Elmurodov Nuriddin Sayitmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suzish basseynlarida suvni geliotermik qizdirish tizimini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/T4701
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori professor; Toyirov Zuvur, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh hovuzi va issiqlik nasosli qurilmalar asosida suzish basseynlarining suvini qizdirish tizimini ishlab chiqish va issiqlik-energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba suzish basseynlari suvini isitish uchun quyosh hovuzi va issiqlik nasosini kombinatsiyalashtirish asosida quyosh nurlanish energiyasi, quyosh hovuzi va issiqlik nasosi kondensatorining issiqlik tashlamalaridan bir vaqtda foydalanish imkonini beradigan suzish basseynining suvini geliotermik qizdirish tizimi ishlab chiqilgan (FAP №2504);
suv sirtiga tushadigan quyosh nurlanish energiyasini akkumulyasiyalovchi va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi hamda yassi quyosh reflektorlari bilan takomillashtirilgan past potensialli quyosh hovuzi qurilmasi ishlab chiqilgan;
quyosh hovuzi harorat rejimining quyosh radiatsiyasi, atrof-muhit harorati, eritma konsentratsiyasi va hovuzning konstruksiyasi hamda geometrik o‘lchamlariga bog‘liqligini hisoblash imkonini beradigan quyosh hovuzi issiqlik balansi tenglamalari asosida matematik modeli ishlab chiqilgan;
suzish basseyni suvini isitish uchun zarur energiya iste’moli va issiqlik yo‘qotishlarini hisobga olib qizdirish tizimining energiya balansi tenglamalari asosida, basseyn suvining kombinatsiyalashgan qizdirish tizimidan chiquvchi haroratining suv sarfi o‘zgarishiga bog‘liqligini aniqlash imkonini beradigan emperik bog‘liqliklar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suzish basseynlarida suvni geliotermik qizdirish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suzish basseyni kompleksining isitish tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (№ FAP №2504; 2023 yil). Natijada, suzish basseyni suvini isitish uchun quyosh energiyasini quyosh hovuzi qurilmasida akkumulyasiya qilish asosida ishlaydigan kombinatsiyalashgan quyosh hovuzi-issiqlik nasosli isitish tizimi ishlab chiqilgan;
basseyn suvini, quyosh energiyasi asosida isiydigan kombinatsiyalashgan quyosh hovuzli-issiqlik nasosli qizdirish tizimi Qarshi shahridagi suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli suzish basseyniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 18 noyabrdagi № 06/12108 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suzish basseynini quyosh hovuzi-issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan qurilma yordamida isitish natijasida, elektr isitish tizimli suzish bassseynlariga nisbatan yillik 103174 mln so‘m (114638 kVt*soat elektr energiyasi), tabiiy gaz qozonli isitish tizimga nisbatan 36624 mln so‘m (20347 m3 tabiiy gaz) iqtisodiy samaradorlikka hamda atmosferaga 37,6 tonna karbonat angidrid gazi chiqishining oldini olishga erishilgan.