Nasriddinova Nasiba Alimjonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya  nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2876
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Mavlonova Klaraxon Mahmudovna, prof.v.b., pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent,, 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qish tezligi bo‘yicha 1-sinfda – 30–40, 2-sinfda – 60–70, 3-sinfda – 90–100, 4-sinfda – 110–120 so‘z/daqiqa me’yoriylik darajalari orasidagi izchillikda amalga oshirilish zarurati ilmiy amaliy va nazariy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini shakllantirish modeli o‘quvchilarda nutqiy ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 1-2-sinflarda “Gaplar labirinti”, “Morfologik kvest”, 3-4-sinflarda “Imlo xaritasi”, “Nutq kartalari” kabi tuzilmaviy interaktiv tarqatmalarning 3+2+1didaktik maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini shakllantirish metodikasi 1-sinfda nutq tovushlari, bo‘g‘in, so‘z va jumlalar, 2-sinfda bo‘g‘in, so‘z, jumla va bog‘lanishli gaplar, 3-sinfda so‘z, jumla, gap va kichik matnlar, 4-sinfda kichik matn, ertak va hikoyalarni ierarxik tarzda moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirish samaradorligini baholash 1-sinfda nutqiy tovushlar, 2-sinfda urg‘uli so‘zlar, 3-sinfda tizimli jumlalar, 4-sinfda qadriyatli bog‘langan gaplar kabi darajalar hamda kognitiv mezonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qish tezligi bo‘yicha 1-sinfda – 30–40, 2-sinfda – 60–70, 3-sinfda – 90–100, 4-sinfda – 110–120 so‘z/daqiqa me’yoriylik darajalari orasidagi izchillikda amalga oshirilish zarurati ilmiy-amaliy va nazariy jihatdan aniqlashga qaratilgan takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari PIRLS, TIMSS, Egra va Egma” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 
2-dekabrdagi 218-09-raqamli guvohnomasi). Mazkur takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning yosh xususiyatiga bog‘liq, o‘qish savodxonligini me’yoriylik darajalari orasidagi izchillikda amalga oshirilish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qiladi;
boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini shakllantirish modeli o‘quvchilarda nutqiy ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 1-2-sinflarda “Gaplar labirinti”, “Morfologik kvest”, 3-4-sinflarda “Imlo xaritasi”, “Nutq kartalari” kabi tuzilmaviy interaktiv tarqatmalarning 3+2+1didaktik maqsadlarga mos uyg‘unlashtirishga qaratilgan takliflar “Xalqaro baholash tadqiqotlari PIRLS, TIMSS, Egra va Egma” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 2-dekabrdagi 218-09-raqamli guvohnomasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 5-noyabrdagi 04/1-3142-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga nutq texnikasi va nutq ravonligini didaktik maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini shakllantirish metodikasi 1-sinfda nutq tovushlari, bo‘g‘in, so‘z va jumlalar, 2-sinfda bo‘g‘in, so‘z, jumla va bog‘lanishli gaplar, 3-sinfda so‘z, jumla, gap va kichik matnlar, 4-sinfda kichik matn, ertak va hikoyalarni ierarxik tarzda moslashtirishga qaratilgan takliflar “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida shakllantirish metodikasi” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 88-21-raqamli guvohnomasi). Mazkur takliflar o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali nutq savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini shakllantirish samaradorligini baholash 1-sinfda nutqiy tovushlar, 2-sinfda urg‘uli so‘zlar, 3-sinfda tizimli jumlalar, 4-sinfda qadriyatli bog‘langan gaplar kabi darajalar hamda kognitiv mezonlar asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar  “Xalqaro baholash tadqiqotlari PIRLS, TIMSS, Egra va Egma” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universiteti rektorining 2024-yil 2-dekabrdagi 218-09-raqamli guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini sinflar kesimida kognitiv mezonlar asosida samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish