Lastochkin Pavel Dmitrievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Zamonaviy tarash mashinalarida piltaning chiziqiy zichligi notekisligini modellashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3714 
Ilmiy rahbar: Meliboev Umarjon Xaydarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqilgan tarash jarayonlari modellaridan foydalanib, pilta va ipning notekisligini va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy tarash mashinasida tarash jarayonlarini dinamik modellash asosida tolali materiallar harakatining sxemasi ishlab chiqilgan va tolali mahsulotni tekislash jarayonining soddalashtirilgan modeli olingan; 
ilk marotaba zamonaviy tarash mashinasida tolali massani piltaga aylantirishning dinamik modeli qurilgan; 
tarash mashinasining kirish va chiqish qismidagi tolali mahsulotning chiziqli zichligining garmonik tebranishlari amplitudalarining nisbati bilan tavsiflangan to‘lqin uzunliklarining diapazoni aniqlangan; 
tarash mashina barabanlarining aylanish tezliklarini maqbul parametrlarining mos ratsional qiymatlari regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy tarash mashinalarida piltaning chiziqiy zichligi notekisligini modellashtirish natijalari asosida:
 tarash mashinasining WEBFEED qabul qiluvchi valikli tizimining rasional texnologik parametrlari aniqlandi va “FT Textile Group” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 14 maydagi № 03/25-1017 sonli ma’lumotnomasi). Natijada aniqlangan  parametrlarni tarash mashinasida qo‘llash orqali tarash piltasining chiziqiy zichligidagi notekisligi kamayishiga erishilgan, bu esa pnevmomexanik ip yigirish mashinasida shu tarash piltasidan yigirilgan 19,7 teks ip sifatining oshishi hisobiga uning bozor narxini 1 kg uchun 32 385 so‘mdan 33 020 so‘mgacha oshirihga erishildi. Natijada bitta pnevmomexanik yigirish mashinasida uzilishlarni kamayishi va unumdorlik normasini oshishi evaziga iqtisodiy samardorlik 87455 so‘mni, yillik iqtisodiy samaradorlik esa 599,3 million so‘mni tashkil etdgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish