Xudoyberganov Azizbek Ro‘zbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘ruv a’zosi jarohatlari profilaktikasini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2437.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Djumagulov Oljobay Djumakadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi); Buzrukov Batir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “ELC” ko‘z kasalxonasi (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘z olmasini teshib o‘tmagan jarohatlarning sabablari va klinik xususiyatlarini o‘rganish asosida tibbiy-profilaktika yordami darajasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘ruv a’zosi jarohatlarining orasida ko‘z olmasining jarohatlari teshib o‘tmagan va teshib o‘tgan bo‘lishi, sabablariga ko‘ra maishiy turmush, sanoat-ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va transportda uchrashi, eng ko‘p uchragani shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohat natijasida kuzatiladigan patologik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohatning birlamchi profilaktikasida himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish ko‘rsatkichi va ularning jarohatdagi o‘rni, ko‘zoynak oynasining terlashi, tirnalishi, xiralanishining ko‘rish o‘tkirligi va maydoniga ta’siri, ish samaradorligining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
shox pardani teshib o‘tmagan jarohatning ikkilamchi profilaktikasida ko‘z biomikroskopiyasi va optik kogerent tomografiya usullarining natija ko‘rsatkichlari qiyosiy taqqoslangan, jarohatlarni tashxislashdagi sezuvchanligi va o‘ziga hosligi oldingi segment optik kogerent tomografiya usulini yuqori samaradorligini isbotlagan;
shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohatning uchlamchi profilaktikasida magnitoterapiya usulining an’anaviy davolashga qo‘shilishi shox pardadagi yaralarning epitelizatsiya vaqtini qisqartirishi, yallig‘lanishning tez bartaraf etilishi tufayli ko‘rish o‘tkirligining yaxshilanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘ruv a’zosi jarohatlarini oldini olish va shox pardani yot jism bilan mexanik shikastlanishi mavjud bemorlarni tashxislash hamda davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/26-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ko‘ruv a’zosi jarohatlarining orasida ko‘z olmasining jarohatlari teshib o‘tmagan va teshib o‘tgan bo‘lishi, sabablariga ko‘ra maishiy turmush, sanoat-ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va transportda uchrashi, eng ko‘p uchragani shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohat natijasida kuzatiladigan patologik o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Shox pardaning postravmatik eroziyasini davolash va pofilaktika algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/33-son, 30.03.2024 y.) va «Ko‘zning oldingi qismi jarohatlarini tashxislash va monitoring qilishda optik kogerent tomografiyaning roli» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/34-son, 30.03.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №31-U, 01.04.2024 y.) va Xorazm filiali (buyruq №69-I, 01.06.2024 y.) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shox pardani teshib o‘tmagan jarohatlarni oldini olishga mul`tiqirrali yondashuv bemorlar sonini kamaytirish va vaqtinchalik ishga layoqatsizlik muddati davomiyligini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bu mul`tiqirrali yondashuv davlatga shox pardani yot jism bilan jarohatli bemorlarni tashxislash hamda davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va kelajakda nogironlik holatlarini oldini olish imkonini bergan. Davolash va bemorni kuzatish xarajatlari o‘rtacha 1768400 so‘m tashkil qilgan. Bemorlarni kompleks davolash usulini joriy etish xarajatlarni 26-30% ga kamaytirishi mumkin. Xulosa: shox pardani yot jism bilan jaroxatlarida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi tibbiy profilaktika yordami darajasini takomillashtiruvchi mul`tiqirrali yondashuv jarohatlarning oldini olib, tashxislash va davolashda ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatib, ko‘zning klinik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilab, asoratlarni oldini olish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohatning birlamchi profilaktikasida himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish ko‘rsatkichi va ularning jarohatdagi o‘rni, ko‘zoynak oynasining terlashi, tirnalishi, xiralanishining ko‘rish o‘tkirligi va maydoniga ta’siri, ish samaradorligining pasayishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Shox pardaning postravmatik eroziyasini davolash va pofilaktika algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/33-son, 30.03.2024 y.) va «Ko‘zning oldingi qismi jarohatlarini tashxislash va monitoring qilishda optik kogerent tomografiyaning roli» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/34-son, 30.03.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №31-U, 01.04.2024 y.) va Xorazm filiali (buyruq №69-I, 01.06.2024 y.) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘zni himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasi bo‘lgan polikarbonat linzali ochiq tipdagi himoya ko‘zoynakdan foydalanish ko‘rish qobiliyati va hayot sifatini pasayishiga olib keladigan shox pardani yot jism bilan mexanik shikastlanishlarini oldini olishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘zni himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasi bo‘lgan polikarbonat linzali ochiq tipdagi himoya ko‘zoynakdan foydalanish asosida shox pardani yot jism bilan mexanik shikastlanishlari yuzaga kelmagan va tibbiyot muassasalarida ushbu kasallikni tashxislash, davolash va nazorat qilish xarajatlari bo‘lmagan. Shox pardani yot jism bilan mexanik shikastlanishlarini bir martalik to‘liq tashxislash xarajatlari bir nafar bemorga o‘rtacha 253300 so‘mni tashkil qilgan. Davolash va bemorni kuzatish xarajatlari 773400 so‘m. Ko‘zni himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasi bo‘lgan polikarbonat linzali ochiq tipdagi himoya ko‘zoynakdan foydalanish bu xarajatlarni to‘liq yo‘qotishi mumkin bo‘lgan. Xulosa: shox pardani yot jism bilan mexanik shikastlanishini oldini olishda ko‘zni himoya qiluvchi shaxsiy himoya vositasi bo‘lgan polikarbonat linzali ochiq tipdagi himoya ko‘zoynakdan foydalanish samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatganki, himoya ko‘zoynaklardan foydalanish ko‘ruv a’zosi shikastlanishlarini birlamchi profilaktikasi mezonlaridan biri hisoblangan.
uchinchi ilmiy yangilik: shox pardani teshib o‘tmagan jarohatning ikkilamchi profilaktikasida ko‘z biomikroskopiyasi va optik kogerent tomografiya usullarining natija ko‘rsatkichlari qiyosiy taqqoslangan, jarohatlarni tashxislashdagi sezuvchanligi va o‘ziga hosligi oldingi segment optik kogerent tomografiya usulini yuqori samaradorligini isbotlagan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Shox pardaning postravmatik eroziyasini davolash va pofilaktika algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/33-son, 30.03.2024 y.) va «Ko‘zning oldingi qismi jarohatlarini tashxislash va monitoring qilishda optik kogerent tomografiyaning roli» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/34-son, 30.03.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №31-U, 01.04.2024 y.) va Xorazm filiali (buyruq №69-I, 01.06.2024 y.) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: oldingi segment optik kogerent tomografiyadan shox pardani yot jism bilan shikastlanishlarini tashxislashda foydalanish kasallikni erta bosqichlarida aniq va tezkor aniqlashni, shuningdek, o‘z vaqtida kerakli davo choralarini ko‘rish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘ruv a’zosi jarohatlari ikkilamchi profilaktikasida oldingi segment optik kogerent tomografiya usulini qo‘llash shox pardaning mexanik shikastlanishlarini tashxislash tizimini takomillashtirish imkonini bergan, bu tashxislash tizimi davlatga shox parda yot jismi bilan bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni va nogironlik holatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: shox pardani yot jism bilan shikastlanishlarini tashxislashda oldingi segment optik kogerent tomografiya usulidan foydalanish shuni ko‘rsatganki, usul yot jismning mavjudligi, joylashuvi hamda o‘lchamlarini aniqlashtirish, real vaqtda yondosh to‘qimalarning holatini baholash imkonini berib, sezuvchanligi – 98,2% ni, spesifikligi – 99,0% ni tashkil qilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shox pardani teshib o‘tmagan yot jismli jarohatning uchlamchi profilaktikasida magnitoterapiya usulining an’anaviy davolashga qo‘shilishi shox pardadagi yaralarning epitelizatsiya vaqtini qisqartirishi, yallig‘lanishning tez bartaraf etilishi tufayli ko‘rish o‘tkirligining yaxshilanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar «Shox pardaning postravmatik eroziyasini davolash va pofilaktika algoritmi» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/33-son, 30.03.2024 y.) va «Ko‘zning oldingi qismi jarohatlarini tashxislash va monitoring qilishda optik kogerent tomografiyaning roli» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan tasdiqlandi, 03n-r/34-son, 30.03.2024 y.) nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (buyruq №31-U, 01.04.2024 y.) va Xorazm filiali (buyruq №69-I, 01.06.2024 y.) amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: jarohatdan keyingi keratit va shox parda yarasini samarali davolash bemorlarda kelib chiqadigan asoratlar miqdorini kamaytirish va vaqtinchalik ishga layoqatsizlik muddati davomiyligini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bu kompleks davolash davlatga jarohatdan keyingi keratit va shox parda yarasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va kelajakda nogironlik holatlarini oldini olish imkonini bergan. Davolash va bemorni kuzatish xarajatlari o‘rtacha 1768400 so‘m tashkil qilgan. Bemorlarni kompleks davolash usulini joriy etish bu xarajatlarni 26-30% ga kamaytirishi mumkin bo‘lgan. Xulosa: shox pardaning jarohatdan keyingi kasalliklari uchlamchi profilaktikasida an’anaviy konservativ davolashga qo‘shimcha past chastotali magnit maydoni bilan magnitoterapiyadan foydalanish ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatib, ko‘zning klinik va funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilab, asoratlarni oldini olish imkonini bergan.