Kadirova Umida Ergashevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida xalqchil IPO jarayonini amalga oshirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3754
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Almardonov Muxammadi Ibragimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.I.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida xalqchil IPO jarayonini amalga oshirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqchil IPOda o‘tkazilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining ommaviy takliflarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari uchun depo hisob varaqlarni va buyurtma berishni onlayn masofadan turib amalga oshirish tartibini joriy qilish taklifi asoslangan;
davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalarini xalqchil IPO jarayonini amalga oshirishda institusional investorlar uchun sotib olinadigan aksiyalar bo‘yicha 0,05 foiz cheklovlarni belgilamaslik taklifi ishlab chiqilgan;
davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarining ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirishni amalga oshirishda anderrayter, investisiya vositachilari va boshqa konsultantlar tomonidan aksiyalarning dastlabki narx chegaralarini chegirmaviy pul oqimlari usuli yordamida aniqlash taklifi asoslangan;
davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining investisiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro kapital oqimini rag‘batlantirish maqsadida xorijiy investorlar uchun masofadan turib ro‘yxatdan o‘tish va investision hisobvaraq ochish tartibini soddalashtirish mexanizmlarini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ulushidagi aksiyadorlik jamiyatlarida xalqchil IPO jarayonini amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqchil IPOda o‘tkazilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining ommaviy takliflarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari uchun depo hisob varaqlarni va buyurtma berishni onlayn masofadan turib amalga oshirish tartibini joriy qilish taklifi 2025-yil 12-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1028-son Qonunning 1-moddasi 5-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-maydagi №3/dn-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar ishtirokini ortishiga, hamda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirishga va savdo hajmini ortishiga olib kelgan;
davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarini aksiyalarini xalqchil IPO jarayonini amalga oshirishda institusional investorlar uchun sotib olinadigan aksiyalar bo‘yicha 0,05 foiz cheklovlarni belgilamaslik taklifi 2024-yil 14-fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘RQ-907-son Qonunning 32-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-maydagi №3/dn-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdoda institusional investorlarning salmog‘i oshishiga, hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish zaruriyatiga imkoniyat yaratgan holda qimmatli qog‘ozlar infratuzilmasining rivojlanishiga turtki bo‘lgan;
davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarining ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirishni amalga oshirishda anderrayter, investisiya vositachilari va boshqa konsultantlar tomonidan aksiyalarning dastlabki narx chegaralarini chegirmaviy pul oqimlari usuli yordamida aniqlash taklifi 2024-yil 14-fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘RQ-907-son Qonunning 21-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-maydagi №3/dn-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi aksiyalar paketining hajmi ortishiga, hamda aksiyalarni savdoga chiqarish muddatini belgilash va aksiyaning nominal va baho qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan narx chegaralarini belgilash imkoniyatini bergan;
davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining investisiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro kapital oqimini rag‘batlantirish maqsadida xorijiy investorlar uchun masofadan turib ro‘yxatdan o‘tish va investision hisobvaraq ochish tartibini soddalashtirish mexanizmlarini joriy etish taklifi 2025-yil 7-fevraldagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-1025-son Qonunning 23-moddasi 3-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-maydagi №3/dn-95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy sarmoyadorlarning bozorga kirishi qimmatli qog‘ozlar bozori likvidligining oshishga, savdo hajmining kengayishiga, narxlar shakllanishining yanada shaffoflashishiga, hamda brokerlik xizmatlari, elektron savdo platformalari va hisob-kitob tizimlari yanada rivojlanishiga sabab bo‘lgan.