi samaradorligini analilik tahlili natijalariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan ma’lumot sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 10-oktyabridagi 01-13-1102-son Ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar tafakkurida huquqiy savodxonlik oshishi, qonunlarga xurmat tamoyilining bugungi kunda O‘zbekiston ichki ishlar xizmatining muhim me’yoriy ijtimoiy qadriyat ekanligini asoslash, kasbiy faoliyatlarini yangicha yondashuvlar asosida umumiy savodxonlik va ijtimoiy intizomini oshirishga xizmat qilgan;
Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha milliy strategiyamizning asosiy yo‘nalishlari xalqparvarlik prizmasida baholanib, ijtimoiy adolat mezonlari bilan muvofiqlashtirilganligi oid ilmiy yangiliklaridan Ichki ishlar xodimining kasbiy madaniyati yuksak siyosiy kasbiy pozisiyasiga aylantirish huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish, ayniqsa yoshlar va ayollar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishda (didaktik, axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mezonlar) ilmiy bilish usullariga oid g‘oyalardan yoshlarning qonuniylik immunitetini mustahkamlashga doir targ‘ibot materiallari, ma’ruza va o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 14-oktyabrdagi 1-01-21-5355-son Ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikada Ichki ishlar idoralari xodimlari bilan aholi, ayniqsa yoshlar orasida hamkorlikka ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda qonunga itoatkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishishda hamda maxsus kasbiy ko‘nikmalarni egallash orqali jamiyatni yanada taraqqiy etishiga xizmat qilgan.