Umarkulova Gulbaxor Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipertireoid xolatda buyrak usti bezlarining morfologik ko‘rsatkichlari va bunda zaytun moyi xamda selen qo‘llanilishi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3717.
Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Sayyora Muxammadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xuja Axmad Yassaviy nomidagi qozoq turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertireoid holat sharoitida kalamushlar buyrak usti bezlari morfofunksional ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularni zaytun moyi hamda selen bilan ximoya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi strukturaviy o‘zgarishlaridan kapsula qalinlashuvi, qavatlarining giperplaziyasi va mikroqon tomirlarining qayta shakllanishi kuzatilib, zaytun moyi va selen qullanilganda normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi va bunda selenning ta’siri ustun ekanligi aniqlangan;
ilk bor gipertireoid holatda buyrak usti bezlari po‘stloq qavatidagi endokrinotsitlar soni va mag‘iz qavatidagi xromaffin hujayralar sonining keskin kamayishi aniqlangan;
ilk bor gipertireoid holatida tireoid gormonlarining yuqori darajasiga qaramasdan, qondagi kortizol darajasining pasayishi aniqlangan bulib, selen ta’sirida kortizol darajasi normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishi, biroq tireoid gormonlari ko‘rsatkichlari sezilarli uzgarmaganligi isbotlangan;
ilk bor gipertireoid holatida selen ta’sirida buyrak usti bezlari hujayralarining immunogistokimyoviy markerlar yordamida ( Ki-67 va sinaptofizin) proliferativ faoliyati va neyroendokrin differensiyalanishining normallashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemorlarda gipertireoid holat ta’sirida buyrak usti bezi to‘qimalaridagi morfologik o‘zgarishlarning morfologik, zamonaviy gistokimyoviy, immunogistokimyoviy, laboratoriya tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish natijasida olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi strukturaviy o‘zgarishlaridan kapsula qalinlashuvi, qavatlarining giperplaziyasi va mikroqon tomirlarining qayta shakllanishi kuzatilib, zaytun moyi va selen qullanilganda normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi va bunda selenning ijobiy ta’siri ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar «Eksperimental tireotoksikozda buyrak usti bezlarini tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning roli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №24m/105 2024 yil 13 may hujjati asosida tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar buyrak usti bezlari morfometriya parametrlarini aniqlash, ularni gipertireoid holat ta’siri va turli davolash usullari bilan taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari RIEIATM Jizzax filiali (18.10.2024 yil №68 sonli) buyruq bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024 yil № 43 sonli) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi 10/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi strukturaviy o‘zgarishlaridan kapsula qalinlashuvi, qavatlarining giperplaziyasi va mikroqon tomirlarining qayta shakllanishi kuzatilib, zaytun moyi va selen qullanilganda normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi va bunda selenning ta’siri ustun ekanligi gipertireoid holatda buyrak usti bezlari strukturasidagi morfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, asoratlarning oldini olish hamda kasallikdan kelib chiqadigan o‘lim holatlarini kamaytirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoid holat chaqirilgan so‘ng buyrak usti bezlarida morfologik uzgarishlar boshlanishini xisobga olib hamda tizimli yallig‘lanish prediktorlarining yuqori bo‘lishi buyrak usti bezida patologik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘z vaqtida reabilitatsion davo muolajalarini o‘tkazish tufayli buyrak usti bezi kasalliklari rivojlanishi oldi olinishi hisobiga iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi mikroskopik o‘zgarishlar po‘stloq qavatidagi endokrinotsitlar soni va mag‘iz qavatidagi xromaffin hujayralar sonining kamayishi bilan ifodalangan. Ushbu o‘zgarishlar «Eksperimental tireotoksikozda buyrak usti bezlarini tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning roli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №24m/105 2024 yil 13 may hujjati asosida tasdiqlangan. Uslubiy ko‘rsatmalar buyrak usti bezlari morfometriya parametrlarini aniqlash, ularni gipertireoid holat ta’siri va turli davolash usullari bilan taqqoslash imkonini yaratgan. Tadqiqot natijalari RIEIATM Jizzax filiali (18.10.2024 yil №68 sonli) buyruq bilan va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024 yil № 43 sonli) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi 10/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi mikroskopik o‘zgarishlar po‘stloq qavatidagi endokrinotsitlar soni va mag‘iz qavatidagi xromaffin hujayralar sonining kamayishi, maqsadli himoyalash va profilaktika tadbirlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan maxsus algoritm yordamida aholi o‘rtasida ambulatoriya sharoitida gipertireoid xolatida buyrak usti beziga asoratini oldini olishni optimallashtirish bo‘yicha taklif qilingan uslubiy tavsiyalar bemorlarni qiyosiy sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq profilaktika ishlarini bajarish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: gipertireoid holatida tireoid gormonlarining yuqori darajasiga qaramasdan, qondagi kortizol darajasining pasayishi aniqlangan bulib, selen ta’sirida kortizol darajasi normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishi, biroq tireoid gormonlari ko‘rsatkichlari sezilarli uzgarmaganligi isbotlanganligi to‘g‘risidagi tadqiqot natijalari «Eksperimental tireotoksikozda buyrak usti bezlarini tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning roli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №24m/105 2024 yil 13 may hujjati asosida tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari RIEIATM Jizzax filiali (18.10.2024 yil №68 sonli buyruq bilan) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024 yil № 43 sonli buyruq bilan) amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi 10/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Gipertireoid holat bilan kasallangan bemorlarda buyrak usti bezidagi patologik holatlarning kelib chiqishidagi axamiyatini o‘rganish natijasida qondagi kortizol darajasining pasayishi aniqlangan bo‘lib, selen ta’sirida kortizol darajasi normal ko‘rsatkichlargacha tiklanishi, xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarli davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: Gipertireoid holatdan so‘ng organizmda tizimli yallig‘lanish jarayonlari yuqori bo‘lishi buyrak usti bezida patologik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘z vaqtida reabilitatsion davo muolajalarini o‘tkazish tufayli buyrak usti bezi gormonlarda buzilishni rivojlanishi oldi olinishiga erishilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipertireoid holatida selen ta’sirida buyrak usti bezlari hujayralarining immunogistokimyoviy markerlar yordamida (Ki-67 va sinaptofizin) proliferativ faoliyati va neyroendokrin differensiyalanishining normallashuvi aniqlanishi «Eksperimental tireotoksikozda buyrak usti bezlarini tiklashda biologik faol qo‘shimchalarning roli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Buxoro tibbiyot instituti ekspert komissiyasining №24m/105 2024 yil 13 may hujjati asosida tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari RIEIATM Jizzax filiali (18.10.2024 yil №68 sonli buyruq bilan) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.10.2024 yil № 43 sonli) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 12 dekabrdagi 10/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor gipertireoid holatida buyrak usti bezlaridagi strukturaviy o‘zgarishlaridan kapsula qalinlashuvi, qavatlarining giperplaziyasi va mikroqon tomirlarining qayta shakllanishi kuzatilib, zaytun moyi va selen qullanilganda normallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi va bunda selenning ta’siri ustun ekanligi gipertireoid holatda buyrak usti bezlari strukturasidagi morfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, asoratlarning oldini olish hamda kasallikdan kelib chiqadigan o‘lim holatlarini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: gipertireoid holat chaqirilgan so‘ng buyrak usti bezlarida morfologik uzgarishlar boshlanishini xisobga olib hamda tizimli yallig‘lanish prediktorlarining yuqori bo‘lishi buyrak usti bezida patologik jarayon rivojlanishiga sabab bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘z vaqtida reabilitatsion davo muolajalarini o‘tkazish tufayli buyrak usti bezi kasalliklari rivojlanishi oldi olinishi hisobiga iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishildi. Xulosa: buyrak usti bezi patologiyasi mavjud bemorlarda gipertireoid holatdan keyin bez morfometrik parametrlaridagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniklash orqali reabilitatsion davo choralarini qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 186000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.