Komilova Muyassar Mavjudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga differensial yondashuv asosida harbiy lisey o‘quvchilarining ruscha nutqini rivojlantirish” mavzusidagi
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8677.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Lagay Elena Aleksandrovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga differensial yondashuv asosida harbiy lisey o‘quvchilarining rus tili nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni interaktiv hamkorlikdagi o‘quvchilarning tashabbusi harbiy xizmatning muqaddas burchligi va har bir fuqaro o‘z mamlakati uchun mas’ulligiga ko‘ra “Harbiy xizmat nima uchun muqaddas burch?” va “Vatan himoyasi – faxrmi yoki majburiyat?” kabi ahloqiy dilemmalar asosida maqsadli trening, geymifikasiya (o‘yinga asoslangan ta’lim), kvestlar va rolli o‘yinlar (role-play)ni modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
rus tilini o‘qitishda o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi yozma va og‘zaki nutqni bilishining tegishli darajasi muvofiqligi asosida o‘quvchilarning yurt tinchligi va taraqqiyotiga hissa qo‘shish nuqtai nazaridan dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantiruvchi debat klublar va “Mening Vatanim-mening g‘ururim” ko‘ngillilik (volontyorlik) harakatlarida faol ishtirokiga ko‘ra takomillashtirilgan;
harbiy lisey o‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning algoritmik modeli vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni bosqichma-bosqich shakllantirishga ta’sir etuvchi “Axborot soati” va “Tarix+Tarbiya binar darslar”ni hissiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishga asoslangan texnologiyalar bilan vatanparvarlikka oid mavzularni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida harbiy lisey o‘quvchisining vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish samaradorligini burchni anglash, jamoa ichidagi mas’uliyat, intizomlilik, fidokorlik va tashabbuskorlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarga ko‘ra quyi (sifatning zaif namoyon bo‘lishi), o‘rta (mo‘tadil namoyon bo‘lishi), yuqori (barqaror va ijobiy namoyon bo‘lishi) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga differensial yondashuv asosida harbiy lisey o‘quvchilarining ruscha nutqini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilar joriy qilindi:
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni interaktiv hamkorlikdagi o‘quvchilarning tashabbusi harbiy xizmatning muqaddas burchligi va har bir fuqaro o‘z mamlakati uchun mas’ulligiga ko‘ra “Harbiy xizmat nima uchun muqaddas burch?” va “Vatan himoyasi – faxrmi yoki majburiyat?” kabi ahloqiy dilemmalar asosida maqsadli trening, geymifikasiya (o‘yinga asoslangan ta’lim), kvestlar va rolli o‘yinlar (role-play)ni modellashtirish orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan harbiy akademik lisey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Rus tili” fani o‘quv dasturi mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yilning 16-iyulidagi №6498/0-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmuni interaktiv hamkorlikdagi ahloqiy dilemmalar asosida takomillashtirilgan;
rus tilini o‘qitishda o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi yozma va og‘zaki nutqni bilishining tegishli darajasi muvofiqligi asosida o‘quvchilarning yurt tinchligi va taraqqiyotiga hissa qo‘shish nuqtai nazaridan dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantiruvchi debat klublar va “Mening Vatanim-mening g‘ururim” ko‘ngillilik (volontyorlik) harakatlarida faol ishtirokiga ko‘ra takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Russkiy yazik” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 491609-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, rus tilini o‘qitishda o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning ko‘ngillilik (volontyorlik) harakatlarida faol ishtirokiga ko‘ra takomillashtirilgan;
harbiy lisey o‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning algoritmik modeli vatanga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni bosqichma-bosqich shakllantirishga ta’sir etuvchi “Axborot soati” va “Tarix+Tarbiya binar darslar”ni hissiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishga asoslangan texnologiyalar bilan vatanparvarlikka oid mavzularni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik yondashuvlari harbiy akademik liseylar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2025-yilning 16-iyulidagi №6498/0-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy lisey o‘quvchilarida vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning algoritmik modeli “Axborot soati” va “Tarix+Tarbiya binar darslar” bilan vatanparvarlikka oid mavzularni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida harbiy lisey o‘quvchilarining vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi, ularda o‘z burchini anglash, jamoa ichidagi mas’uliyat, intizomlilik, fidokorlik va tashabbuskorlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarning qo‘yi, o‘rta va yuqori darajalarini aniqlovchi diagnostik ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirishga oid takliflardan “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” ma’rifiy va badiiy radioeshittirishlar senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-iyundagi 0236-988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy lisey o‘quvchilarining vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi, ma’naviy-axloqiy fazilatlarning diagnostik ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan.