Burxanov Alisher Xadjimuradovichning
fan doktori (DSc) ilmiy darajasi himoyasi haqidagi e`lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt420.
Ilmiy maslahatchi: Xushmotov Norkul Sa’dullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi sub`ektlar o‘rtasida shakllanadigan, ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan foydalanish, daromadni shakllantirish hamda uning taqsimlanishi bilan bog‘liq iqtisodiy manfaatlar va mulkiy munosabatlarga asoslangan hamda bozor tamoyillari, davlat tartibga soluvchi mexanizmlari ta’sirida rivojlanuvchi iqtisodiy aloqalar tizimi jihatidan takomillashtirilgan;  
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er maydonini ijaraga oluvchi ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab er maydonidan kamida uch yil davomida, yuridik shaxslarga davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan er maydonlarini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazish holatida kamida besh yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi shartini kiritish taklifi asoslangan;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institusional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy tuzilma faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirishning institusional muhitini takomillashtirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirishda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisini tashkil etish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning loyiha-jarayon yondashuvini amalga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish, qishloq xo‘jaligi yalpi qo‘shilgan qiymatining mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda sohaning salmog‘i dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi sub`ektlar o‘rtasida shakllanadigan, ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan foydalanish, daromadni shakllantirish hamda uning taqsimlanishi bilan bog‘liq iqtisodiy manfaatlar va mulkiy munosabatlarga asoslangan hamda bozor tamoyillari, davlat tartibga soluvchi mexanizmlari ta’sirida rivojlanuvchi iqtisodiy aloqalar tizimli jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy manfaatlar va mulkiy munosabatlarga asoslangan hamda bozor tamoyillari, davlat tartibga soluvchi mexanizmlari ta’sirida rivojlanuvchi iqtisodiy aloqalar tizimi jihatidan takomillashtirilgan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlar tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er maydonini ijaraga oluvchi ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab er maydonidan kamida uch yil davomida, yuridik shaxslarga davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan er maydonlarini qayta ijaraga oluvchiga o‘tkazish holatida kamida besh yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi shartini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-15-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 6-son, 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 709-son qarori bilan tasdiqlangan “Er uchastkasiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-145-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish imkoni yaratilgan;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institusional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy tuzilma faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirishning institusional muhitini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 yanvardagi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-145-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi sohasini institusional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sohadagi global, mintaqaviy va hududiy muammolarning hamda agroklasterlar faoliyatining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirishda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisini tashkil etish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishning loyiha-jarayon yondashuvini amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 iyundagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-227-son qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-145-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish, qishloq xo‘jaligi yalpi qo‘shilgan qiymatining mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda sohaning salmog‘i dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-145-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoqqa investisiyalarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ajratilayotgan subsidiyalarning ko‘lamini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish