Raxmatov Otabek Odil o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xavfsizligiga ijtimoiy konfliktlarning ta’siri” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1076
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; 
  Rasmiy opponentlar: Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
  Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi     universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi dunyo tartibi shakllanayotgan hozirgi sharoitda ijtimoiy konflikt fenomenini nazariy tahlil qilish va jamiyat barqarorligini oshirish maqsadida nizolarni hal qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv sharoitida jamiyat barqarorligi va taraqqyotiga salbiy taʻsir ko‘rsatuvchi iqtisodiy bo‘xronlar, siyosiy modernizatsiyalashuv, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi va raqamlashtirish fonida ijtimoiy konfliktlarning yangi shakllari (infokonfliktlar, raqamli tengsizlik, kiber-konfliktlar, virtual konfliktlar) yuzaga kelishi ehtimolligi oshishi ilmiy asoslangan;
jamiyatdagi ijtimoiy konfliktlar va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik munosabatlari aniqlangan va konfliktlarning davlat xavfsizligiga, davlat institutlari va jamoat tuzilmalariga bevosita yaʼni, ijtimoiy konfliktlar zo‘ravonlikka, namoyishlarga, tartibsizliklarga, bilvosita esa iqtisodiy pasayish, investisiyalar kamayishi, ishsizlik oshishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ochib berilgan; 
empirik tahlil orqali ijtimoiy o‘zgarishlar, iqtisodiy modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq o‘tish davrini boshdan kechirayotgan ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatlarda ijtimoiy konfliktlar milliy identitlik uchun kurash, resurslar va hokimyatga intilishlarda  etnik guruh bozlik, irqiy yoki diniy jihatdan kamsitilayotganlik bahonasida imtiyozlarni qo‘lga kiritish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
ijtimoiy konfliktlarning shakllanish omillari va rivojlanish ichki dinamikasi, jamiyat boshqaruvida ijtimoiy hushyorlik va ogohlik tamoyillarini yuksaltirish zarurati, shuningdek konfliktogen holatlarni yuzaga keltiruvchi korrupsiya, migratsiya, ishsizlik, shovinizm kabi illatlarni bartaraf etish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi dunyo tartibi shakllanayotgan hozirgi sharoitda ijtimoiy konflikt fenomenini nazariy tahlil qilish asosida:
globallashuv sharoitida jamiyat barqarorligi va taraqqyotiga salbiy taʻsir ko‘rsatuvchi iqtisodiy bo‘xronlar, siyosiy modernizatsiyalashuv, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi va raqamlashtirish fonida ijtimoiy konfliktlarning yangi shakllari (infokonfliktlar, raqamli tengsizlik, kiber-konfliktlar, virtual konfliktlar) yuzaga kelishi ehtimolligi oshishi ilmiy asoslangan xulosa va amaliy tavsiyalardan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining 2022-2023 yillardagi targ'ibot faoliyatida foydalanildi (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 29-apreldagi №01/11-576 ma'lumotnomasi). Olingan natijalar tinglovchlarning konfliktologiya bo'yicha bilimlarini kengaytirdi va aholi o'rtasidagi nizolarning oldini olishish imkonini yaratdi.
jamiyatdagi ijtimoiy konfliktlar va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik munosabatlari aniqlangan va konfliktlarning davlat xavfsizligiga, davlat institutlari va jamoat tuzilmalariga bevosita yaʼni, ijtimoiy konfliktlar zo‘ravonlikka, namoyishlarga, tartibsizliklarga, bilvosita esa iqtisodiy pasayish, investisiyalar kamayishi, ishsizlik oshishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga oid ilmiy xulosalardan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanildi (Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 11-maydagi №3-16-21-2111 ma'lumotnomasi). Olingan natijalar va mazkur tavsiyalar shaxsning ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishda mas'uliyatini oshirish, uyushmagan yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, oila va nikoh haqidagi tushunchalarni shakllantirish, shuningdek, ma'naviy va axloqiy bilimlarni shakllantirish orqali tashkilot dasturining mazmunini boyitish, aholida huquqbuzarliklar, jinoyatchilik va korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
empirik tahlil orqali ijtimoiy o‘zgarishlar, iqtisodiy modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonlari bilan bog‘liq o‘tish davrini boshdan kechirayotgan ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatlarda ijtimoiy konfliktlar milliy identitlik uchun kurash, resurslar va hokimyatga intilishlarda  etnik guruh bozlik, irqiy yoki diniy jihatdan kamsitilayotganlik bahonasida imtiyozlarni qo‘lga kiritish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi ochib berilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024 yil 12 iyundagi 04-13/552-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimizda shaxslar, guruhlar, millatlar, dinlar o‘rtasida konsensusning rivojlanishiga xizmat qildi;
ijtimoiy konfliktlarning shakllanish omillari va rivojlanish ichki dinamikasi, jamiyat boshqaruvida ijtimoiy hushyorlik va ogohlik tamoyillarini yuksaltirish zarurati, shuningdek konfliktogen holatlarni yuzaga keltiruvchi korrupsiya, migratsiya, ishsizlik, shovinizm kabi illatlarni bartaraf etish lozimligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zLiDeP partiyasining 2025-yil 28-yanvardagi №01-27/48 ma’lumotnomasi). Olingan natijalar va tavsiyalar, shaxsiy javobgarlikni oshirish, ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishda, fuqarolarda sog‘lom turmush tarzi, oila va nikoh to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish, shuningdek, ma’naviy va axloqiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan, bu esa tashkilotning dastur mazmunini boyitishga, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish