Yusupov A’lo Anvarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalash mashinalari kolosniklarini sharik (drob) oqimli ishlov berish jarayonida mexanik mustahkamlash orqali ish unumdorligini oshirish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T2665
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Mansurbek Rahimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti”dan texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ro‘zimurod Xasanovich, Renessans ta’lim universitetidan texnika fanlari doktori, dotsent Ibragimov Farxod Xayrulloevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqot maqsadi mikrosharchalar bilan ishlov berish jarayonida dinamik sirt qattiqligi oshirish hisobiga tola ajratuvchi mashinalar kolosniklarini ishlash qobiliyatini oshirish va ishchi yuzasi sifatini texnologik ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik amaliyotida birinchi marta temir-uglerodli qotishmalarning tarkibiy qismlarining qattiqlashish qobiliyatini asoslashga tayangan holda, cho'yan detallarni mexanik sirt qattiqligini oshirish usuli ishlab chiqilgan.
materiallarning Meer bo‘yicha dinamik qattiqligi va Brinellyu bo‘yicha esa statik qattiqligining o‘zaro aloqasini hisobga oladigan mikrosharchalar bilan ishlov berishdagi qattiqlashish chuqurligini aniqlash uchun analitik bog'liqlik ishlab chiqilgan;
kam plastikli kulrang cho‘yanni mikrosharchalar bilan zarba berish orqali dinamik mustahkamlashda hosil bo‘ladigan kuchlanish holatini hisoblash modeli ishlab chiqildi;
mustahkamlangan jin va linter kolosniklarining chiziqli eyilishi mustahkamlanmaganlarga nisbatan mos ravishda 1,7 va 2,2 baravar kam bo‘lgan, bu esa kolosniklar orasidagi tirqishlarning ruxsat etilgan chegarasidan ancha kichikligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Jin va linterlar uchun kolosniklarga mikrosharchalar bilan zarbali ishlov berish bo‘yicha tadqiqot ishini bajarishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ishchi yuzasi qattiqlashtirilgan cho‘yan kolosniklar “Real Agro Cotton” UK ningToshkent viloyati Yuqorichirchiq filialining jin-linter sexida tadbiq etilgan (“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024-yil 21-maydagi 03/25-1078 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tola ajratuvchi mashinalarning yuza qatlamiga mikrosharchalar bilan ishlov berilgan cho‘yan kolosniklarning chidamliligi oshganligi hisobiga jin va linterlarda foydalanish ishonchliligi mos ravishda 1,7 va 2,2 baravarga oshirilgan va plastiklik xususiyati past bo‘lgan konstruksion materialni mexanik qattiqlashtirish imkoni isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish