Muratov Mirtoxir Mirxalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olein kislota va alkanolaminlar asosida olingan SFMlarning kolloid-kimyoviy hamda demulgirlash xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K948.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Buxorov Shuxrat Bo‘rievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: olein kislota va alkanolaminlar asosida olingan SFMlarning kolloid-kimyoviy hamda deemulgirlash xossalari aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KU-2-8 katalizatori miqdori va reaksiya haroratini kondensatsiya reaksiyasi selektivligiga ta’siri aniqlanib, 0,15 % katalizator miqdorida va reaksiya harorati 403–423 K da konversiya 97,3% ni minimal darajada ko‘shimcha efirlarni hosil bo‘lishi, 1710 sm-1 sohalardagi karbonil cho‘qqilarining yo‘qolishi, hamda 1650, 3300 va 1750 sm-1 dagi amid va efir cho‘qqilari kuzatilishi bilan isbotlangan;
qutbli guruhni vodorod bilan gidratatsiyasi va pH ga bog‘liq ionlanishi natijasida Griffin usuli orqali hisoblangan qiymatlarga nisbatan haqiqiy GLB ko‘rsatkichi 17–78 % ga ortishi, sintez qilingan sirt faol moddalarning emulgirlash xossalarini oldindan boshqarish va maqbullashtirish uchun tadqiqot sinovlaridan foydalanish zarurligi isbotlangan;
0,1 % konsentratsiyali (NK-1) dietanolamin asosidagi sintez qilingan sirt faol modda maksimal emulsiya barqarorligini (138 daqiqa) ta’minlaydi, konsentratsiyani 0,15 % gacha oshirish esa ajratish vaqtining statistik jihatdan sezilarli o‘sishiga (<1 %) olib kelmaydi, bu esa fazalararo chegara qatlamining to‘yinganligini va samarali qo‘llash uchun chegaraviy konsentratsiyani belgilash zarurligi asoslangan;
Shimoliy O‘rtabo‘loq og‘ir neft emulsiyalarida MK-1 ning deemulgirlash samaradorligi 75 °C da 100 g/t da 83 % dan 200 g/t da 89 % gacha oshadi, shu sharoitda esa NK-1 namunasida deemulgirlash samaradorligi 95 % ga etadi, bu emulsiyaning qovushqoqligini kamayishi va tomchilarning Braun harakatini tezlashishi, shuningdek, neft–suv chegarasida molekulalarning adsorbsiyasining kuchayishi hisobiga suv tomchilarining koalessensiyasini tezlashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olein kislotasi va alkanolaminlar asosidagi sirt faol moddalarni sintez qilish, ularning demulgirlash va tuzsizlantirish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olein kislota va alkanolaminlar asosida SFMlar sintez qilish usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2030-2040 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 6 maydagi 01-02/25a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MK-1 deemulgatoridan 150 g/t foydalanilganda qoldiq suv miqdorini minimal 0.15% gacha kamaytiradi hamda NK-1 deemulgatorlari suvsizlantirish darajasi 30 daqiqa davomida 95 % yuqori natijani beradi;
sintez qilingan SFM larni neftlarni tezsizlantirish jarayonlarida qo‘llash usuli «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2030-2040 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2024 yil 2 iyuldagi 02-03-01/168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, MK-1 asosidagi deemulgatorlardan foydalanganda qoldiq tuz miqdorini 88 mg/dm3 gacha kamaytiradi hamda NK-1 deemulgatoridan 150 g/t qo‘llanilganda tuzsizlantirish darjasini 91 % ga etesh imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish