Shomurodov Shohboz Erol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Berdax validagi yuqori-o‘rta yura davri terrigen kollektorlarining gaz beruvchanlik koeffisientiga geologik omillarning ta’siri», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM140.
Ilmiy rahbar: Xalismatov Irmuxamat, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Abidov Xurshid Asrorovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt regioni Berdax validagi terrigen kollektorli mahsuldor qatlamlardagi gaz va gazokondensat uyumlarini geologik omillar ko‘rsatkichlari ta’siridagi gaz beruvchanlik koeffisientini baholash va bashoratlash modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Berdax validagi terrigen kollektorli gaz konlarida vaqt davomida o‘zgaruvchan va o‘zgarmaydigan geologik omillarning o‘rtacha gaz beruvchanlik koeffisientiga empirik ma’lumotlar asosida ta’siri miqdoriy isbotlangan;
mahsuldor qatlamlar geologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini intervallik baholash asosida yillik o‘rtacha gaz beruvchanlik koeffisientlarining quyi (0,96 %), o‘rta (1,66 %) va yuqori (3,81 %) miqdordagi turlari aniqlangan;
terrigen kollektorlardagi gaz uyumlarida gaz beruvchanlik koeffisientini yuqori aniqlikda bashoratlashning modellashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan;
Sharqiy Berdax, Shimoliy Berdax, Uchsoy, Arslon va Inam konlarining gaz beruvchanlik koeffisientini bashoratlash dasturi ishlab chiqilgan, uning yordamida gaz zaxirasidan foydalanish davomiyligi qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga bo‘linishi asoslanib, uzoq muddatli bashoratlash ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Berdax validagi yuqori-o‘rta yura davri terrigen kollektorlarining gaz beruvchanlik koeffisientiga geologik omillarning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sharqiy Berdax, Uchsoy, Shimoliy Berdax konlarining terrigen kollektorli gaz va gazokondensat uyumlarining geologik omillar ko‘rsatkichlari asosida gaz beruvchanlik koeffisientini baholash modelini ishlab chiqish tavsiyasi “Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 32-4772-son ma’lumotnomasi). Natijada, uyumlarning geologik ko‘rsatkichlarini o‘zgarish kombinatsiyalari tizimida intervallashgan yillik o‘rtacha gaz beruvchanlik koeffisientining quyi (0,96 %), o‘rta (1,66 %), yuqori (3,81 %) darajalari bo‘yicha turlarga ajratilib, takomillashgan gaz qazib olishni rejalashtirish imkonini bergan;
Ustyurt regionidagi terrigen kollektorli gaz va gazokondensat konlarining gaz beruvchanlik koeffisientini geologik omillar ko‘rsatkichlari asosida bashoratlashning modellashtirilgan mexanizmini algoritmini ishlab chiqish tavsiyasi “Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 32-4772-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Berdax-Uchsay, Shimoliy Berdax, Arslon, Inom konlari misolida gaz zaxirasidan foydalanish davomiyligini asoslovchi uyumlarni gaz beruvchanlik koeffisientini uzoq muddatli bashoratlash metodikasi yaratilgan.