Umirov Shermuxammad Normaxmatovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavfli o‘sma kasalliklari bo‘lgan bolalarning nogironlik ko‘rsatgichlari taxlili va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini takomillashtirish yo‘llari», 14.00.14 –onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1194.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, profeossor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi, DSc.04/07.06.2024.Tib.177.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov G‘olib Abdullavich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximov Nodir Maxamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Buxoro filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida bolalardagi xavfli o‘smalarda nogironlikni taxlili va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 10 yil ichida 0–17 yoshli bolalar o‘rtasida xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlari hududlar, nozologik turi, jinsi va yoshi bo‘yicha ilk bor dinamikada bashorat qilinib, o‘sish tendensiyasi va o‘sma jarayonining bosqichlar bo‘yicha erta aniqlanishining ortishi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasida bolalar orasida yosh va jinsga qarab xavfli o‘sma kasalliklari ichida qon va limfa tugunlari, bosh miya hamda suyak xavfli o‘smalaridan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi, uning hududlar kesimida Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Jizzax viloyatida eng yuqoriligi, hamda dinamikada bu ko‘rsatkich o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi isbotlangan;
bolalar orasida xavfli o‘smalar tufayli nogironlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik omillar - o‘smalarning lokalizatsiyasi, gistologik turi, kasallik bosqichi, davolash taktikalari ekanligi, tashkiliy-ijtimoiy omillar esa - reabilitatsiya xizmatlarining mavjudligi, oilaviy holat, tibbiy xizmatga kirish imkoniyati va hududiy farqlar ekanligi asoslangan;
bolalarda ko‘z, bosh miya, suyak, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari va nefroblastomada individual nogironlik holatlarini barvaqt aniqlash va kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilgan va bolalarda reabilitatsiya tadbirlari tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy bosqichlardan iborat ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 9-son qaroriga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 10 yil ichida 0–17 yoshli bolalar o‘rtasida xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlari hududlar, nozologik turi, jinsi va yoshi bo‘yicha ilk bor dinamikada bashorat qilinib, o‘sish tendensiyasi va o‘sma jarayonining bosqichlar bo‘yicha erta aniqlanishining ortishi isbotlanganligi 2021 yilning 18 oktyabrdagi 104-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi va 2021 yilning 10 noyabrdagi 98-sonli buyruq bilan ushbu markazning Buxoro viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 10 yil ichida 0–17 yoshli bolalar o‘rtasida xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlari hududlar, nozologik turi, jinsi va yoshi bo‘yicha ilk bor dinamikada bashorat qilinishi natijasida statistika ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 10 yil ichida 0–17 yoshli bolalar o‘rtasida xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlari hududlar, nozologik turi, jinsi va yoshi bo‘yicha ilk bor dinamikada bashorat qilinishi natijasida statistika ko‘rsatkichlari yaxshilanishi va byudjet mablag‘larining o‘rtacha 12%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: birinchi marta O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 10 yil ichida 0–17 yoshli bolalar o‘rtasida xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasallanish ko‘rsatkichlari hududlar, nozologik turi, jinsi va yoshi bo‘yicha ilk bor dinamikada bashorat qilinishi natijasida statistika ko‘rsatkichlari yaxshilanishi va byudjet mablag‘larining o‘rtacha 12%ga iqtisod qilish va bolalarda nazorat sifatini yaxshilash imkonini bergan;
 ikkinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida bolalar orasida yosh va jinsga qarab xavfli o‘sma kasalliklari ichida qon va limfa tugunlari, bosh miya hamda suyak xavfli o‘smalaridan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi, uning hududlar kesimida Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Jizzax viloyatida eng yuqoriligi, hamda dinamikada bu ko‘rsatkich o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi isbotlanganligi 2021 yilning 18 oktyabrdagi 104-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi va 2021 yilning 10 noyabrdagi 98-sonli buyruq bilan ushbu markazning Buxoro viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Bolalar orasida yosh va jinsga qarab qon va limfa tugunlari, bosh miya hamda suyak xavfli o‘smalaridan o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, ularning Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Jizzax viloyatida eng yuqori ekanligi, shuningdek, dinamikada o‘sish tendensiyasi mavjudligi aniqlanishi natijasida aholini erta skriningdan o‘tkazish, xavfli o‘smalarni ilk bosqichlarda aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar orasida yosh va jinsga qarab xavfli o‘sma kasalliklari ichida qon va limfa tugunlari, bosh miya hamda suyak xavfli o‘smalaridan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi, uning hududlar kesimida o‘rganish, hamda dinamikada bu ko‘rsatkich o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini aniqlanishi o‘lim holatlarini kamaytirish va xavfli o‘smalarni erta aniqlash hisobiga davolash xarajatlarini 8–10%gacha qisqartirish, shu bilan birga byudjet mablag‘larini tejash imkoni yaratildi. Xulosa: bolalar orasida yosh va jinsga qarab xavfli o‘sma kasalliklari bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, ularning hududiy farqlari va dinamikada o‘sish tendensiyasi ilmiy jihatdan asoslab berilgani natijasida aholini nazorat qilish ishlari kuchaytirildi, bolalarda nazorat sifati yaxshilandi va byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratildi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar orasida xavfli o‘smalar tufayli nogironlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik omillar - o‘smalarning lokalizatsiyasi, gistologik turi, kasallik bosqichi, davolash taktikalari ekanligi, tashkiliy-ijtimoiy omillar esa - reabilitatsiya xizmatlarining mavjudligi, oilaviy holat, tibbiy xizmatga kirish imkoniyati va hududiy farqlar ekanligi asoslanganligi 2021 yilning 18 oktyabrdagi 104-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi va 2021 yilning 10 noyabrdagi 98-sonli buyruq bilan ushbu markazning Buxoro viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Bolalar orasida xavfli o‘smalar tufayli nogironlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik omillar - o‘smalarning lokalizatsiyasi, gistologik turi, kasallik bosqichi va davolash taktikalari, shuningdek, tashkiliy-ijtimoiy omillar - reabilitatsiya xizmatlarining mavjudligi, oilaviy holat, tibbiy xizmatga kirish imkoniyati va hududiy farqlar ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilishi natijasida nogironlikni erta aniqlash, bolalarni reabilitatsiya xizmatlari bilan qamrab olish va profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalar orasida xavfli o‘smalar tufayli nogironlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy tibbiy-biologik omillar va tashkiliy-ijtimoiy omillar ilmiy jihatdan asoslab berilishi natijasida nogironlik holatlarini kamaytirish hisobiga reabilitatsiya va davolash xarajatlarini 9–11%gacha qisqartirish, byudjet mablag‘larini tejash hamda o‘rin/kunlar sonini 1–2 kunga qisqartirish imkoniyati yaratildi.  Xulosa: birinchi marta bolalar orasida xavfli o‘smalar tufayli nogironlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi tibbiy-biologik va tashkiliy-ijtimoiy omillar ilmiy jihatdan asoslab berildi, natijada nogironlikni erta aniqlash, bolalarda nazorat sifatini yaxshilash, byudjet mablag‘larini tejash va reabilitatsiya jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda ko‘z, bosh miya, suyak, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari va nefroblastomada individual nogironlik holatlarini barvaqt aniqlash va kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilgan va bolalarda reabilitatsiya tadbirlari tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy bosqichlardan iborat ekanligi isbotlanganligi 2021 yilning 18 oktyabrdagi 104-sonli buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi va 2021 yilning 10 noyabrdagi 98-sonli buyruq bilan ushbu markazning Buxoro viloyati filiali tashkiliy uslubiy bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda ko‘z, bosh miya, suyak, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari va nefroblastomada individual nogironlik holatlarini barvaqt aniqlash hamda kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, shuningdek reabilitatsiya jarayonining tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy bosqichlardan iborat ekanligini aniqlash natijasida nogironlikni erta aniqlash, bolalarni to‘liq reabilitatsiya yo‘liga yo‘naltirish va ularning jismoniy hamda ruhiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: Bolalarda ko‘z, bosh miya, suyak, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari va nefroblastomada individual nogironlik holatlarini barvaqt aniqlash hamda kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, shuningdek reabilitatsiya jarayonining bosqichlarini aniqlash natijasida nogironlik darajasini pasaytirish va reabilitatsiya xarajatlarini 10–12%gacha qisqartirish, shu bilan birga oilalar va davlat byudjet xarajatlarini tejash, bolalarning o‘rinda bo‘lish vaqtini 2–3 kunga qisqartirish imkoni yaratildi. Xulosa: Birinchi marta bolalarda ko‘z, bosh miya, suyak, yumshoq to‘qima xavfli o‘smalari va nefroblastomada individual nogironlik holatlarini barvaqt aniqlash va kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqish natijasida nogironlikni kamaytirish, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, davlat xarajatlarini tejash va reabilitatsiya jarayoni samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish