Shoabduraximova Manzura Mirzoxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Selen va marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniydagi avtotebranishlar”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM771.
Ilmiy rahbar: Zikrillaev Nurulla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Azamatov Zakirjan Toxirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: 
Selen yoki marganes kirishma atomlari bilan legirlab, kompensatsiyalangan kremniyda avtotebranish jarayonlarini kompleks tadqiq qilish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
selen kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyda harorat T=1100÷1250°C va diffuziya vaqti t=5÷20 soat, marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyda harorat T=950÷1200°C va diffuziya vaqti t=0,5÷1 soat oralig‘ida bo‘lganda, boshlang‘ich monokristall kremniyning kristall panjarasida selen yoki marganes kirishma atomlarining nanoklasterlarini shakllanishining ikki bosqichli takrorlanuvchi diffuzion  texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
selen yoki marganes kirishma atomlari bilan legirlab, kompensatsiyalangan kremniyda avtotebranishning vujudga kelish shartlari (elektr maydon kuchlanganligi, harorat, yoritilinganlik)ni boshqarib, uch xil tabiatdagi turg‘un va takrorlanuvchi parametrli avtotebranishlar bitta namunada kuzatilgan hamda avtotebranishlarning vujudga kelishini termodinamik shartlari va  harorat bo‘yicha chegara sohasi Si<B, Se> namunalari uchun T=77÷300 K, Si<B, Mn> namunalari uchun T=77÷350 K oraliqda bo‘lishi aniqlangan;
ilk marotaba selen kirishma atomlari diffuziya usuli bilan legirlangan kremniy namunalarida T=77÷300 K harorat oralig‘ida tok avtotebranishining chastotasi f=5·10-3÷105 Gs oralig‘ida, amplitudasi J=10-4÷2·10-1 A oralig‘ida, marganes kirishma atomlari diffuziya qilingan kremniy namunalarda T=77÷350 K harorat oralig‘ida avtotebranishning chastotasi f=10-3÷5·105 Gs va amplitudasi 
J=3·10-5÷2,5·10-1 A oralig‘ida bo‘lishi hamda magnit maydoni 25 kEr gacha o‘zgarishida avtotebranishining chastotasi f=102÷3,5∙103 Gs oralig‘ida, amplitudasi J=10-4÷6·10-5 A oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan;
selen yoki marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyda kuzatilgan tok avtotebranishlarining fizik mexanizmini tushuntirishda, bir jinsli bo‘lmagan yarimo‘tkazgichning modeli taklif etilgan va olingan tajriba natijalarining fizik mohiyatlari ushbu model asosida tushuntirilgan;
olingan tajriba natijalarining tahlilidan aniqlangan, kompensatsiyalangan kremniyda kuzatilgan tok avtotebranishlarining parametrlari (amplituda, chastota)ni T=77÷300 K harorat oralig‘ida chiziqli o‘zgarishi asosida fizik kattaliklarni o‘lchaydigan amplituda-chastotali chiqishga ega datchiklarni hamda elektromagnit to‘lqinli qattiq jism generatorlarini yaratish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Selen yoki marganes kirishma atomlari bilan legirlab, kompensatsiyalangan kremniyda avtotebranish jarayonlarini tadqiq qilish asosida: 
selen yoki marganes kirishma atomlarini gaz holatidan diffuziya qilishda, kremniy sirt holatini eroziyasiz olishda yaratilgan texnologiya “FOTON” AJ da foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi “Uzeltexsanoat” Assotsatsiyasining 2024-yil 1-apreldagi №-04-3/340 raqamli hamda “FOTON” AJ ni 2024-yil 27-martdagi 68-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalardan foydalanish kerakli va turg‘un elektrofizik ishchi parametrli diodlar va tranzistorlarni olish imkonini bergan;
selen yoki marganes kirishma atomlari bilan kompensatsiyalangan kremniy namunalarida kuzatilgan tokning avtotebranishlarini o‘rganishda olingan ilmiy natijalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida, OT-F2-77 raqamli “Ichki nuqsonlar strukturasini modellashtirish asosida yarimo‘tkazgich asboblarning ishonchligini bashorat qilish usulini takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-avgustdagi 4/14-4/4-13473-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida amplituda-chastotali chiqish signalli datchiklarni hamda keng chastota f=10-3÷105 Gs oralig‘ida ishlovchi qattiq jism generatorlarni yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish