Umarova Nodiraxon Isamatovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Formirovanie internet-terminov v sovremennom arabskom yazike”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil.1218
         Ilmiy rahbar: Mirziyatov Shuxrat Mirgiyasovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Xayrulla Xudoyorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimova Sarvinoz Sayfullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  hozirgi zamon arab tilida Internetga oid terminlarning shakllanish jarayonini hamda termin yasalishining mahsuldor yo‘llarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arab terminolik tizimi rivojlanishning beshta asosiy bosqichlari – islomgacha mumtoz; o‘rta asrlar; evropa tillari ta’sirida kech o‘rta asrlar; arablashtirish va modernizatsiya; eng yangi raqamli davrlari belgilangan;
internet terminlarning eng samarali so‘z yasalishining usullaridan af’ala, maf’ul, taf’il, mif’al, mif’alah modellari asosida morfemik-o‘zak usuli (~40%) shuningdek, asl arab lug‘atini qayta tiklash – al-tawlīd (~20%) kabi semantik transformatsiya usuli aniqlangan;
xorijiy internet terminlarini o‘zlashtirish va moslashtirish orqali internet terminologiyasini boyitish usullari – o‘zlashmalarni kal`kalash (~20%) va transliteratsiya qilish (~10%) asoslab berilgan;
virtual muloqot shakllaridan hamda internet terminologiyasini boyitish usullaridan biri bo‘lgan (~10%), lotin harflari, arab fonetik tovushlari va raqamlarning gibrid qorishmasidan iborat Arabizi metatili ilmiy jixatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi arab tilida internet terminlarining shakllanishini o‘rganish quyidagilarga imkon berdi:
arab tili terminologiyasini to‘ldirish yo‘li sifatida xorijiy tillardan o‘zlashmalar muammosini tahlil qilish jarayonida olingan ilmiy va amaliy natijalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati” ilmiy-amaliy loyihasi doirasida foydalanildi (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 6-dekabrdagi 01-04-01/2731-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zlashtirilgan terminlarni tushuntirish va ularni arablashtirish yo‘li bilan moslashtirish bo‘yicha olingan materiallar arab tilini chuqur o‘rganishga, talabalarda arab terminlarini tarjima qilish bo‘yicha muayyan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
xalqaro axborot almashinuvi tizimining kengayishi munosabati bilan maxsus terminlarni, xususan, internet nomlarini o‘rganishga doir tadqiqotning ilmiy natijalari va ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalidagi «Ta’lim va taraqqiyot», «Jahon adabiyoti», «O‘zbekiston yoshlari» radiodasturlarini samarali tashkil etishda, ularning ssenariylarini tuzishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-apreldagi 05-09-493-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan;
arab terminologik tizimining rivojlanishiga oid nazariy materiallardan “Lingvistika (arab tili)” mutaxassisligi uchun “Mutaxassislikning nazariy masalalari (arab tili)” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanildi (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 5-iyundagi 01-04-02/1554-son ma’lumotnomasi). Natijada Internet terminologiyasiga oid materiallar arab tilidagi terminologiyaning nazariy asoslarini kengaytirib, magistrantlarning bu boradagi bilimlarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish