Boltaev Dilshod Mexridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Echkilar bovikolyozining tarqalishi, davolash va oldini olish chora tadbirlari”, 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V112
Ilmiy rahbar: Pulotov Faxridin Sayfidinovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Aktam Gafurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Uroqov Kamoliddin Xudayberdievich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi echkilar bovikolyozining tarqalishini o‘rganish, davolash va oldini olish chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlarining echkichilik xo‘jaliklarida tekshirilgan jami 3496 bosh echkilar orasida bovokolyoz kasalligi o‘rtacha 54,4 % tarqalganligi aniqlangan;
bovikolyoz qo‘zg‘atuvchisi Bovicola caprae echkilarda barcha mavsumlarda, ya’ni mavsumiy dinamika bo‘yicha  bahorda o‘rtacha - 95,0%, yozda - 20,2%, kuzda -  32,3% va qishda - 70,4% darajada uchrashi aniqlangan;
bovikolyoz bilan kasallangan echkilarning qoni tahlil qilinganida me’yoriga nisbatan gemoglobinning - 9,3%, eritrotsitlarning - 21,2 foizgacha kamayib ketishi, eozinofillarning - 12,5%, neytrofilning - 25,0 foizgacha oshishi aniqlangan;
echkilarning bovikolyoziga nisbatan Alfa-shakti preparatining 0,03 foizli suvli emulsiyasi va 0,3 foizli kukunli shakli hamda Cypra preparatining 0,025 foizli suvli emulsiyasi va 0,05 foizli kukunli shakllari 100% terapevtik samara berishi aniqlangan;
echkilar bovikolyoziga qarshi o‘tkazilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlar natijasida har bir bosh sog‘in echkining sut mahsuldorligi o‘rtacha 8,1 foizga ko‘payishi va sarf qilingan bir so‘m xarajatga 9,6 so‘m iqtisodiy samara keltirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Echkilar bovikolyozining tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida: 
“Alpha-shakti preparatining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi” (2022 y.) va “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekto- va endoparazitlariga qarshi Cypra EC preparatini qo‘llash” (2025 y.) bo‘yicha uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsiy va fermer xo‘jaliklaridagi echkilarning bovikolyoz kasalligiga tezkor va to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgan hamda ularga qarshi kurashishda tejamkor va yuqori samarali davolash usullari bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalar berilgan;
Samarqand viloyatining Nurobod, Navoiy viloyatining Nurota hamda Andijon viloyatining Oltinko‘l va Andijon tumanlarining chorvachilik fermer xo‘jaliklaridagi echkilarda bovikolyoz kasallik qo‘zg‘atuvchisi Bovicola caprae ga qarshi yangi zamonaviy ekologik xavfsiz bo‘lgan Alpha-shakti  (10% k.e.) ning 0,03 % va Cypra EC 20 % preparatining 0,025 % konsentrat emulsiyalari sinovdan o‘tkazilgan va amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 2-iyundagi 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Natijada echkilarni bovikolyoz kasalligidan davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan; 
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining “Andijon naslli echkilari” fermer xo‘jaligida sog‘in echkilarning bovikolyoz kasalligiga qarshi cypermethrin preparatining 0,015 foizli suvli emulsiyasi yordamida dezinseksiya ishlari joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘in echkilar sut mahsuldorligining o‘rtacha 8,1 foizga ko‘payishiga erishilgan va  sarf qilingan bir so‘m xarajatga 9,6 so‘m iqtisodiy samara olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish