Xolbozorov Quvonchbek Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Iqtisodchilar uchun matematika” fanini o‘qitishda matematik tizimlardan foydalanish metodikasi (“GeoGebra” dasturi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3906
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Alisher Samandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gaffarov Feruz Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Sodiqov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:
Oliy ta’lim muassalarida “Iqtisodchilar uchun matematika” fanini o‘qitishni innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishning metodik ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Iqtisodchilar uchun matematika” fanini “GeoGebra” dasturi yordamida o‘qitish mazmuni matematikaga oid mantiqiy, algoritmik va iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, intellektual faoliyatning turli bosqichlariga mos tayyorgarlik darajalarini rivojlantirish, shuningdek, kompyuterli matematik tizimlar va zamonaviy didaktik o‘quv vositalarini innovatsion faoliyatga integratsiyalash orqali o‘qitish jarayonini mukammal rejalashtirib, amaliy va nazariy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda aniqlashtirishgan.
matematika o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchilarning sonli-tahliliy fikrlashi, mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyati va real iqtisodiy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mustaqil izlanish olib borish, iqtisodiy holatlarni tahlil qilish va prognozlashtirish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlardan foydalanish, shuningdek, frontal va jamoaviy o‘qitish uslublari asosida tashkil etilgan va amaliy loyihalar bilan boyitilgan ta’lim muhitini yaratish orqali  takomillashtirilgan. 
“GeoGebra” dasturi asosida tashkil etilgan “Iqtisodchilar uchun matematika” fanining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi zamonaviy kompyuterli matematik tizimlar, didaktik vositalar va o‘qitish texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, differensial va algebraik tenglamalar hamda chiziqli va nochiziqli dasturlash masalalarini vizual va interaktiv usullar orqali o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, o‘quv mazmunining maqsadli, metodik, mazmunli va diagnostik komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik ta’minoti talabalarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan transdyuserli (ya’ni axborotni turli shakllarda – matnli, grafik, ovozli va boshqalarda – qabul qilish va uzatish imkonini beruvchi), kombinatorli (tuzilmaviy va saralash imkoniyatlariga ega), hamda grafikli (matnli, ramkali, animatsiyali) metodlardan foydalanishga asoslangan mazmun va shakllari yangi texnologiyalar orqali takomillashtirilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Iqtisodchilar uchun matematika” fanini matematik tizimlardan foydalanib o’qitish bo’yicha ilmiy natijalari:
“Iqtisodchilar uchun matematika” fanini “GeoGebra” dasturi yordamida o‘qitish mazmuni matematikaga oid mantiqiy, algoritmik va iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, intellektual faoliyatning turli bosqichlariga mos tayyorgarlik darajalarini rivojlantirish, shuningdek, kompyuterli matematik tizimlar va zamonaviy didaktik o‘quv vositalarini innovatsion faoliyatga integratsiyalash orqali o‘qitish jarayonini mukammal rejalashtirib, amaliy va nazariy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan barcha iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlari uchun “Iqtisodchilar uchun matematika (I modul, Chiziqli algebra asoslari va uning iqtisodiyotga tatbiqlari)” darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-351 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim talabalarning “Iqtisodchilar uchun matematika” faniga bo’lgan qiziqishlari va o’quv faolligi hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion ko’rinishlarda tashkil qilish samaradorligi oshgan;
matematika o‘qitish jarayonida bo‘lajak iqtisodchilarning sonli-tahliliy fikrlashi, mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyati va real iqtisodiy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mustaqil izlanish olib borish, iqtisodiy holatlarni tahlil qilish va prognozlashtirish kabi kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlardan foydalanish, shuningdek, frontal va jamoaviy o‘qitish uslublari asosida tashkil etilgan va amaliy loyihalar bilan boyitilgan ta’lim muhitini yaratish orqali  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan barcha iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlari uchun “Iqtisodchilar uchun matematika (II modul, Matematik tahlil va uning iqtisodiyotga tatbiqlari)” darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son buyrug‘i, 500-352 raqamli guvohnoma). Natijada matematik analiz, algebra va sonlar nazariyasi, analitik geometriya, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, moliya matematikasi kabi fanlarni o’qitish jarayonida interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik ta’minoti talabalarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan transdyuserli (ya’ni axborotni turli shakllarda – matnli, grafik, ovozli va boshqalarda – qabul qilish va uzatish imkonini beruvchi), kombinatorli (tuzilmaviy va saralash imkoniyatlariga ega), hamda grafikli (matnli, ramkali, animatsiyali) metodlardan foydalanishga asoslangan mazmun va shakllari yangi texnologiyalar orqali takomillashtirishga oid taklif, tavsiyalaridan va tadbiq etish (OTMlar misolida) mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 24-oktyabrdagi 04/11-6928-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “GeoGebra” dasturi asosida tashkil etilgan “Iqtisodchilar uchun matematika” fanining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi zamonaviy kompyuterli matematik tizimlar, didaktik vositalar va o‘qitish texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, differensial va algebraik tenglamalar hamda chiziqli va nochiziqli dasturlash masalalarini vizual va interaktiv usullar orqali o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, o‘quv mazmunining maqsadli, metodik, mazmunli va diagnostik komponentlariga ustuvorlik berish asosida ta’lim muhiti rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish