Najimov Jumabay Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Shexjeli diabaz-porfirit elanmasidan foydalanib portlandsement tarkiblarini ishlab chiqish va uni beton namunalarida qo‘llash» 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15–“Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.4.PhD/T4323 Ilmiy rahbar Usmanov Xikmatula Lutpullaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Nimchik Aleksey Grigorevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rahimov Shavkat Turdimurotovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Daruazatau ohaktoshi, Shexjeli diabaz-porfirit elanmasini (DPE) gilli komponenti sifatida, OKMK shlakini temir tarkibli komponent sifatida hamda DPEni klinkerga mineral qo‘shimcha sifatida qo‘llagan holda portlandsement klinkeri tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish, shuningdek, qurilish-texnik xossalarini aniqlagan holda beton namunalarida qullash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabaz-porfirit elanmasini gilli komponent sifatida, OKMK tashqolini temir tarkibli komponent sifatida qo‘llash imkoniyati asoslab berildi hamda turli to‘yinganlik koeffisienti va silikat moduliga ega klinker tarkiblari ishlab chiqildi.
ishlab chiqilgan klinker tarkibidan olingan portlandsementning fizik-kimyoviy va fizik-mexanik ko‘rsatkichlari aniqlangan, shuningdek uning gidratsiya va qotish jarayonlari o‘rganilgan;
portlandsementga mineral qo‘shimcha sifatida diabaz-porfirit elanmalaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rsatgan;
turli miqdorda diabaz-porfirit elanmasi qo‘shilgan portlandsementining fizik-mexanik xususiyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan sement asosida beton namunalarining zichligi, mustahkamligi, g‘ovakligi, suvni singdirishi, suv o‘tkazmasligi va sovuqqa chidamliligi aniqlangan va ularning GOST talablariga muvofiqligi ko‘rsatilgan;
sement toshi va beton namunalarining fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari kiritilgan mineral qo‘shimchaning miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shexjeli koni diabaz-porfirit elanmasidan foydalanib portlandsement tarkiblarini ishlab chiqish va uni beton namunalarida qo‘llash bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib:
Shexjeli diabaz-porfirit elanmasidan gilli komponent sifatida foydalanib portlandsement ishlab chiqish «CONCRETE BUILD» MChJ ning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan istiqbol ishlanmalar rejasiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jayligi vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi №01-07/01-3302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sementning mustaxkamligi 41,2 MPa darajani ko‘satib, sinflanishi bo‘yicha SEM I 32.5 to‘g‘ri kelgan portlandsement olish imkonini bergan;
Shexjeli diabaz-porfirit elanmasidan 20-30% li mineral qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan sementlar asosida beton mahsulotlari ishlab chiqish «ShIMBAY BETON» MChJ ning 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan istiqbol ishlanmalar rejasiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jayligi vazirligining 2024 yil 30 oktyabrdagi №01-07/01-3302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan sementdan B30 sinfiga to‘g‘ri keladigan beton mahsulotlari olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish